Ulug‘ zotlar bog‘i
Sulton Mahmudning juda ham go‘zal bog‘i bor edi. Bu bog‘ boshqa hamma bog‘lardan afzal edi. Bir kuni bog‘da Sulton Mahmud otasi sharafiga katta ziyofat berdi. Ziyofatdan keyin o‘g‘li otasidan:
Aziz otam, mening bog‘im haqida nima deysiz, sizga ma’qul tushdimi? – deb so‘radi. Otasi shunday deb javob berdi: – Ey ko‘zimning nuri o‘g‘lim. Bog‘ing juda ham zebo va dilkusho bog‘dir, ammo boyligi bor har bir kishi bunday go‘zal bog‘ni bunyod qila oladi, lekin sen ko‘plarga muyassar bo‘lmagan bir antiqa bog‘ni vujudga keltirginki, uning mevasidek meva hech qayerda topilmasin.
U bog‘ qanday bog‘ ekan? – deb so‘radi Sulton Mahmud. Otasi javob berdi:
U bog‘ olim-fozillar, adib-shoirlar, donishmandlar va boshqa axloqli, tarbiyali, ulug‘ zotlar suhbatidir. Shu ulug‘ zotlardan tarbiya topib, yaxshi ishlarni amalga oshirish uning daraxti bo‘lib, mevasi yaxshi nomga ega bo‘lishdir, – deb javob berdi otasi.
Lug‘at
afzal–преимущественный, лучший
ziyofat – пир
ko‘zimning nuri – свет моих очей
bunyod qilingan – возведённый
antiqa – редкий, дивный
ulug‘ zot – великая личность
F) Baholash
Uyga vazifa. O‘zbek olimlari haqida ma’lumot yozing.
O‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari: _______________________________________
Do'stlaringiz bilan baham: |