O’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi muloqot


Download 83.89 Kb.
bet1/3
Sana24.03.2023
Hajmi83.89 Kb.
#1292086
  1   2   3
Bog'liq
Hujjat (13) Veen diagrammasi


Pedagogik mahorat fanidan 1-mustaqil ish
Topshiriq: “O’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi muloqot” mavzusi haqida ma’lumot to’plash.
1.Muloqot jarayonini boshqarish usullarini qiyosiy tahlilini o’tkazish.
2. Muloqot jarayonini boshqarish uslublarini “Venn” diagrammasida tasvirlash.
O’quv - tarbiya jarayonida pedagogik muloqotni boshqarish uslublari. Psixologiyada rahbarlarning o’z jamosi a’zolari bilan munosabat texnikasi tahlil etilib, turli tipdagi ijtimoiy - psixologik portretlari ishlab chiqilgan. Rahbarlarning muloqotni boshqarish uslublari: avtoritar, demokratik, liberal uslub tarzida berilgan. Mana shu uslublarni pedagogik muloqotda o’qituvchi rahbarligi uslubi tarzida ko’rish mumkin.
Avtoritar uslub. O’qituvchi guruhning faoliyat yo’nalishini shaxsan o’zi belgilaydi, kim - kim bilan o’tiradi, kim-kim bilan ishlaydi o’qituvchi o’zi hal qiladi. Bunday uslubda ish yurituvchi o’qituvchi o’quvchilar tashabbusiga yo’l bermaydi. Hamkorlikning asosiy shakli - buyruq, ko’rsatma, instruksiya, ogohlantirish. Hatto kamdan kam bildiriladigan minnatdorchilik ham kamsitish shaklida bo’ladi. "Sen bugun yaxshi javob berding. Sendan buni kutmovdim" kabi.
O’quvchi xatosini ko’rsa, uni tuzatish o’rniga ustidan kuladi. U yo’qida ish sekinlashadi yoki butunlay to’xtab qoladi.
Demokratik uslub. O’qituvchi faoliyat maqsadini har bir o’quvchi ongiga yetkazishga, ish borishini hal etishga hammani faol ishtirok etishga undaydi. O’zining vazifasini faqat nazorat va muvofiqlashtirishda emas balki tarbiyalashda deb biladi, har bir o’quvchi rag’batlantiriladi, unda o’ziga ishonch paydo bo’ladi, o’z - o’zini boshqarish rivojlanadi. Demokratik uslubda boshqaruvchi o’qituvchi bolalarning individual qobiliyat va qiziqishlarini hisobga olib vazifalarni optimal tarzda taqsimlashga undaydi. Faollikni rag’batlantiradi, tashabbusni quvvatlaydi. Muloqotning asosiy shakli - iltimos, maslahat, axborot tarzida bo’ladi.
Liberal uslub. O’qituvchi jamoa faoliyatiga aralashmaslikka harakat qiladi, faollik ko’rsatmaydi, maslahatlarga formal qaraydi, turli ta’sirlarga tez beriladi. Javobgarlikdan o’zini olib qochadi.
Insonning o’zini qurshab turgan olam bilan o’zaro birgalikdagi harakati odamlar o’rtasidagi ularning ijtimoiy hayoti va ishlab chiqarish faoliyati jarayonida tarkib topadigan ob’ektiv munosabatlar sistemasida yuz beradi. Kishilar ishlab chiqarish jarayonida tabiatgagina emas, balki bir - birlariga ham o’zaro ta’sir ko’rsatadilar.
"Ta’lim to’g’risida"gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" talablariga muvofiq ta’lim - tarbiya ishlarida milliy - madaniy va umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligiga e’tibor berib kelinmoqda. Bu ustuvorlik turli xildagi muloqotlarda ham saqlab kelinsa maqsadga muvofiqdir. Bunda ayniqsa, Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan ko’rsatib berilgan O’zbekistonni rivojlantirishning ma’naviy axloqiy negizlari:
1. Umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;
2. Xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;
3. Insonning o’z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;
4. Vatanparvarlik kabilar turli muloqotlarda asos bo’lib xizmat qilishi lozim.
Milliy qadriyatlarimiz va sharqona tarbiyamizning ta’siri muloqotda ham sezilib turadi. Bizda kishilar bilan munosabat, so’zlashuv va shuningdek ish, xizmat bilan bog’liq aloqaga muomala deyiladi. Eng go’zal muomala lutf - karamdir. Alisher Navoiy buni muomala - pardoz deb yozadi. Xullas xalqimizda odamlar bilan munosib tarzda muomala qila bilishlik madaniyat, olijanoblik alomati deb tushunilgan.
Muomala madaniyati, eng avvalo, xalqimizning bolajonligi, oilani muqadas bilishida namoyon bo’ladi.
Ikki notanish o’zbek yigiti uchrashib qolsa, salom - alikdan keyingina suhbatni "Uylanganmisiz?" degan gapdan boshlaydi. Agar ular 30 yoshlarda bo’lsa savol boshqacharoq bo’ladi: "Og’ayni bolalardan nechta?" Ha, kasb - kor, uy - joy, boylik va shu kabi moddiy jihatlar surishtirilmaydi, bu odob doirasiga kirmaydi ham, lekin bola - chaqadan so’z ochish o’zbeklarga xos milliy odatlardandir. Ota - ona uchun farzandlari haqida maqtov eshitish, "Otangga rahmat" degan olqish ham eng katta saodatdir.
Muomala va muloqotda xalqimizning milliy an’analari va urf-odatlari ham ta’sirini ko’rsatadi.
"An’ana" arabcha so’z bo’lib, uzoq zamonlardan beri avloddan - avlodga, otalardan bolalarga o’tib davom etib kelayotgan urf - odatlar, axloq mezonlari, qarashlar va shu kabilardir. Xalqimizning ilg’or an’analarini o’zlashtirish, unga rioya qilish va boyitib borish lozim.
Xalqimizda azaldan ko’pchilik ishtirokida o’tadigan turli bolalar o’yinlari, choyxona suhbatlari, to’y - ma’rakalar, mavsumiy bayramlar - lola sayli, "boychechak" aytish, qovun sayli, qizlar majlisi, kelin salomi, yuz ochtisi, sumalak, kurash, mehmon kutish kabi ko’plab marosimlarimiz o’zbek xalqiga xos bo’lgan "o’zbekona", "SHarqona" tarbiyalashda muhim rol o’ynaydi.
Xalq og’zaki ijodimiz ham bolalarda turli axloqiy sifatlarni tarbiyalashda katta rol o’ynaydi.
SHarqona munosabatda ota - onaga hurmat bilan qaralishi, oilada otani o’rni alohida bo’lganligi, ota -onaning gapini ikki qilmaslik, ota - onaning izmidan chiqmaslik, shu bilan birga otaga gap qaytarish, unga tik boqish gunoh hisoblanishi kabi holatlarni ko’rishimz mumkin. YOki ustozga hurmat bilan qarash kabi xislatlar ham katta tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.

Download 83.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling