O`qituvchi varianti. Oltin kosada toshib turar Dala husnini ochib turar? ( Paxta )


Download 23.28 Kb.
Sana20.12.2022
Hajmi23.28 Kb.
#1039857
Bog'liq
bio topishmoq


O`qituvchi varianti.
1.Oltin kosada toshib turar
Dala husnini ochib turar? ( Paxta )


2. Qip – qizilu, anormas ,
Cho`g`ga o`xshar, yonolmas,
Mo`ralaydi egatdan,
Joy oladi savatdan. ( Qulupnay )


3. Cheti gulli, patir non,
Ichi to`la g`ij – g`ij don. ( Kungaboqar )
4.Dum – dumaloq jajji oy ,
Chaqib yesang, g`ij – g`ij moy. ( Yong`oq )


5. Yashil gumbaz ichida.
Qip – qizil xona
Bir xil libos , teng bo`yli.
Ming bir dugona. ( Tarvuz )


6. Onasidan kiyim – boshim,
Bolasidan moyli oshim. ( Paxta )


7. Bir nechtadan ko`zi bor,
Olma kabi yuzi bor. ( Kartoshka )


8. O`zi pillaga o`xshar,
Ichi tillaga o`xshar. ( Yeryong`oq )


9. Suv tubida bor ekan tomchi,
Qanday tirik jon ekan – topchi. ( Amyoba )


10.Maysa rangli mitti ko`zi,
Bor xivchini, bordir ko`zi. ( Yashil evglena )


11. Suvga biroz pichan soldik ,
O`sha suvdan tomchi oldik.
Unda tirik jonni ko`rib,
Biz hammamiz hayron qoldik. ( Tufelka )


12. Bir ozig`ga o`n xizmatkor,
Qanday o`lja unga darkor? ( Gidra )


13.Soyabonga o`xshar tanasi,
Gar teginsang, chaqar ninasi. ( Meduza )


14. Ichakda bor bir xivich.
Bo`yi rosa bir qarich. ( Askarida )


15. O`n oyoqlab olg`a yurar,
Shoshar bo`lsa, ortga suzar. ( Qisqichbaqa )


16. Bir otim bor ajabgina,
Dumlari bor, gajakkina. ( Chayon )


17. To`ni zardan - yaltiroq,
Mo`ylovi mitti – taroq.
Chiroy berar yashil qanoti,
Qani top – chi , nimadir oti. ( Bronza qo`ng`izi )


18. Qanoti gulga o`xshar,
Xartumi qilga o`xshar. ( Kapalak )


19. Beli qilday,
Boshi xumday. ( Chumoli )


20. Ildam – ildam
Sakrab o`tadi,
Tutay desam
Qochib ketadi. ( burga)


21. Is biladi, it emas,
O`zi kichik, bit emas.
Odamni xo`p talaydi,
Qon ichib, hech to`ymaydi. ( Burga )


22. Tangasi bor, pul emas,
Qanoti bor, ucholmas. ( Baliq )


23. Boshida bor baq – baqasi,
Tinim bermas vaq – vaqasi. ( Qurbaqa )


24. Uzun – uzun iz qolgan
Zar ko`ylakli kim o`tgan. ( Ilon )


25. Emaklagan toshni ko`rdim,
Toshdan chiqqan boshni ko`rdim. ( Toshbaqa )


26. Pishirsa osh bo`lur,
Pishirmasa qush bo`lur. ( Tuxum )


27. Bir qop un ichida ustun. ( jiyda)


28. Qirq xujrada qizil qizlar ( anor)
29. Ko`mir tosh ichida osh. ( bodom )
30. Kichkina qiz qo`lida bigiz. ( sholi )
31. Ko`k ko`ylakli xotin sariq
bola ko`targan. ( jo`xori )
32. Boshi oq qoshi qora ( loviya )
33. Ko`kka qarab tolmaydi ko`kdan ko`zin olmaydi ( Kungaboqar )
34.Uzun terak ichi kovak. ( qamish )
35. O`zi yo`qdek,
Ovozi o`qdek ( chivin )
36. Yo`l – yo`l to`ni bor,
Odam qo`rqar turqi bor ( yo`lbars )
37. Qanoti bor pati yo`q,
Suti bor – u tuyog`I yo`q. ( ko`rshapalak )
38. Tikan po`stin shalpang quloq,
O`sti ko`lrang osti oq. ( tipratikon )
39. Pishirsa osh bo`lar,
Pishirmasa qush bo`lar ( tuxum )
40. Jang qiladi ikki polvon
Boshida qizil alvon. ( xo`roz )
41. Kichkina lo`li
Qorniga yetmaydi to`ni. ( qo`ng`iz )
42. Suv ostida bor bir teshik,
Teshikmas - ochiq ikki eshik. ( baqa chanoq )
43. Ko`p kiprikli, oyoqsiz
Shoxli ichak teshiksiz. ( oq planariya )
44. Og`zi bitta, qo`rg`ichi ikkita. ( jigar qurti )
45. Uzun tasma - ichaksiz,
To`rt qo`rg`ichli ilmoqsiz. ( qoramol tasmasimon )
46. Boshi bor – u sochi yo`q,
Ko`zi bor – u , qoshi yo`q . ( baliq )
47. Is biladi , it emas,
O`zi kichik bit emas,
Odamni xo`p talaydi,
Qon ichib hech to`ymaydi. ( tushak qandalas )



http://telegram.me/ziyoilm ўқитувчилар учун ёрдам канали





Download 23.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling