O‘qituvchi
Download 0.96 Mb.
|
O‘qituvchi
Intilganga tole yorHar bir inson o‘z oldiga aniq maqsad qo‘yishi kerak. Bu maqsad kishi irodasini tarbiyalashga yordam beradi. Sizning o‘z oldingizga qo‘ygan maqsadingiz, avvalo, maktabni muvaffaqiyatli tugatishdir. Buning uchun har bir darsga puxta tayyorgarlik ko‘rishingiz, fikiringizni chalg‘itadigan narsalardan voz kecha olishingiz kerak. Agar shunday qila olsangiz, irodangiz ham mustahkamlanadi, jasoratli bo‘lib yetishasiz, maqsadga ham yetasiz. Siz uchun yana bir narsa – o‘z qiziqishlaringizni aniqlab olish juda muhim. Bu sizga kelajak yo‘lingizni to‘g‘ri tanlab olishingizga yordam beradi. Kimki o‘z sevgan kasbini egallash uchun astoydil o‘qib-o‘rgansa, kelajak hayotda o‘z o‘rnini topishi oson bo‘ladi. Demak, intilganga tole yor bo‘ladi. Yuqoridagi so‘zlarimiz dalili sifatida siz bilan o‘z maqsadlari sari olg‘a intilib yuqori cho‘qqilarni zabt etgan O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi haqiqiy a’zosi (akademigi) geolog olim, davlat va jamoat arbobi Habib Muhamedovich Abdullayevning hayot yo‘li bilan tanishamiz. Habib Abdullayev – geologiyaminerologiya fanlari doktori, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureati, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi. U 1912-yilning 31-avgustida tug‘ilgan. O‘rta Osiyo Industriya institutining konchilik fakultetini tamomlagan. Moskva geologiya-razvedka instituti aspiranturasida o‘qigan. Shu institutning foydali qazilmalar kafedrasida assisent, O‘rta Osiyo Industrial instituti tog‘ fakultetidagi foydali qazilmalar kafedrasida dotsent, shu institutning direktori lavozomlarida ishlagan. O‘zbekiston Vazirlar kengashi raisining o‘rinbosari, O‘zbekiston fanlar akademiyasi prezidenti sifatida faoliyat yuritgan. Habib Abdullayev endogen ruda hosil bo‘lishi nazariyasi ustida ish olib bordi. Olim birinchi bo‘lib O‘rta Osiyoni alohida metologenik zona sifatida ajratdi. Uning tadqiqotlari O‘zbekiston geologiya fani rivojiga ulkan hissa bo‘lib qo‘shildi. Hozirda ham ulardan foydalanib kelinmoqda. Habib Muhamedovich o‘zining betinim izlanishlari, mashaqqatli mehnati, yuzga yaqin shogirdlarning mehribon ustozi sifatida iqtidori va mehnati bilan O‘zbekiston ilm-fanining rivojiga katta hissa qo‘shgan olimdir. Bir necha xorijiy geologiya jamiyatlari a’zosi H. Abdullayev 1962-yilda vafot etdi
Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling