O‘qituvchi


Download 0.96 Mb.
bet56/180
Sana02.01.2022
Hajmi0.96 Mb.
#200515
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   180
Bog'liq
O‘qituvchi

Bilib oling!

Sodda gaplar ikkinchi darajali bo‘laklarning ishtirokiga ko‘ra: yig‘iq gaplar va yoyiq gaplarga bo‘linadi.

Faqat ega va kesimdan tashkil topgan gaplar sodda yig‘iq gaplar hisoblanadi. Gap tarkibida ikkinchi darajali bo‘laklar ham ishtirok etsa, yoyiq gaplar hosil bo‘ladi.

Gap mazmunini to‘ldirish, izohlash maqsadida bosh bo‘laklarga bog‘lanuvchi ikkinchi darajali bo‘laklar qo‘shiladi. Bunday gaplar sodda yoyiq gaplar deyiladi.

Dildora o‘qidi. – Yig‘iq gap; Dildora kitobni kecha o‘qidi. – Yoyiq gap.


Turlari

Bo‘linishi

Misollar

Bosh bo‘laklar ishtirokiga ko‘ra

Yig‘iq (faqat ega va kesimdan iborat) gap

1. Sen yozding. 2. Bu- katta yutuq. 3. Dars boshlandi.

Ikkinchi darajali bo‘laklar ishtirokiga ko‘ra

Yoyiq (ega yoki kesim hamda ikkinchi darajali bo‘laklardan kamida biri qatnashadigan) gap

Anvar sizga aytganmi? 2.

Ko‘k pufakdan bitta bering. 3. Hayotingiz haqida qisqa hikoya yozmoqchiman.



Zaruriy bo‘laklar ishtirokiga ko‘ra

To‘liq gaplar

Ra’no kitob oldi

To‘liqsiz gaplar (faqat diologik nutqqa xos)

– Buni sizga kim berdi? – Dilshod.

3-mashq. Berilgan so‘zlar ishtirokida sodda yoyiq gaplar tuzing.

Namuna: O‘zbek olimlari dunyoga mashhur.

Olimlar, bilimga chanqoqlik, ijodkorlik, tibbiyot, iqtisodiyot, samarasini ko‘rish, tilshunoslik, adabiyotshunoslik, izlanmoq, mashaqqatli yo‘l, fidokorlik, dunyoga tanitmoq, fan-texnika asri, ustozlar.



4-mashq. Berilgan sodda yig‘iq va yoyiq gaplarga aylantirib yozing.

Masalan: Men bugun rasm chizaman.

1. Kitob o‘qidi. 2. Bilim oldilar. 3. Sinfdoshlar uchrashdilar. 4. Akam o‘qiydi. 5. Mehmonlar kelishdi. 6. Insho yozishdi.

D)Mustahkamlash.

Mustaqil ish. Ona tilingizga tarjima qiling va daftaringizga ko‘chiring.

Olim, ilm, muallim so‘zlarining asosi bir so‘zdan – ilm so‘zidan olingan. Ilm o‘rgatuvchi muallim, ilmni chuqur o‘zlashtirgan insonni esa olim deb atashadi. Qaysi jamiyatda ilm ahllari ko‘p bo‘lsa, ilm o‘rganishga ko‘p e’tibor qaratilsa, shu jamiyat gullab-yashnaydi, ravnoq topadi. Chunki har qanday boylik kamayib boradi, ilm esa ortib boradi.




Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling