6-topshiriq. Matnni o‘qing. Mazmunini o‘z so‘zingiz bilan so‘zlab bering.
Yetmish til sohibi
Bog‘dod xalifasi Horun ar-Rashid she’riyatni yaxshi ko‘rar edi. Bir kuni odatga ko‘ra saroyga olimlar va ijodkorlarni yig‘ibdi. Bu yig‘inga, to‘rga o‘tirib, sulton Saif al-Davlat rahbarlik qilibdi. Uning oldiga xabarchi kelib, saroyga Abu Nasr Forobiy kelganinin aytibdi.
Abu Nasr Forobiy kirib, ta’zim qilmaganidan yig‘ilganlarning hammasi hayratda qolibdi.
«Marhamat, o‘tiring», – deb taklif qilibdi sulton.
«Sultonim, men qayerga o‘tiray?» – deb so‘rabdi Forobiy.
«Bu yerda hamma o‘ziga munosib deb bilgan joyga o‘tiradi», – deb javob beribdi sulton.
Abu Nasr Forobiy sultonga yaqin kelib, surilishini iltimos qilibdi. Sulton mehmoniga joy berib, bezovtalangan soqchilarini tinchlantirib, ularga saroyning maxfiy tilida:
«Agar u haqiqatdan ham ulug‘ donishmand bo‘lsa, biz uni kechiramiz, agar unday bo‘lmasa, u jazosini tortadi, sabr qilinglar», – debdi. Abu Nasr Forobiy, jilmayib, shu mahfiy tilda:
F) Baholash
Uyga vazifa. «Yetmish til sohibi» matnidan foydalanib gaplarni to‘ldirib yozing.
Bir kuni odatga ko‘ra saroyga ________________ yig‘ibdi.
– « ________________ o‘ziga munosib deb bilgan joyga o‘tiradi», – deb javob beribdi sulton.
Abu Nasr Forobiy sultonga yaqin kelib, ________________ qilibdi.
– «Sultonim, to‘g‘ri aytdingiz, sabr har doim ________________ xos», – deb javob beribdi.
O‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari: _______________________________________
Do'stlaringiz bilan baham: |