O‘qituvchi


Download 0.96 Mb.
bet87/180
Sana02.01.2022
Hajmi0.96 Mb.
#200515
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   180
Bog'liq
O‘qituvchi

Qiziqarli ko‘rsatuvlar


O‘zbekiston televideniyesi yildan-yilga rivojlanib bormoqda. Hozirgi vaqtda «O‘zbekiston», «Toshkent», «Yoshlar», «Oilaviy», «Mahalla», «Mening yurtim», «Miiliy», «Dunyo bo‘ylab» kabi telekanallar faoliyat olib bormoqda. Har bir telekanal o‘zining qiziqarli ko‘rsatuvlari bilan ajralib turadi. Bu ko‘rsatuvlar o‘zining ma’nomazmuniga ko‘ra tarbiyaviy ahamiyatga ega. Barkamol insonni shakllantirishda televideniyening hizmati katta. Qiziqarli ko‘rsatuvlar ko‘p. Har bir ko‘rsatuv o‘ziga xos mazmunga ega. Menga «O‘zbekiston» telekanali orqali efirga uzatilayotgan «Zakovat» televiktorinasi juda yoqadi. Bu ko‘rsatuv yoshlar tafakkurini boyitib, bilimini oshiradi. Mana necha yildan beri oilamiz bilan bu ko‘rsatuvni tomosha qilamiz. Ko‘rsatuvdagi qiziqarli savoljavoblar tomoshabinni o‘ziga jalb qiladi va izlanishga undaydi. «Zakovat» ko‘rsatuvi orqali men ko‘p narsalarni bilib oldim va bu ko‘rsatuv bilimlarimni muntazam ortib intellektual ko‘rsatuvlar turli yo‘nalishlarda ko‘payishini istardim.


Lug‘at

teleko‘rsatuv – телепередача

takomillashmoq – совершенствоваться faoliyat – деятельность


tafakkur – мышление

tomoshabin – зритель

muntazam – регулярно




Bilib oling!

Ergash gaplar, odatda, bosh gapdagi harakatning o‘rni, payti, sababi, maqsadi, natijasi, sharti, holati, miqdor-darajasi kabi ma’nolarni bildirib keladi.



Masalan: Kim yoshligidan puxta bilim olsa, kelajakda albatta o‘z orzusiga erishadi (shart ma’nosi).

Qayerda ahillik bo‘lsa, o‘sha yerda baraka bo‘ladi (o‘rin ma’nosi).


D)Mustahkamlash
3-mashq. Berilgan sodda gaplardan qo‘shma gaplar tuzing.

1. Vatanimiz kun sayin rivojlanib bormoqda. Xalqning ko‘ngli shod. 2. Adiba juda xursand bo‘ldi. Ko‘rsatuv u kutganidan yaxshi o‘tdi. 3. Bolalar xursand bo‘ldilar. Ularning orzusi ushalgan edi. 4. Daryo suvi kamayib ketdi. Orolga suv bormay qoldi. 5. Vatanni asrang. Siz shu vatan farzandisiz.



4-mashq. Berilgan gaplarni davom ettirib, qo‘shma gaplar hosil qiling.

1. Bugungi kunda televideniye shunchalik rivojlanib ketdiki, …

2. Teledasturlar shunchalik xilma-xilki, … .

3. Shamol shunaqa kuchaydiki, … .

4. Umida shunday chiroyli raqsga tushadiki, … .

5. U xayolga shu qadar berilib ketgan ediki, … .


F) Baholash

Uyga vazifa. «Men yoqtirgan ko‘rsatuv» mavzusida matn tuzing.


Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling