O’qituvchisi F. O. Mirzayevaning 2019-yil 25-aprel kuni “ChHT” fakulteti


Download 244.56 Kb.
bet1/5
Sana12.02.2023
Hajmi244.56 Kb.
#1190754
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Èøëàíìà


O ’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
Umumiy pedagogika kafedrasi katta
o’qituvchisi F.O.Mirzayevaning 2019-yil
25-aprel kuni “ChHT” fakulteti
101;102;103-guruh talabalari bilan o’tkaziladigan ochiq ma’ruza mashg’uloti
ISHLANMASI


Mavzu: Tarbiyaning umumiy metodlari


Toshkent -2019


12-MAVZU. TARBIYANING UMUMIY METODLARI
Reja:

  1. Tarbiya metodlari haqida tushuncha.

  2. Tarbiya metodlari tasnifi.

  3. Tarbiya metodlarini tanlab olish shartlari.



Tayanch tushunchalar: Tarbiya, metodlari, tarbiya usullari.



  1. Tarbiya metodlari haqida tushuncha. Muammoli pedagogik vaziyatlar

  1. To‘rtinchi sinfda har xil buyumlar: qalam, ruchka, rezinka va boshqalar narsalar yo‘qola boshladi. Bir kuni sinfdagi qizchaning bosh kiyimi yo‘qoldi. O‘qituvchi topilmalar byurosining faoliyati haqida gapirib berdi. Bolalar topib olingan narsalar qaytarib berilishi to‘g‘risidagi kattalardan eshitgan misollarni aytishdi.

O‘qituvchi qanday tarbiya metodini qo‘llagan? Bu metodning samaradorligi nimalarga bog‘liq? Har doim ham ushbu metod samara beradimi?

  1. O‘qituvchi quyidagicha hikoya qiladi: O‘g‘lim (8 yosh) qorong‘idan va balandlikdan qo‘rqadi. Men imkon boricha uni ko‘proq ana shu qo‘rquvni yenga oladigan sharoitga qo‘yaman: Goho ob-havo qandayligini bilib kelish uchun xovliga, goho go‘yo esidan chiqqan narsani olib kelish uchun qorong‘u xonaga yuboraman.

O‘yin paytida ayrim paytlari chuqurlikka sakraymanda, “Daraxtning anavi novdasini menga olib ber. Uni emas, narigi, yuqoridagisini” deyman.
O‘qituvchi to‘g‘ri qiladimi? Bu qanday tarbiya metodi? U nima uchun samarali?

  1. Dars boshlanishidan oldin o‘qituvchi yerda g‘ijimlangan qog‘oz parchasi yotganini ko‘rib, bir o‘quvchiga “qog‘ozni ol”, deb murojat qildi. O‘sha o‘quvchi sekin partadan turib “men tashlamaganman, nega olarkanman” deb, yana joyiga o‘tirdi.

O‘qituvchi nima qilishi kerak? Sinfning ta’sirlanishi qanday bo‘ladi va bu nimaga bog‘liq?

  1. Ko‘p bolali oilaning otasi mamnun bo‘lib hikoya qiladi: yer ag‘darish biz uchun hech gap emas. 1-2 kg konfet, pechene sotib olib kelamanda, qani bolalar bu sizlarga, lekin oldin yerni chopib beringlar, deyman.

-Bolalar konfetsiz yer ag‘darishmaydimi, - so‘radik biz.
-Uncha tirishib ishlashmaydi-da, - tushuntirdi ota.

Download 244.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling