O‘qituvchi


Download 0.96 Mb.
bet70/180
Sana02.01.2022
Hajmi0.96 Mb.
#200515
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   180
Bog'liq
O‘qituvchi

Darsning usuli:

Darsning jihozi: darslik,tarqatmalar, rasmlar, multimediya,…

Darsning borishi:

A) Tashkiliy qism.

Salomlashish,davomatni aniqlash,o‘quvchilarni darsga tayyorlash. “Kun yangiligi” rukni asosida suhbat

B) O‘tilganlarni mustahkamlash.

Uy vazifasi so‘rab baholanadi. O‘qilgan badiiy asardan parcha tahlili qilinadi.

S) Yangi mavzu.



Adabiy o‘qish

5-topshiriq. Matnni o‘qing va mazmunini so‘zlab bering.

Ishning ko‘zi

Mahallamizda Mashrabxon ota ismli nuroniy oqsoqol yashardi. Yoshi yuzga borib qolsa ham bozor-o‘charga o‘zi qatnar, bir xurmacha qimiz ola kelishni unutmasdi. Kunlardan bir kun u bozordan qilgan xaridlarini ko‘tarib o‘z uyiga kirarkan, xang-mang bo‘ldi, hayronlikdan xurma-chasi qo‘lidan tushib chil-chil sindi…



  • Nima qiliq bu, nima qilyapsizlar? – dedi u chinnidey hovlisining o‘rtasini kavlayotgan mardikorlarning yoniga borib.

  • Hovuz qilyapmiz, – dedi ularning biri. – O‘g‘lingiz buyurdi.

  • «Bas qilinglar!» – deb buyurdi-da, Mashrabxon ota ularni mehmonxonasiga taklif qildi va bir choynak choydan keyin bo‘y pulini sanab berib mardikorlarni jo‘natib yubordi. Mardikorlardan xabar olgani kelgan o‘g‘li Fayzixon ham darvozasi oldida xang-mang bo‘lib qoldi… Dada!... – degancha ichkariga yugurdi.

  • Nima bo‘ldi? Mardikorlar qani?

  • Haqqini berib jo‘natvordim.

  • Nega?

  • Ishning ko‘zini bilmaganing uchun.

  • Bironta ishim yoqmaydi sizga. «Ishning ko‘zini bilmaysan» deganingiz de-gan. Ishning ko‘zi qanaqa bo‘ladi? ... Uni biron kimsa ko‘rganmi o‘zi?

Otasi o‘g‘liga hech so‘z qotmadi, ammo ishning ko‘zini amalda ko‘rsatmoqchi bo‘ldi. Ertalab mardikor bozoridan g‘isht quyishga ikki yigitni boshlab keldi, yo‘l-yo‘lakay bir xurmacha qimiz olib kelishni unutmadi.

  • G‘ishtni mana shu turpoqdan quyasizlar. – dedi u g‘ishtchilarga hovlida sochilib yotgan tuproqni ko‘rsatib. – Bular tamom bo‘lgach, tuproqni shu chuqurlikdan kavlab olasiz. Aytib qo‘yay, chuqurlikning bo‘yi uch metr, eni ikki metr …tekis va soz bo‘lsin. Quyilgan g‘ishtni ko‘chadagi yo‘lakchaga terasiz.

  • G‘isht quyuvchi mardikorlar ikki kunda uch metrlik chuqurlikdan uch mingta xom g‘isht quydilar… hovlida hovuz qurildi, tuprog‘idan quyilgan xom g‘ishtni qo‘shnilar naqd pulga sotib oldilar.

Ertasiga otasi odatdagiday xurmacha ko‘tarib qimiz bozoriga yo‘l olgandan keyin o‘g‘li hovliga chiqdi. Top-toza hovli, tayyor hovuzga qarab o‘ylanib qoldi. Qiziq, shuncha ish tekinga tushdi… yana yuz ellik so‘m sof foyda…

Qimiz ko‘tarib bozordan qaytgan otasi o‘g‘lini hovlidagi yangi qazilgan hovuz oldida uchratib, xurmachasini yerga qo‘ydi-da, o‘g‘lining oldiga keldi.



  • Hovuzcha qalay bo‘pti?

  • Aytganimdan ziyoda bo‘pti, dada. Qizig‘i shundaki, shuncha ishni tekinga tushirdingiz. Pulimiz yonimizda qoldi.

  • Sezganlaring shu xolosmi?

  • Boshqa tomonlarini ham sezib turibman. Bir kesak bilan ikki quyonni ur-dingiz. Hovuzdan chiqqan tuproq g‘ishtidan qo‘shimcha yuz ellik so‘m sof foyda oldingiz…

Otaxon xulosa chiqarganday, o‘g‘liga dedi:

  • Xali ham nodon ekansan, eng asosiy mulkni ko‘rmayapsan. Men senga ish-ning ko‘zini ko‘rsatdim. Sen ko‘r-ko‘rona ish qilayotgan eding. Bir ishni uch ish qilarding. Mardikoring hovlini turpoqqa bostirardi. Keyin mardikor solib ko‘chaga tashitarding. So‘ngra mashina kira qilib ko‘chadan oldirarding. Hammasi ovoragarchilik, hammasi pulga tushardi. Yaxshiroq qara. Ishning ko‘zi esa mana bu!

Lug‘at

ishning ko‘zi – суть дела ismli – по имени ola kelmoq – принести с собой

ovoragarchilik – хлопоты sinmoq – разбиться вдребезги qiliq – выходка

chinniday – чисто, опрятно mardikor – подёнщик hovuz – хауз, пруд

ko‘r-ko‘rona – вслепую bas qilinglar – прекратите bo‘y puli – задаток

tuproq – земля; глина (сухая) yuz bermoq – произойти g‘isht quymoq – формировать кирпичи

yo‘l-yo‘lakay – попутно xom – сырой
D)Mustahkamlash

5-mashq. «Ishning ko‘zi» matnidan foydalanib nuqtalar o‘rnini to‘ldiring.


  • Aytganimdan … bo‘pti, dada. Qizig‘i shundaki, shuncha ishni … tushirdingiz. Pulimiz yonimizda qoldi.

  • Sezganlaring shu xolosmi?

  • Boshqa tomonlarini ham … turibman. Bir kesak bilan … … urdingiz. Hovuz-dan chiqqan tuproq g‘ishtidan qo‘shimcha yuz ellik so‘m sof foyda oldingiz… .

Otaxon xulosa chiqarganday, o‘g‘liga dedi:

  • Xali ham … ekansan, eng asosiy mulkni ko‘rmayapsan. Men senga … … ko‘rsatdim. Sen … – … ish qilayotgan eding. Bir ishni uch ish qilarding. Mardikoring hovlini … bostirardi. Keyin mardikor solib … tashitarding. So‘ngra mashina kira qilib ko‘chadan oldirarding. Hammasi …, hammasi pulga tushardi. Yaxshiroq qara. Ishning ko‘zi esa … … !

F)Baholash



Uyga vazifa.

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar.



  1. Iqtidorli o‘quvchilar uchun davlatimiz tomonidan qanday sharoitlar yaratilmoqda? (6,7 gapdan iborat matn tuzing).

  2. Qismlarining qanday bog‘lovchi vositalar yordamida bog‘lanishiga ko‘ra qo‘shma gaplar necha turga bo‘linadi?

  3. Bog‘lovchisiz qo‘shma gapga misol yozing.

  4. Iqtidor deganda nimani tushinasiz?




Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling