O‘qituvchi


Download 0.96 Mb.
bet48/180
Sana02.01.2022
Hajmi0.96 Mb.
#200515
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   180
Bog'liq
O‘qituvchi

7-topshiriq. Matnni o‘qing, mazmunini so‘zlab bering.

Bolalik

Turg‘un ikkovimiz shoshilib bozor tomon yuguramiz. Soat o‘n bir o‘n ikki, qirq tiyin pulni belboqqa qattiq tugib olganman. Egnimda uzun yaxtak, boshimda yangi do‘ppi, oyoq yalangman.

Havo bulut, quyosh dam yalt etib bir ko‘rinib qoladi, dam bulutlar ichiga bekinib oladi.


  • Kitob juda ham qimmat... – Meni alday boshlaydi Turg‘un. – Olamiz bir ma-zali narsa... .

  • Yo‘q-yo‘q! – deyman darrov uning niyatini payqab. – Kitob yaxshi narsa. Hali qarab tur, unda har bir ajoyib baytlar borki, tushunmaysan, e, qo‘y-yey. – bir zum sukutdan keyin davom etaman: – marojniy shirin narsa-yu, lekin oyimdan qo‘rqaman, pulni Karom opam kitobga bergan.

  • Tortisha-tortisha bozorga yetamiz. Bozor qizg‘in. Aravalar, otlar, xa-chirlar, eshaklar tiqilinch. Nonvoylar serob. Birining boshida savat, birining qo‘lida savat: «jizza non yumshoqqina, barragina...» deya qichqira-qichqira bozor oralab yuradilar.

Turg‘un ikkovimiz ot-aravalar orasidan suqulib, kitob do‘konlariga yetamiz. Kitob rastasi sokin. Ahyon-ahyonda uzun, keng yaktakda kir sallali, soqollari o‘sgan, oriqqina, rangpar biror mullavachchaning kitob varaqlab turgani ko‘rinadi. Jimjit go‘yo butun kitobfurushlar mudroqda deysiz.

Turg‘un ikkovimiz har bir do‘kon oldida to‘xtab, rastani xo‘p aylanamiz. Tomda urishib talashib yurgan kuchuklarga Turg‘unning ko‘zi tushib qoladi:



  • E, attang, deydi meni turtib. – biror joy yo‘qmikan tomga chiqishga? Ku-chuklar ko‘p ekan, yaxshisini tanlab olib ketardik...

  • Amaki, Muqimiy bormi? ...

  • Muqimiy bor, – deydi yumshoq tabassum bilan kitobfurush.

  • Har xil kitoblarni o‘qiyman, – deyman-da, birdan kulib yuboraman, – qizlarga kerak edi. Muqimiyni yaxshi ko‘rib o‘qiydi qizlar. Yaxshi baytlari bor-da, amaki.

Chol xaxolab kulib yuboradi. Keyin sekin qo‘zg‘alib, pastni, yuqorini kovlashtiradi. Muqimiy bayozini topib, menga uzatadi.

Avaylab, qo‘limga olaman. Yaxshi ishlangan, chiroyli muqova, kichkina

kitob.

Asta varaqlayman, pichirlab, ichimda o‘qiyman.



  • Ota, necha pul? – so‘rayman kitobni yopib.

  • Yur-e, yomon kitob, bo‘lmaydi, olma! Oshiq-ma’shuqdan boshqa gap yo‘q ichida, – qistaydi meni turtkilab Turg‘un.

  • Omisan-da, ma’nosini tushunmaysan. Muqimiy ajoyib shoir. Opam aytgan, topib kel, shu kitobni degan, – jahlim chiqib tushuntiraman Turg‘unga.

Chol ko‘zlarini qisib, kulib qo‘yadi:

  • Yaxshi. Ma’nolik narsa. Muqimiyni ko‘rganman. Xushfe’l, dono odam edi marhum. Muqimiy kattakon shoir. Qo‘qonda turadi u kishi. Bu – shoirning yurak parchasi! Bolam, narxi ikki tanga...

«Karom opam o‘zi ham menga ikki tanga bergan edi, bilar ekan narxini» deyman o‘z-o‘zimga va tangalarni avaylab, belbog‘dan yechib olaman-da, tavoze bilan cholga uzataman.

Kitobni qo‘ltig‘imga tiqaman. Bozordan chiqqandan so‘ng, jar yoqasida birpas o‘tirib, suv ichamiz. Yo‘l-yo‘lakay qovurma baliq, go‘shtkuydi, kaboblar har qadamda. Ularning burqiragan hidi juda yaxshi. Ammo chaqa qani?

Hadraga yetib olgandan keyin, qadamni sekinlashtiramiz. Muqimiyni asta, bir-bir varaqlab, ichimda o‘qiy boshlayman.


  • Ey, o‘qisang, eshittirib o‘qi-ya, bo‘lmasa qadamingni tezlat, – deydi Turg‘un o‘qrayib.

Men kitobdan ko‘zimni uzmasdan kulaman. Sekin o‘qiy boshlayman: Surma qo‘ymay muncha ham jono qarodur ko‘zlaring, Har biri jon qasdiga boqqan balodir ko‘zlaring. Qumri sarvi qaddu, bulbul gul yuzingning volasi, Men Muqimiyga hamisha muddaodir ko‘zlaring.

  • Xo‘sh, ma’nosini tushundingmi, o‘rtoq? Bu bayt qo‘shiqdek totli, ma’nodor narsa.

– Mengayam qaymoqday yoqadi, lekin baliq qorinni to‘ydiradi. Esing yo‘q, bu baytdan qorning to‘ydimi? Xumpar! – deydi Turg‘un qo‘lini siltab.

  • Uning gapi qulog‘imga kirmaydi, xayolim kitobda...

Lug‘at

orasidan suqilib – прoсовываться между kitob do‘koni – книжный магазин

rasta – ряд лавок, торговый ряд ajoyib – удивительный

Matn yuzasidan savol va topshiriqlar.

1. Oybekning hayoti va ijodi haqida gapiring. 2. «Bolalik» qissasining asosiy qahramoni kim deb o‘ylaysiz? 3. Bosh qahramon nimaga qiziqadi?

Bosh qahramonning o‘rnida bo‘lganingizda siz nima qilar edingiz?



F) Baholash


Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling