O‘qituvchining mustaqil metodik ishlari: o‘z siyosiy ongini o‘stirish, kasbi bo‘yicha bilim va tajribani kengaytirish, ta’lim – tarbiya sohasidagi o‘z bilim va mahoratini shakllantirish, didaktik materiallar tayyorlash


Download 29.32 Kb.
bet1/3
Sana20.10.2023
Hajmi29.32 Kb.
#1712900
  1   2   3
Bog'liq
KTM 2-ma\'ruza


Mavzu: Kasbiy ta'lim o‘qituvchisining individual metodologik faoliyati.


O‘qituvchining mustaqil metodik ishlari: o‘z siyosiy ongini o‘stirish,
kasbi bo‘yicha bilim va tajribani kengaytirish, ta’lim – tarbiya sohasidagi o‘z bilim va mahoratini shakllantirish, didaktik materiallar tayyorlash.
Tayanch so‘z va iboralar:
Mustaqil metodik ishlar, vazifalarni egallash, manba materiali, o‘quv materiallari, didaktik materiallar, vaqt va texnik imkoniyatlar, amaliy ko‘rsatmalar, vositalardan foydalanilani, tarqatiladigan materiallar, matnlarni ranglash, proektor slaydlari.
Kasbiy - texnik ta`lim tizimining takomillashishi jarayonida o‘qituvchi o`zining mustaqil metodik ishlarini olib borib, shakllanib boradi. U bugungi kunda ko`plab tushuncha va ma`lumotlar bilan boyib, rivojlanib kelmoqda. Har qanday fan sohasida bo`lgani kabi u tushuncha, sifat ko`rsatkichlariga ega bo`lib, bular uning bilim olish asosini tashkil qiladi.
O‘qituvchi o`zining mustaqil metodik ishlarini olib borib, kasbiy ta`limni tashkil etish jarayonida quyidagi vazifalarni egallashga harakat qiladi:

  • o`qituvchilarning yangi, yanada murakkab tadbirlarni amalga oshirish maqsadida o`z kasbiy mahoratlarini oshirishda o`zining sharoitini yaratadi;

  • kasbiy-texnik ta`limning yangi konsepsiyalarini amalga oshirishning yangi yo`l va vositalarining yo`llarini yaratishga e`tibor qaratadi, faol-ijodkor shaxsni tarbiyalaydi;

  • pedagogik bilimlarni egallashga yangicha yondoshuvni yuzaga keltiradi;

  • ta`lim tarbiyaning yangi, yanada samarali shakl va metodlarini yaratadi;

  • rivojlanib boruvchi yangi pedagogik jarayonlarni loyihalash, ta`lim oluvchilarning barcha imkoniyatlari va qobiliyatlarini ishga solish uchun sharoit yaratadi

  • kasbiy mahoratni egallashi uchun sarflanadigan vaqtni qisqartirishga erishadi;

  • tashqi va ichki, boshqariluvchi va boshqarilishga berilmaydigan omillar tomonidan shaxsning shakllanish jarayonini rivojlantiradi;

  • inson shaxsining shakllanishida ma`lum maqsadga qaratilgan, o`zi tushunib yetib, orzu qilgan (o`zini mustaqil tarbiyalay oladigan) fazilatlar, sifatlar va xulqlarning shakllantirilishida katta rol o`ynaydi;

  • bolalarning maxsus tashkil etiladigan faol mustaqil, bilish - tanish, mehnat, estetik, jismoniy faoliyatiga, tabiiy qobiliyatlarini va psixik jarayonlarini rivojlantirish, tajribalar, ko`nikmalar hamda bilimlarni egallash, o`zlashtirishga yo`naltirilgan faoliyatiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi;

  • estetik, axloqiy, siyosiy, iqtisodiy maqsadlarga muvofiq ravishda yosh avlodni hayotga tayyorlashning aqlan o`ylab ko`rilgan, katta yoshdagilarning ijtimoiy zarur bo`lgan mehnatining o`ziga xos hususiyatlarini rivojlantiradi va boshqalar.

Nazariy va amaliy mashg‘ulotlar uchun manba materiali sifatida ishlatiladigan vositalarimiz quyidagicha farqlanadi:
Ko‘pincha o‘quv materiallari bir paytning o‘zida didaktik materiallar sifatida, ya’ni o‘qitish, o‘rganish uchun ishlatiladi.

ular amaliyot o‘qituvchilari tomonidan O‘quv materiallari darsni ko‘rgazmali o‘tkazish va bilim berish uchun qo‘llaniladi
ular talabalar tomonidan o‘ rganish uchun

Didaktik materiallar qo‘llaniladi va o‘qituvchisi tomonidan tayyorlanadi
O‘quv va didaktik materiallarni tayyorlash deganda, o‘qituvchi tomonidan ularning tanlanishi va nazariy yoki amaliy mang‘ulotlar maqsadiga moslashtirilishi tushuniladi.
Agar tayyor vositalar yo‘q bo‘lsa, u holda ularni o‘qituvchining o‘zi tayyorlashiga to‘g‘ri keladi.
O‘quv va didaktik materiallarni tayyorlashda amaliyot o‘qituvchisi chegaralangan vaqt va texnik imkoniyatlarini inobatga olgan holda e’tiborini quyidagilarga qaratishi lozim:
-ish varaqalari, tarqatmalar (bosilgan matnlar nusxalari), slaydlar, doska tasvirlari uchun eskizlar
-yozma topshiriqlar, yozma va og‘zaki testlar uchun so‘rov qog‘ozlari

  • baholash varagi, nazorat qog‘ozi - ish rejalari, tashkiliy hujjatlar

Nazariy darslarni o‘tkazish paytida amaliy ko‘rsatmalar berilganda quyidagi vositalar ishlatiladi:



Download 29.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling