Oqova suvlarni tabiiy sharoitda biologik tozalash inshootlari


KANALIZATSIYANING UMUMIY CHIZMASI


Download 70.37 Kb.
bet2/4
Sana12.10.2023
Hajmi70.37 Kb.
#1700348
1   2   3   4
Bog'liq
OQOVA SUVLARNI TABIIY SHAROITDA BIOLOGIK TOZALASH INSHOOTLARI

KANALIZATSIYANING UMUMIY CHIZMASI VA UNING ASOSIY ELEMENTLARI
Kanalizatsiya-muhandislik inshootlari majmui tadbirlari quyidagi maqsadiar uchun mo'ljallangan:
1. Oqava suvlar paydo bo'ladiganjoylardaqabulqih'b, ularni tozalash inshootlariga uzatish.
2. Oqava suvlarni tozalash va zararsizlantirish.
3. Oqava suv va cho'kindi tarkibidagi foydali moddalarni ajratib ohsh.
4. Tozalangan oqava suvlarni suv havzalariga oqizish
Kanalizatsiya ikki xil — suvni olib ketadigan va oqizadigan bo'ladi. Olib ketifadiganida — suyuq holatdagi chiqindilar maxsus qurilmalarda yig'Uib, ma'lum vaqt ichida maxsus mashinalarda olib ketiladi; oqiziladigan oqava suvlar yer ostida qurilgan quvurlar yordamida tozalash inshootlariga oqizilib, asosan sun'iy sharoitda yaratilgan inshootlarda tozalanadi va zararsizlantiriljb, suv havzalariga oqiziladi, tozalash natijasida tutilgan chiqindilarga maxsus ishlov beriladi.
Barcha turdagi kanalizatsiya inshootlari ikki guruhga bo'Iinadi: Birinchi guruhga: 1) ichki kanalizatsiya qurilmalari ichki suv tarmoqlariga ega bo'lganda, chiqindilarni suv bilan aralashtirib, quvurlarda oqizish uchun quriladi; 2) tashqi kanalizatsiya tarmoqlari; 3) nasos bekatlari va bosimli quvurlar kiradi.
Ikkinchi guruhga: 1) tozalash inshootlarida oqava suvlarni toza­lash, zararsizlantirish va cho'kindilarga ishlov berish; 2) tozalangan oqava suvlarni suv havzalariga oqizish inshootlari kiradi.
Har bir suv qabul qiluvchi qurilma gidravlik to'siq bilan jihozlanadi, bu to'siq kanalizatsiya tarmog'idan xonaga badbo'y hidlarni o'tkazmaslik uchun xizmat qiladi.
Tashqi kanalizatsiya tarmoqlari — yer ostida joylashtirilgan tarmoqlangan quvurlar to'plamidan iborat bo'lib, oqava suvlarni



IX. 1- rasm. Ichki kanalizatsiya chizmasi va uni tashqi
kanalizatsiya tarmog'iga ulash:
1 — tik kanalizatsiya quvuri, 2 — oqava suv qabul qiluvchi asboblardan yig'ish, 3 — chiqarish, 4 — shamollatish, 5 — asboblar, 6 — hovli quvuri


Sanoat kanalizatsiya tarmoqlari sanoat maydonida joy-lashtiriladi (IX.5- rasm).
Tarmoqlar shahar kanalizatsiya tarmoqlariga ulanadi (IX.6-rasm).
Kanalizatsiya tarmoqlari va kollektorlarda har doim tekshirish, tozalash va yuvish imkoniyatlari bo'lishi lozim. Shu maqsadda ularda qurish quduqlari joylashtiriladi.
Kollektorlar daryolar, jarliklar, tramvay yo'llari, avtomobil yo'llaridan kesib o'tganda, dyuker, estakada va maxsus o'tish inshootlari quriladi.
Joyning relyefiga ko'ra, oqava suvlar tozalash inshootlariga asosan bosimsiz quvurlar yordamida oqiziladi, ammo kollektor-lar katta chuqurlikda yoki kanalizatsiya pastqam joylarda joylashganda nasos bekatlari qurishga to'g'ri keladi. Ular oqava suvlami yuqoriroqqa ko'tarib beradi va u yerdan bosimsiz quvurlar yordamida oqava suvlarni tozalash bekatlariga oqiziladi. nasos bekatlari qurilgan joyi va maqsadiga ko'ra, mahalliy bir yoki bir nechta kanalizatsiya maydonlaridagi oqava suvlarni ko'taruvchi; mintaqaviy, ayrim mintaqalardagi yoki kanalizatsiya hovuzlaridagi oqava suvlarni ko'taruvchi; bosh, kanalizatsiyalanadigan aholi turar-joyi yoki sanoat korxonalaridagi barcha oqava suvlarni ko'taruvchi turlarga bo'linadi. Kanalizatsiya tarmoqlaridagi nasos bekatidan bosimsiz quvurgacha yoki tozalash bekatigacha bo'lgan oraliqdagi quvurlar bosimli quvurlar deyiladi.
Oqava suvlarni tozalash uchun mo'ljallangan inshootlar tozalash inshootlari deyiladi. Tozalash inshootlaridan suv havzalarigacha bo'lgan oraliqdagi kanal yoki quvurlar suv chiqaruvchilar deyiladi.
Suv chiqaruvchi quvurlar asosiy va favquloddali bo'lishi mumkin. Oqava suvlami tozalash usuli inshootlarning turi, oqava suvning ifloslik konsentratsiyasi, tozalash darajasi, suv havzala-rining o'z-o'zini tozalash quwati va boshqa omillarga qarab aniqlanadi. Tozalash bekatlari aholi turar-joyiga nisbatan suv oqimining pastki qismida joylashtiriladi.



Download 70.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling