Referat
Mavzu: Tarbiyachi o'qituvchi va o'quvchining o'zaro hamkorligi.
Bajardi:
Qabul qildi:
Qo’qon-2023
Reja:
Pedagogik hamkorlik va o’qitish muhiti.
O’qituvchi va o’quvchi hamkor bo’lsin. O’qituvchi va o’quvchining jonli muloqotini tashkil etish.
Bugungi kunda ta’lim jarayonida pedagogik hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda muayyan to‘siqlar ham mavjud. Bu to‘siqlarning aksariyati o‘qituvchi va o‘quvchilar ongida namoyon bo‘lmoqda. Bu amalda mavjud bo‘lgan pedagogik an’analar bilan bog‘liq. Mazkur fikrni oydinlashtirishga intilar ekanmiz, bugungi kunda ta’lim jarayonida pedagogik ongni yangicha, ya’ni hamkorlik asosida rivojlantirishga bo‘lgan harakatlar sust kechmoqda. Ta’lim jarayonida har bir o‘quvchida mustaqillikka va hamkorlikka intilish ko‘nikmasini shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Bilimlarni o‘zlashtirish faqatgina mavjud ob’ektiv hodisa sifatida talqin etilishi mumkin emas. Unda o‘z-o‘zini rivojlantirishning bir qator ichki quvvatlari ham ishtirok etadi. U sub’ektivlik belgilariga ham ega. Shaxsiy tajribaga xos bo‘lgan, uning tabiiyligini baholamagan, ilmiyligi, ilmiy-tarixiy ongga zid bo‘lmagan xususiyatidir. U o‘zida muayyan shaxs ongiga xos bo‘lgan xususiyatlarni ifodalaydi.
O‘quvchining axloqi uzoq vaqt mobaynida mustaqillikka nazariy emas, balki amaliy ishonch bag‘ishlaydi. Bugungi kunda o‘qituvchilar tanlagan mavqe aniq imkoniyatlarni egallashga yo‘naltirilgan. U pedagogik faoliyatning yangi qadriyatlari va mazmun-mohiyatini aniqlash zarurligini ko‘rsatmoqda. Chunki, bugungi kunda pedagogik jarayon axborotli-yo‘naltiruvchilik quvvatidan axloqiy qadriyatlarga jalb qiluvchi nafis texnologiyalarni qo‘llashni talab qilishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonga o‘tishni talab qilmoqda. Mazkur ikki xil pedagogik faoliyatning o‘zaro bir-biridan farqli jihatlari: a) aniq, oddiy, biroq, faqatgina tayyor bilimlarni o‘quvchilarga uzatishga xizmat qiladi; b) ko‘proq darajada dolzarb va samarali, ta’lim-tarbiyaning mustaqil tarzda tashkil etilishini ta’minlashga qaratilgan. Biroq, u o‘ta murakkab, muayyan va qat’iy texnologiya ko‘rinishida namoyon bo‘lmaydi. Ushbu texnologiyalarga hamkorlik asosida yondashuv bir qadar ob’ektiv ahamiyat kasb etadi. Mazkur voqelik muayyan darajada aniq jarayonlar bilan bog‘liqdir. U o‘ziga xos belgilar, xususiyatlar, tamoyillar, mazmun, mavjudlik shartlariga ega. Bularning barchasi uning o‘quvchilar ongida namoyon bo‘lishini ta’minlaydi. Hamkorlikning pedagogik qimmati shundan iboratki, u o‘quvchiga xos bo‘lgan o‘lchovlarni bilishning asosiy metodi sifatida o‘quv-tarbiya jarayonida qo‘llash imkonini beradi. Pedagogik hamkorlikning o‘ziga xos metodlari va tamoyillari yordamida o‘qituvchi ta’lim jarayonida o‘zining insonparvarlikka asoslangan pedagogik faoliyatini amalga oshiradi. Shu bilan bir qatorda, u o‘quvchilarni yaxshiroq tushunishga muvaffaq bo‘ladi. Pedagogik hamkorlik yordamida pedagogik faoliyatda yangicha instrumentariy vujudga keladi. Bu esa, o‘quvchilarni tushunishning fikriy izlanuvchi va pedagogik hodisalarni qayta baholash metodidir. Pedagogik hamkorlik pedagogik madaniyatning yangi, yanada nazokatli o‘lchovlarini namoyon qilish imkonini beradi. Hamkorlikka asoslangan do‘stona muhitdagi ta’lim jarayonini interfaol usullar yordamida tashkil etish samaradorlikni ta’minlashga ko‘maklashadi. Shu maqsadda biz dastlab o‘qitishning an’anaviy usullari bilan interfaol usullarni qiyoslashga harakat qildik.
Maktabda boshlang‘ich sinfdan boshlab, o‘quvchilarga ko‘proq dunyodagi turlitumanlik haqida tushuncha berish va atrofga diqqat bilan qarash, barchani boricha qabul qilishga chorlash zarur. Har bir o‘quvchining o‘z orzulari borligi, biroq, ba’zilarning imkoniyati cheklanganligi tufayli shunday orzulariga ba’zan etisha olmasliklari va ularga ma’naviy yordam, qo‘llab-quvvatlash zarurligini uqtirish lozimligini o‘qituvchilar nazarda tutishlari kerak. Do‘stona muhit zamiridagi sinfda esa, bunday o‘quvchilar uchun ijobiy kayfiyat va o‘zaro hamkorlik ta’minlanadi. An’anaviy ta’lim jarayoni individual, musobaqa usullari yordamida tashkil etilganda, har bir o‘quvchi o‘zi g‘olib bo‘lishga intiladi. U imkon qadar o‘z sinfdoshidan o‘zib ketish, buning uchun esa, sinfdoshining mag‘lub bo‘lishiga sharoit yaratishga intiladi. Buning natijasida, sinfda salbiy muhit vujudga keladi. O‘zlashtirishi past bo‘lgan o‘quvchilar esa, sinfdoshlari oldida mulzam bo‘ladilar. Bu holat o‘quvchining o‘z imkoniyatiga bo‘lgan ishonchini pasaytiradi. Natijada o‘quvchining o‘qituvchisiga bo‘lgan hurmatiga putur yetadi, ular orasidagi munosabatlar sovuqlashadi. Buning natijasida o‘quvchining kelajakdagi shaxsiy taraqqiyotiga bo‘lgan ishonchi pasayadi. Hamkorlikka asoslangan ta’limda esa, o‘quvchilar alohida shaxs sifatida tan olinadilar. O‘zlashtirishi past yoki imkoniyatlari cheklangan o‘quvchilar ham do‘stona munosabat o‘rnatilgan sinfda o‘z ovozlariga ega bo‘ladilar. O‘qituvchi darsga tayyorlanar ekan, o‘quv jarayonining loyihasini ishlab chiqadi, unda har bir o‘quvchining ishtiroki ko‘zda tutiladigan vaziyatlar kiritadi. Guruhlar yoki juftlikda ishlash o‘quv jarayoni oldiga qo‘yilgan maqsad asosida tanlanadi. Interfaol usullar yordamida tashkil etilgan guruhli ishda har bir o‘quvchining ishtirokini ta’minlashga xizmat qiladigan vazifalar va o‘quv topshiriqlari beriladi [1-30]. Natijada o‘quvchilarda hamkorlikda ishlash ko‘nikmalari shakllanadi. Buning natijasida o‘quvchilarning imkoniyatlari kengayadi va o‘zlariga beradigan baholari ko‘tariladi. Shu tariqa, o‘quvchi o‘z qadr-qiymatini anglay boshlaydi. Barcha o‘quvchilar o‘zlarining turli-tuman ekanliklarini anglash bilan bir qatorda, o‘z kuchlariga ishonch hosil qiladilar. Bu esa, o‘quvchilarning kelajakda mikrosotsiumda o‘z o‘rinlarini topishlari, atrofdagilar bilan samarali muloqot, hamkorlik va do‘stona munosabat o‘rnatishlari, o‘z qarashlarini himoya qilishlariga imkon beradi. Ular bir-birlarini kamsitmaslik, barchalarining teng huquqli ekanliklarini e’tirof etishga o‘rganadilar. Ta’lim jarayonida o‘quvchilardagi ushbu xususiyatlar takomillashtirilishi kerak. Buning natijasida, ota-onalarning ta’lim tizimiga bo‘lgan ishonchlari ortadi. O‘zaro hamkorlik jarayonida o‘quvchilar:
to‘laqonli, shaxsiy o‘zaro munosabatlarni o‘rnatish va qo‘llab-quvvatlash uchun zarur bilim, tushuncha, ko‘nikma va malakalarni egallaydilar;
shaxslar, ijtimoiy guruhlar va jamiyatning barcha a’zolari o‘rtasidagi aloqalar tenglik tamoyiliga asoslangan bo‘lishini anglab yetadilar;
atrofdagilarni o‘rganish orqali o‘zlarini o‘rganadilar va o‘quv faoliyatilariga yangicha nuqtai nazar bilan qaray boshlaydilar; - sinf, maktab, mahalla va butun jamiyatdagi barcha kishilarning ehtiyojlari, iqtidorlari va sa’y-harakatlarini o‘zaro mutanosib ekanligini tushunib yetadilar;
o‘zlarining kuchli va zaif tomonlarini anglaydilar, o‘z faoliyatlariga ijobiy baho beradilar;
boshqalar, shu jumladan, imkoniyatlari cheklanganlarning his-tuyg‘ulari, ehtiyojlari, imkoniyatlari bilan hisoblashish lozimligini tushunib yetadilar;
hamkorlik kuchini his qilib, uning muhimligini tushunib yetadilar va buning natijasida o‘quvchilarda ziddiyatlarni bartaraf etish ko‘nikmasi shakllanadi;
mustaqil mutolaa qilish, axborot vositalaridan foydalanish, dunyoni keng qamrovli tarzda anglash, milliy qadriyatlar, istiqlol, milliy g‘oya va uning ahamiyatini ongli ravishda anglaydilar;
-insoniy qadriyatlar, shaxsning sha’ni, obro‘-e’tibori, huquqlari va histuyg‘ularini hurmat qilishga o‘rganadilar;
inson va tabiatning o‘zaro bog‘liqligi va o‘ziga xos jihatlarini anglab yetadilar;
o‘tmish, bugungi kun va kelajak o‘rtasidagi uzviylikni ongli ravishda idrok etadilar, o‘tmishsiz kelajak yo‘qligini bilib, ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan boy tarixiy, ma’naviy-madaniy merosni qadrlashga odatlanadilar.
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, o‘qituvchi va o‘quvchilar orasida muloqotning birinchi va ikkinchi shakli o‘rnatilganda ta’lim jarayonida kutilgan samaradorlikka erishiladi. Boshlang‘ich sinflardayoq o‘quvchilar guruhida yetakchi mavqe egallashga davogar o‘quvchilar namoyon bo‘la boshlaydilar. Ular sinfdagi o‘quvchilar jamoasini boshqarishga harakat qiladilar. O‘quvchilar asta-sekin uning aytganlarini so‘zsiz bajarishga kirishadilar. O‘quvchilar o‘zlari bajaradigan barcha ishlarda undan maslahat oladilar va unga tayana boshlaydilar. Shuning uchun ham, o‘qituvchi birinchi navbatda xuddi mana shu yetakchi o‘quvchi bilan hamorlik o‘rnatishi lozim. Chunki, o‘qituvchi mana shu yetakchi o‘quvchi yordamida sinfdagi boshqa o‘quvchilar bilan osongina hamkorlik o‘rnata oladi. Biroq, ba’zi hollarda yetakchi o‘quvchi bilan o‘qituvchi-o‘quvchi munosabatlarida ziddiyatlar ham kuzatiladi. Bunday vaqtda o‘qituvchi mazkur ziddiyatlarni yetakchi o‘quvchining o‘zi bilan yakkama-yakka muloqot yordamida bartaraf etishi kerak. Aks holda mazkur ziddiyatning ko‘lami kengayib o‘qituvchi sinfdagi aksariyat o‘quvchilar bilan ziddiyatli munosabatga kirishishi mumkin. O‘qituvchilar hamda o‘quvchilar orasidagi hamkorlikka asoslangan muloqot turlicha shakl va ko‘rinishlarga ega. Masalan, 1) o‘quv-tarbiya jarayonida amalga oshiriladigan “yuzma-yuz” muloqot; 2) o‘quv-tarbiya jarayonida texnik vositalar yordamida amalga oshiriladigan muloqot; 3) o‘quv-tarbiya jarayonidan tashqarida amalga oshiriladigan do‘stona muloqot; 4) sub’ekt-sub’ekt yoki sub’ekt-ob’ekt darajasida amalga oshiriladigan muloqot kabilar. Ta’lim-tarbiya ijtimoiy pedagogik ta’sirning shunday ko‘rinishiki, bu jarayonda o‘qituvchi-o‘quvchi timsolida shaxslararo munosabatlar hamkorlik va o‘zaro yordam muntazam shakllanadi. Bu jarayonda ijtimoiy fikrlar, tajribalar, dunyoqarash, ongli, ishchan faoliyat vujudga keladi. O‘qituvchi va o‘quvchi orasidagi hamkorlik doirasi kengaygani sari ular o‘rtasida umumiylik, o‘zaro o‘xshashlik va uyg‘unlik kabi sifatlar tarkib topadi. Buning natijasida, o‘qituvchi bilan o‘quvchilar bir-birlarini tez tushunadigan bo‘ladilar. O‘qituvchi-o‘quvchilar munosabatlarida ziddiyatlarning vujudga kelishi natijasida o‘quv jarayonidagi vaziyat taranglashadi, ular orasida birbirlarini tushunmaslik vaziyati paydo bo‘ladi. Masalan, o‘qituvchining past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarni e’tibordan chetda qoldirishi, ularga nisbatan salbiy munosabatda bo‘lishi natijasida shunday vaziyat vujudga keladi. O‘qituvchi-o‘quvchi hamda o‘quvchilarning o‘zaro hamkorlik va do‘stona munosabatga kirishishlari uchun ular bir-birlarini yaqindan bilishlari va yaxshi tushunishlari lozim. O‘quvchilar bilan o‘qituvchi orasida ishchan muloqot va hamkorlikning maqsadga muvofiq tarzda o‘rnatilishi va samaradorlik kasb etishi uchun o‘qituvchilar global axborot oqimida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun zarur bo‘lgan axborotlarni saralash, o‘quvchilarga maqsadga muvofiq tarzda taqdim etish usullarini o‘zlashtirgan bo‘lishlari kerak. Chunki, bugungi kunda o‘quvchilarni zarur axborotlar bilan ta’minlash maromini tezlashtirish va usullarini takomillashtirish talab qilinmoqda. Buning uchun, o‘qituvchi-o‘quvchilar orasidagi munosabatlar sog‘lom bo‘lishi, ishchan va do‘stona xarakter kasb etishi lozim. Chunki, taraqqiyotning bugungi bosqichida “inson-inson”, ya’ni o‘qituvchi-o‘quvchilar hamda o‘quvchilar bilan o‘quvchilar orasidagi dialog o‘quv faoliyati samaradorligini ta’minlashi tobora ko‘proq ayon bo‘lmoqda. Ilg‘or nazariyalarning amaliy tadbiqi shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘qituvchi hamda o‘quvchilarning ijtimoiy tajribalari, ular orasidagi hamkorlikka asoslangan do‘stona munosabatlar, buning natijasida o‘quvchilarda shakllangan shaxsiy sifatlar va hattoki ayrim nuqsonlar ham o‘zaro muloqot jarayonining mahsulidir. Ta’lim jarayonidagi ishchan muloqotning muhim vazifalaridan biri – uning samaradorligini ta’minlash bilan bir qatorda, o‘qituvchi hamda o‘quvchilarning bir-birlarini tushinishlariga erishishdan iboratdir. Ta’lim jarayonidagi o‘zaro hamkorlik natijasida o‘quvchilarning ijtimoiy tajribalari ortadi va ular o‘zlari uchun zarur bo‘lgan insoniy sifatlarni o‘zlashtiradilar.
Har qanday pedagogik texnologiyaning o‘quv-tarbiya jarayonida qo‘llanilishi shaxsiy xarakterdan kelib chiqqan holda o‘quvchini kim o‘qitayotgani va o‘qituvchi kimni o‘qitayotganiga bog‘liq. Pedagogik texnologiya asosida o‘tkazilgan mashg‘ulotlar yoshlarning muhim hayotiy yutuq va muammolarga munosabat bildirishi, mustaqil fikrlab, o‘z nuqtayi nazarini asoslashiga imkoniyat yaratadi. Hozirgi innovatsion jarayonlarda ta’lim tizimi oldidagi muammolarni hal etish uchun yangi axborotni o‘zlashtiradigan va o‘zlashtirgan bilimini baholashga qodir, tezkor qarorlar qabul qiluvchi, mustaqil va erkin fikrlaydigan shaxslar kerak. Shuning uchun ham o‘quv-tarbiya jarayonida zamonaviy o‘qitish uslublarining o‘rni va ahamiyati beqiyosdir.
O‘qitish jarayonida natijaga erishishda qo‘llaniladigan har bir ta’lim texnologiyasi o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirishi lozim. Zamonaviy o‘quv jarayonida o‘quvchilar mustaqil fikrlab, ijodiy izlanishlar olib borib, mavzuni tahlil qila olishlari kerak. Ko‘r-ko‘rona yodlab olish, kitobdan konspekt qilib kelib baho olish — bu bilim egallash degani emas.
Har bir dars, mavzu o‘quv predmetining o‘ziga xos texnologiyasi bor. O‘quv jarayonidagi pedagogik texnologiya aniq ketma-ketlikdagi yaxlit jarayon bo‘lib, u o‘quvchining ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo‘naltirilgan, oldindan puxta loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishga qaratilgan pedagogik. Pedagogik maqsadning amalga oshishi va kafolatlangan natijaga erishish o‘qituvchi va o‘quvchining hamkorlikdagi faoliyati, ular qo‘ygan maqsad, tanlagan mazmun, uslub, shakl, vosita, bir so‘z bilan aytganda, texnologiyaga bog‘liq. O‘qituvchi va o‘quvchining maqsaddan natijaga erishishida qanday texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala tomonning asosiy maqsadi aniq natijaga erishishga qaratilgan bo‘lib, bunda o‘quvchilarning bilim saviyasi, guruh xarakteri, sharoitga qarab ishlatiladigan texnologiya tanlanadi. Masalan, natijaga erishish uchun, balki kompyuter bilan ishlash lozimdir, balki film yoki tarqatma material, chizma va plakat, turli adabiyotlar kerak bo‘lar. Bularning hammasi dars ishtirokchilarining tanloviga bog’liq. Shu bilan birga, o‘quv jarayonini oldindan loyihalashtirish zarur. Bu jarayonda o‘qituvchi o‘quv predmetining o‘ziga xos tomonini, joy va sharoit, o‘quvchilarning imkoniyat va ehtiyoji-yu hamkorlikdagi faoliyatni tashkil eta olishini hisobga olishi kerak. Shundagina, kerakli kafolatlangan natijaga erishish mumkin.
O'quvchilar bilan muomala qilish pedagogning o'z tarbiyalanuvchilari bilan muloqot olib borish mahoratini taqozo etadi. Biz uchun esa so'zlashishni bilish lozim. So'zlashishni, muloqot olib borishni doimo o'rganib borishi lozim. U darsni samarali olib borishni, so'zlashishni bilishi, suhbat, leksiya, hikoya qilish kabi usullaridan foydalanishi, umuman butun ta'lim-tarbiya jarayonida o'quvchilar bilan muloqotni yo'lga qo'ya olishi lozim.
Muloqot - yunoncha so'z, so'zlashuv, suxbatlashuv, shaxslararo suhbat va fikr almashinuv, og’zaki nutq shakli, ikki yoki undan ortiq shaxslarning so'zlatuvidir.
O’qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi muloqot bo'lishi uchun o'qituvchi etarli darajada qobiliyatga ega bo'lishi kerak, hamda o'z-o'ziga doimo quyidagi savollarni berishi va unga javob berishga harakat qilishi kerak:
Nimaga o'rgatish? Kimni o'rgatish? Qanday o'rgatish?
Nimaga o'rgatish: a) lm-fandagi yangiliklarni anglash, yangi fan terminlarini tushunish, o'quv predmetini to'liq o'zlashtirish; b)malaka, ko'nikma va qobiliyatni shakllantirish; v)o'quv predmetlari o'rtasidagi bog’liqlikni amalga oshirish; g)o'quv mazmunini tushunarli tizim asosida ko’rish.
Kimni o'rgatish:
a)o'quvchilarning ba'zi psixik xususiyatlarini (eslab qolish, nutq, fikrlash hamda ularni qay darajada o'qimishli, tarbiyali ekanliklarini aniqlash;
b)o'quvchilarning bir darajadan ikkinchisiga o'tishidagi qiyinchiliklarni oldindan aniqlash;
d) o'quv-tarbiya jarayonini tashkil etishda bolalariiig dalillari, fikrlarini hisobga olish; g)o'quvchilardagi turli psixik o'zgarishlar va rivojlanishni hisobga olib o'z pedagogik mehnatini tashkil etish;
e) iqtidorli o'quvchilar bilan ishlash, yakka holdagi ishni tashkil etish.
Pedagogik ta'sir ko’rsatishniig asosiy usullari - bu talab, istiqbol, rag’batlantirish va jazolash, jamoatchilik fikri.
Talab – tajribada juda keng tarqalgan usul bo'lib, ta'lim-tarbiya jarayonida pedagogning tarbiyalanuvchiga shaxsiy munosabatining namoyon bo'lish yo'li bilan yoki bu xatti-harakatlarning rag’batlantirilishi yoki to'xtatilishini ta'minlaydi. U pedagogik ta'sir ko'rsatishning boshlang’ich usuli bo'lib, tarbiyalanuvchilarda o'ziga nisbatan mas'uliyat va talabchanlikni rivojlantirishda alohida vazifani bajaradi.
I.A.Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida so‘zlagan nutqida “O‘qituvchi va o‘quvchi munosabatidagi majburiy itoatkorlik o‘rnini ongli intizom egallashi... o‘qituvchining bosh vazifasi o‘quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalarini hosil qilishdan iboratligini, demokratik jamiyatda bolalar, umuman, har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanishi, mustaqil fikrlash katta boylik…” ekanligini ta’kidladi.
Demak, o‘qituvchilarning asosiy vazifasi shaxs erkinligini, mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirishdan iborat. Shundagina ta’lim tizimida yoshlarga erkin fikrlash imkoniyatlari yaratiladi. Davlat siyosatining ustuvor sohasi bo‘lmish barkamol inson tarbiyasiga mas’ul – o‘qituvchilar zimmasiga bugungi kunda rivojlanayotgan jamiyatimiz uchun yuksak ongli, mustaqil fikrlay oladigan, xulq atvori bilan o‘zgalarga ibrat bo‘ladigan bilimli, irodasi baquvvat, o‘z kasbini mukammal biladigan XXI asr kadrlarini tayyorlash mas’uliyati yuklangan.
O‘qituvchining ta’lim-tarbiya sohasidagi faoliyatida erishishi lozim bo‘lgan barcha ijobiy natijalari uning o‘quvchilar bilan jonli va erkin muloqotni to‘g‘ri tashkil etishi muhim ahamiyatga ega. O‘qituvchi so‘z san’atining cheksiz qudrati asosida o‘quvchilarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatadi, har bir darsni samarali tashkil etib olib boradi, o‘quvchilar bilan so‘zlashishni biladi, tarbiyaning suhbat, ma’ruza, hikoya qilish kabi usullaridan o‘rinli foydalanadi. Ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilar bilan qizg‘in muloqotni amalga oshiradi.
Ta’lim-tarbiyaviy faoliyatni mukammal tashkillashtirish o‘qituvchining jonli muloqotni samarali tashkil etishiga bog‘liq. Bunda o‘qituvchi va o‘quvchining muloqoti ijobiy natijalar berishi uchun o‘qituvchida o‘quvchilar bilan erkin so‘zlashuv qobiliyati bo‘lishi kerak. Zero, o‘qituvchi bilan o‘quvchining muloqotini bog‘lovchi asosiy vosita – so‘zdir. O‘qituvchining so‘z boyligi qanchalik ko‘p bo‘lsa, muloqot olib borish qobiliyati tez namoyon bo‘lib, ijobiy natijalarga erishishi oson bo‘ladi.
Odatda so‘z boyligi qashshoq bo‘lgan o‘qituvchilar o‘z pedagogik faoliyatlarida o‘quvchilar bilan tez-tez ziddiyatlarga duch keladilar. O‘qituvchining jonli muloqoti har qanday tarbiyaviy tadbirning mazmun va mohiyatini o‘quvchiga tabiiy holda yetkazadi, shu jarayonning ob’ekti va sub’ekti o‘rtasida muloqot uchun mustahkam ko‘prik yaratadi va ichki hissiyot bilan harakatlarning uyg‘unlashuvini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |