Oqoltin tumani xalq ta’limi bo‘limi mudirining buyrug‘i sirdaryo viloyatining 0 yilligiga bag‘ishlab ta muhim tashabbus doirasida ko‘rik-tanlov, festival va sport musobaqalari o‘tkazish to‘g‘risida
Download 156.97 Kb. Pdf ko'rish
|
Сир вилояти 60-йиллиги
- Bu sahifa navigatsiya:
- 67-9-122-XT/2023-son
- Asos Sirdaryo viloyati xalq ta’limi boshqarma boshlig‘ining 2023-yil 17- fevraldagi 17-i-son buyrug‘i
- IS2261438052 Hulosa kodi PJ5775751082
- Tashkiliy qo‘mita raisi 2 A.Shodmonov Ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni muvofiqlashtirish sho‘ba mudiri Rais o‘rinbosari
OQOLTIN TUMANI XALQ TA’LIMI BO‘LIMI MUDIRINING BUYRUG‘I Sirdaryo viloyatining 60 yilligiga bag‘ishlab 5 ta muhim tashabbus doirasida ko‘rik-tanlov, festival va sport musobaqalari o‘tkazish to‘g‘risida Viloyat hokimining 2023-yil 10-fevraldagi “Sirdaryo viloyatining 60-yilligiga bag‘ishlab Besh muhim tashabbus doirasida tanlov va musobaqalar o‘tkazilishi yuzasidan chora-tadbirlar dasturi” ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman: 1.Viloyat hokimining 2023-yil 10-fevraldagi “Sirdaryo viloyatining 60-yilligiga bag‘ishlab Besh muhim tashabbus doirasida tanlov va musobaqalar o‘tkazilishi yuzasidan chora-tadbirlar dasturi” (keyingi o‘rinlarda Buyruq deb yuritiladi) hamda Sirdaryo viloyati xalq ta’limi boshqarma boshlig‘ining 2023-yil 17-fevraldagi 17-i- son buyrug‘i rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin. 2. Buyruq bilan quyidagilar: a) Birinchi tashabbus bo‘yicha: “5-tashabbus-san’at bilan” shiori ostida “Xo‘r jamoalari” festival-tanlovıni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq: b) Ikkinchi tashabbus bo‘yicha: “5-tashabbus-sport bilan” shiori ostida umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida sportning shaxmat va basketbol turidan musobaqa tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvoiq: c) Uchinchi tashabbus bo‘yicha: “5-tashabbus-axborot texnologiyalari biları” shiori ostida “Bolalar texnik ijodkorligi” festival-tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq; d) To‘rtinchi tashabbus bo‘yicha: “Mushoira” festival-tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofıq; e) Beshinchi tashabbus bo‘yicha: “Balli qizlar” ko‘rik-tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 5-ilovaga muvofiq; f) ko‘rik-tanlov, festival, sport musobaqalari va birinchiliklami o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibi 5-ilovaga muvofiq; 3. Ko‘rik-tanlov, festival, sport musobaqalari va birinchiliklari tuman bosqichlarini o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita (keyingi o‘rinlarda-Tashkiliy qo‘mita) tarkibi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4. Barcha ta’lim muassasalari rahbarlariga: Tadbirlarni joylarda o‘z muddatida va nizom asosida yuqori saviyada o‘tkazish; 23«2»2023 yil. 67-9-122-XT/2023-son Tadbirlarni maktab bosqichlarini o‘tkazish uchun hakamlar hay’ati tarkibini tajribali mutaxassislar bilan shakllantirish, ularning shaffoflik va xolisona ishlashini ta’minlash; Maktab bosqichi yakunlari bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirish va natijalarini tuman Tashkiliy qo‘mitaga taqdim etish: Tadbirlarning tuman bosqichi ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlagan holda tadbir o‘tkaziladigan manzilga kelib-ketishini tashkil etish vazifalari yuklatilsin. 5. Tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi (Sh.Adilova) birinchi, uchinchi va beshinchi tashabbuslar bo‘yicha tadbirlarni buyruq bilan tasdiqlangan nizomlar asosida yuqori saviyada o‘tkazsin hamda har bir o‘tkazilgan tadbir bo‘yicha tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiriga hisobot kiritsin. 6. Darsliklar bo‘yicha metodist (M.Erkaboyeva) to‘rtinchi va beshinchi tashabbus bo‘yicha tadbirlarni buyruqning 4-ilova bilan tasdiqlangan nizom asosida yuqori saviyada o‘tkazsin hamda o‘tkazilgan tadbir bo‘yicha tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiriga hisobot kiritsin. 7. Matbuot kotibi (M.Shirinbayeva)ga tadbirlarni o‘tkazish bilan bog‘liq barcha jarayonlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish choralarini ko‘rsin. 8. Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassis (N.Hasanova)ga ushbu buyruqni bir kun muddatda tuman xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi ta’lim muassasalariga yetkazilishini ta’minlasin. 9. Ushbu buyruqning ijrosini nazorat qilish mudir o‘rinbosari H.Qarshiyev zimmasiga yuklatilsin. Asos Sirdaryo viloyati xalq ta’limi boshqarma boshlig‘ining 2023-yil 17- fevraldagi 17-i-son buyrug‘i Sardoba sh. 22.02.2023-yil 25-son Hujjat elektron raqamli imzo orqali imzolangan. Elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tekshirish uchun QR Code ni skanerlang. Imzolovchi F.I.SH. ODILDJON GAYMNAZAROV KURBANOVICH Imzolangan sana 23.02.2023 16:37 Hujjat kodi IS2261438052 Hulosa kodi PJ5775751082 Oqoltin tuman xalq ta’limi bo‘limi mudirining 2023-yil 22-fevraldagi 25-sonli buyrug‘iga ilova Sirdaryo viloyatining 60 yilligiga bag‘ishlab 5 ta muhim tashabbus doirasida ko‘rik-tanlov, festival va sport musobaqalari o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibi t/r F.I.SH Ish joyi Lavozimi 1 H.Qarshiyev Oqoltin tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri o‘rinbosari Tashkiliy qo‘mita raisi 2 A.Shodmonov Ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni muvofiqlashtirish sho‘ba mudiri Rais o‘rinbosari 3 M.Shirinboyeva Maktabdan tashqari ta’lim metodisti Kotiba Download 156.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling