O’qituvchi va murabbiylar kuniga bag’ishlangan tadbir ssenariysi
Download 0.51 Mb. Pdf ko'rish
|
1 oktyabr Murabbiylar-kuni tadbir..
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2 boshlovchi
- O’quvchi: Maftuna
O’qituvchi va murabbiylar kuniga bag’ishlangan tadbir senariysi 1 boshlovchi: Azaldan ustozni ulug’lar xalqim, Ularga ezgulik tilamoq haqqim. Bunchala buyuksiz, bunchalar zukko, Umringiz mo’jiza-yetmaydi aqlim. 2 boshlovchi: Ustozni e’zozlash azaliy odat, Shogirdning kamoli ustoz uchun baxt. Millionlar qalbida so’nmas mayoqsiz Bir duo tilamoq insoniy burchim. 3 boshlovchi: Мир тебе, река любви, сердце солнца, страстные, самоотверженные учителя, дорогие учителя!! 4 boshlovchi: Greetings, dear teachers, dear guests, creators of goodness!! 1 boshlovchi: Siz ustozlarga atalgan bugungi kechamizni Davlatimiz madhiyasi bilan boshlashga ijozat bersangiz. Marhamat. MADHIYA YANGRAYDI! 2 boshlovchi Nechog’ baxtiyorman, ta’zimda shut ob, Sizning sha’ningizga bitmoqdaman bayt. Ne odam bo’lardim qo’limda kitob Biror harf tanimay tursaydim loqayd. 3 boshlovchi Dunyoda kasblar ko’p, har birining hayotda o’z o’rni, o’z ahamiyati bor. Lekin ular orasida shunday ulug’ kasb borki, boshqa barcha kasblar uning negizida shakllanadi va taraqqiy etadi. Bu olijanob kasb – muallimlikdir. 4 boshlovchi To’g’ri aytasiz, o’qituvchilikni ko’p qirrali, sermazmun, murakkab faoliyati zamirida yosh avlodni barkamol shaxs sifatida tarbiyalash, ularni ilm- fan sirlaridan boxabar etish kabi muhim vazifalar yotadi. RAQS. ISMIGUL BOSHCHILIGIDA O’quvchi: Maftuna Bir sharif tingladim yop-yorug’ kunda, Angladim iymon ne,ne erur ixlos. Biron bir dunyoviy da’vo yo’q menda, Sizni olloh uchun suydim,ey,ustoz. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling