“O‘qituvchi va murabbiylar” kuniga bag‘ishlangan “chechaklarni ulg‘aytirgan quyoshim, ustoz ”


Download 41.5 Kb.
bet1/2
Sana16.09.2023
Hajmi41.5 Kb.
#1679828
  1   2
Bog'liq
1-oktyabr “o‘qituvchi va murabbiylar” kuniga bag‘i


1-oktyabr “o‘qituvchi va murabbiylar” kuniga bag‘ishlangan “bayramingiz muborak, aziz ustozlar” mavzusidagi ssenariy
1-boshlovchi
Qadaming gul erur, nigohing bo‘ston.
Ta’rifing shoirlar tilida doston.
Bundayin sharafga yetishmoq uchun,
Ustoz bo‘lib tug‘ilmoq emasdir oson.
2-boshlovchi
Bugun jahongirlar maktabga borar
Mehr chirog‘idir qaroqlaringiz
Olamda eng ulug‘ kamtarin zotlar
Hech qachon o‘chmasin chiroqlaringiz


1-boshlovchi
Assalomu-alaykum shu muhtasham dargohga tashrif buyurgan qalbi ummon, mehri daryo ustoz va murabbiylar!


2-boshlovchi
Assalomu-alaykum davramiz ahli, aziz mehmonlar va davra qatnashchilari. Bugun biz o‘z qalb qo‘rini, ko‘z nurini, mehr – muhabbatini barkamol avlodlarni tarbiyalashdek ma’suliyatli vazifani zimmalariga olib, bel bog‘lagan ustozlarimizni, murabbiylarimizni qutlash maqsadida to‘planganmiz.


1-boshlovchi
Davrani ochib berish uchun ilk tabrik so‘zini ______________________________________________________________________________________________________ marhamat.


2-boshlovchi
Muallim qasidani sizga atadim,
Sizni ta’riflamoq bo‘ldi maqsadim.
Bir umr sodiqman shogirdlik ahdim
Insonlar insoni sizsiz muallim,
Zamonam vijdoni sizsiz muallim.


_________________
1-boshlovchi
O‘qituvchilik azal-azaldan e’tiborli kasb hisoblanadi. Dunyoning hech qaysi mamlakatida o‘qituvchi murabbiylarga bu qadar e’tibor qaratilmagan. Respublikamiz Prezidentining farmoni bilan 1997-yildan boshlab 1-oktabr – o‘qituvchi va murabbiylar kuni umumxalq bayrami sifatida nishonlanib kelinmoqda.


2-boshlovchi
Jamiyatning buguni va ertasi uning madaniy-ma’rifiy salohiyati ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Ta’lim tizimidagi islohotlarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan o‘qituvchi va murabbiylarning fidokorona mehnatlariga bog‘liq ekanligi barchamizga ayon.
1-boshlovchi
To‘g‘ri aytasiz Nodiraxon. O‘qituvchilikning ko‘p qirrali, sermazmun, murakkab faoliyatida yosh avlodni barkamol shaxs sifatida tarbiyalash, ularning ilm-fan sirlaridan boxabar etish kabi muhim vazifalar yotadi.
2-boshlovchi
Hurmatli mehmonlar, aziz murabbiylar bugungi bayram dasturi sizlar uchun. Marhamat, tomosha qiling. Qo‘shiq. Ijro etadi ____________________________

1-boshlovchi


Keling endi tarix zarvaraqlariga bir nazar tashlaylik. Bizning xalqimiz qadim-qadimdan dunyoga ko‘plab allomalar, aziz avliyolar, shoir va mutafakkirlarni yetkazib bergan. Ularning ilm-u fikrati butun dunyoni lol qoldirgan.

2-boshlovchi


Nega she’r yozmayin yurakdan yonib,
Nega tazim qilmay sizga bu mahal.
Nega xizmatingiz qilmay quvonib,
Ey aziz muallim, ustozi avval
- Allomalar chiqishi (1.Farobiy 2. Avloniy 3. Behbudiy 4. Navoiy 5. Beruniy )
- (parda ortida)
Mustaqil vatanim ozod diyorim
Qalbimiz baxshida zamonamizga
Ildamchim o‘zingsan kuylar qalb torim
Jo‘r bo‘ling azizlar taronamizga



Download 41.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling