Darsning usuli:
Darsning jihozi: darslik,tarqatmalar, rasmlar, multimediya,…
Darsning borishi:
A) Tashkiliy qism.
Salomlashish,davomatni aniqlash,o‘quvchilarni darsga tayyorlash. “Kun yangiligi” rukni asosida suhbat
B) O‘tilganlarni mustahkamlash.
Uy vazifasi so‘rab baholanadi. O‘qilgan badiiy asardan parcha tahlili qilinadi.
S) Yangi mavzu.
5-mashq. Berilgan namuna asosida yig‘iq gaplarni yoyiq gapga aylantirib daftaringizga ko‘chiring.
Namuna: Yo‘llar kengaydi. – Shahrimizning yo‘llari yanada kengaydi.
1. Shahrimiz go‘zallashdi. 2. Sevindim. 3. Islohotlar boshlandi. 4. Tanlov yakunlandi. 5. Intilamiz. 6. Havo o‘zgardi. 7. Yutuqlarimiz ko‘p. 8. Qatnashasizmi? 9. Biz o‘rganamiz.
7-topshiriq. Suhbat matnini rollarga bo‘lib o‘qing.
Shohista: Salom, Ra’no, sog‘lig‘ing yaxshimi?
Ra’no: Salom, Shohista, rahmat, yaxshiman. O‘zing yaxshimisan?
Shohista: Men ham yaxshiman. Kuzgi ta’tilni qanday o‘tkazding?
Ra’no: Men buyuk olimlarning hayoti haqida kitoblar o‘qidim. O‘zing-chi?
Shohista: Menga ham shu kabi kitoblar juda yoqadi. Qaysi olimlarning hayoti bilan tanishding.
Ra’no: Men kutubxonadan Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Forobiy, Farg‘oniylar haqida yozilgan kitoblarni olib o‘qidim.
Shohista: To‘g‘ri qilasan, kitoblarni o‘qi. Kitoblardan olgan xulosangni menga aytarsan.
Ra’no: Albatta, aytaman. Uchrashguncha xayr sog‘ bo‘l.
Shohista: Uchrashguncha, sog‘ bo‘l. Xayr.
Do'stlaringiz bilan baham: |