Oqoltin tumani xalq ta’limi bo‘limi mudirining buyrug‘i sirdaryo viloyatining 0 yilligiga bag‘ishlab ta muhim tashabbus doirasida ko‘rik-tanlov, festival va sport musobaqalari o‘tkazish to‘g‘risida


Download 156.97 Kb.
Pdf ko'rish
Sana15.03.2023
Hajmi156.97 Kb.
#1271830
Bog'liq
Сир вилояти 60-йиллиги



OQOLTIN TUMANI XALQ TA’LIMI BO‘LIMI MUDIRINING
BUYRUG‘I
Sirdaryo viloyatining 60 yilligiga bag‘ishlab 5 ta muhim tashabbus doirasida
ko‘rik-tanlov, festival va sport musobaqalari o‘tkazish to‘g‘risida
Viloyat hokimining 2023-yil 10-fevraldagi “Sirdaryo viloyatining 60-yilligiga
bag‘ishlab Besh muhim tashabbus doirasida tanlov va musobaqalar o‘tkazilishi
yuzasidan chora-tadbirlar dasturi” ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman:
1.Viloyat hokimining 2023-yil 10-fevraldagi “Sirdaryo viloyatining 60-yilligiga
bag‘ishlab Besh muhim tashabbus doirasida tanlov va musobaqalar o‘tkazilishi
yuzasidan chora-tadbirlar dasturi” (keyingi o‘rinlarda Buyruq deb yuritiladi) hamda
Sirdaryo viloyati xalq ta’limi boshqarma boshlig‘ining 2023-yil 17-fevraldagi 17-i-
son buyrug‘i rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Buyruq bilan quyidagilar:
a)
Birinchi tashabbus bo‘yicha:
“5-tashabbus-san’at bilan” shiori ostida “Xo‘r jamoalari” festival-tanlovıni
o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq:
b) Ikkinchi tashabbus bo‘yicha:
“5-tashabbus-sport bilan” shiori ostida umumiy o‘rta ta’lim maktablari
o‘quvchilari o‘rtasida sportning shaxmat va basketbol turidan musobaqa tashkil
etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvoiq:
c) Uchinchi tashabbus bo‘yicha:
“5-tashabbus-axborot texnologiyalari biları” shiori ostida “Bolalar texnik
ijodkorligi” festival-tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom
3-ilovaga muvofiq;
d) To‘rtinchi tashabbus bo‘yicha:
“Mushoira” festival-tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom
4-ilovaga muvofıq;
e) Beshinchi tashabbus bo‘yicha:
“Balli qizlar” ko‘rik-tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom
5-ilovaga muvofiq;
f) ko‘rik-tanlov, festival, sport musobaqalari va birinchiliklami o‘tkazish bo‘yicha
tashkiliy qo‘mita tarkibi 5-ilovaga muvofiq;
3. Ko‘rik-tanlov, festival, sport musobaqalari va birinchiliklari tuman
bosqichlarini o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita (keyingi o‘rinlarda-Tashkiliy
qo‘mita) tarkibi
6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Barcha ta’lim muassasalari rahbarlariga:
Tadbirlarni joylarda o‘z muddatida va nizom asosida yuqori saviyada o‘tkazish;
23«2»2023 yil.
67-9-122-XT/2023-son


Tadbirlarni maktab bosqichlarini o‘tkazish uchun hakamlar hay’ati tarkibini
tajribali mutaxassislar bilan shakllantirish, ularning shaffoflik va xolisona ishlashini
ta’minlash;
Maktab bosqichi yakunlari bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirish va natijalarini
tuman Tashkiliy qo‘mitaga taqdim etish:
Tadbirlarning tuman bosqichi ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlagan
holda tadbir o‘tkaziladigan manzilga kelib-ketishini tashkil etish vazifalari yuklatilsin.
5.
Tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi (Sh.Adilova) birinchi, uchinchi
va beshinchi tashabbuslar bo‘yicha tadbirlarni buyruq bilan tasdiqlangan nizomlar
asosida yuqori saviyada o‘tkazsin hamda har bir o‘tkazilgan tadbir bo‘yicha tuman
xalq ta’limi bo‘limi mudiriga hisobot kiritsin.
6.
Darsliklar bo‘yicha metodist (M.Erkaboyeva) to‘rtinchi va beshinchi
tashabbus bo‘yicha tadbirlarni buyruqning 4-ilova bilan tasdiqlangan nizom asosida
yuqori saviyada o‘tkazsin hamda o‘tkazilgan tadbir bo‘yicha tuman xalq ta’limi
bo‘limi mudiriga hisobot kiritsin.
7.
Matbuot kotibi (M.Shirinbayeva)ga tadbirlarni o‘tkazish bilan bog‘liq
barcha jarayonlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish choralarini ko‘rsin.
8.
Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassis
(N.Hasanova)ga ushbu buyruqni bir kun muddatda tuman xalq ta’limi bo‘limi
tasarrufidagi ta’lim muassasalariga yetkazilishini ta’minlasin.
9. Ushbu buyruqning ijrosini nazorat qilish mudir o‘rinbosari H.Qarshiyev
zimmasiga yuklatilsin.
Asos Sirdaryo viloyati xalq ta’limi boshqarma boshlig‘ining 2023-yil 17-
fevraldagi 17-i-son buyrug‘i
Sardoba sh.
22.02.2023-yil 25-son
Hujjat elektron raqamli imzo orqali imzolangan.
Elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tekshirish uchun QR
Code ni skanerlang.
Imzolovchi F.I.SH.
ODILDJON GAYMNAZAROV
KURBANOVICH
Imzolangan sana
23.02.2023 16:37
Hujjat kodi
IS2261438052
Hulosa kodi
PJ5775751082


Oqoltin tuman xalq
ta’limi bo‘limi mudirining
2023-yil 22-fevraldagi
25-sonli buyrug‘iga ilova
Sirdaryo viloyatining 60 yilligiga bag‘ishlab 5 ta muhim tashabbus doirasida
ko‘rik-tanlov, festival va sport musobaqalari o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita
tarkibi
t/r
F.I.SH
Ish joyi
Lavozimi
1
H.Qarshiyev
Oqoltin tuman xalq
ta’limi bo‘limi mudiri
o‘rinbosari
Tashkiliy
qo‘mita raisi
2
A.Shodmonov
Ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni
muvofiqlashtirish sho‘ba mudiri
Rais o‘rinbosari
3
M.Shirinboyeva
Maktabdan tashqari ta’lim
metodisti
Kotiba

Download 156.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling