Oqova suvlarni tabiiy sharoitda biologik tozalash inshootlari


Download 70.37 Kb.
bet3/4
Sana12.10.2023
Hajmi70.37 Kb.
#1700348
1   2   3   4
Bog'liq
OQOVA SUVLARNI TABIIY SHAROITDA BIOLOGIK TOZALASH INSHOOTLARI

KANALIZATSIYA TIZIMLARI
Uch turdagi (maishiy-xo'jalik, sanoat, yomg'ir va boshqalar) oqava suvlarni birgalikda yoki alohida oqizish usuli kanalizatsiya tizimlari deb ataladi.





IX. 7- rasm. Umumiy oqizish tizimi.



IX.8- rasm. To'la ajralgan tizim.
Kanalizatsiya tizimlari quyidagi turlarga bo'linadi: umumiy, to'la ajralgan, to'la ajralmagan, chala ajralgan va kombinatsiya-langan.
Umumiy oqizish tizimida yer ostida bitta kanalizatsiya tarmog'i joylashtiriladi va barcha turdagi oqava suvlar birgalikda oqiziladi. Bosh kollektoming diametrini kichraytirish maqsadida yog'ingarchilik jadallashgan vaqtda oqava suvlarni suv hovuzlariga chiqarib tashlash uchun jala suvini tashlash quduqlari quriladi (IX.7- rasm). To'la ajralgan kanalizatsiya tizimida bir nechla kanalizatsiya tarmoqlari bo'ladi. Bular kamida ikkita bo'lib, har bir tarmoq ma'lum bir turdagi suvni oqizish uchun mo'ljallanadi (IX.8- rasm).
Bu tizinida yomg'ir va sanoat korxonalarining shartli toza oqava suvlarini bitta quvurdan, maishiy-xo'jalik va sanoat oqava suvlari bilan birgalikda oqizishning iloji bo'hnasa, u holda sanoat suvlari mustaqil quvurlar orqali mahalliy tozalash inshootlariga oqiziladi.





IX.9- rasm. Chaia ajralgan tizim.
To'la ajrahnagan kanalizatsiya tizimi yagona kanahzatsiya tarmog'i bo'lib, unda iflos maishiy-xo'jalik va sanoat oqava suvlari oqiziladi, ifloslangan sanoat oqava suvlari oldindan mahalliy tozalash inshootlariga o'tkaziladi. Yomg'ir va erigan qor suvlari ochiq taraovlar, kyuvetalar, kanallar orqali suv havzalariga, jarliklarga oqiziladi.
Chala ajralgan kanalizatsiya tizimi ikkita kanalizatsiya tarmog'idan iborat bo'lib, bittasida maishiy-xo'jalik va sanoat oqava suvlari, ikkinchisida yog'ingarchilikdan hosil bo'lgan oqava suvlar oqiziladi, unda umumiy bosh kollektor bo'ladi (IX.9-rasm). Bu tizimda yomg'ir tarmog'i umumiy bosh kollektor bilan maxsus suv taqsimlovchi kamera yordamida bog'lanadi. Undan tozalash bekatiga barcha maishiy-xo'jalik va sanoat oqava suvlari, erigan qor, yomg'ir va ma'lum miqdorda jala yomg'ir suvlari oqiziladi.
Kombinatsiyalangan tizim. Bu tizimda shaharning bir qismi umumiy oqizish tizimi bilan, ikkinchi bir qismi to'la ajralgan tizim bo'yicha kanalizatsiyalashtiriladi. Mazkur tizim katta shaharlarda umumiy oqizish tizimi bo'lsa, kanalizatsiya tarmoqlarini qayta qurish natijasida hosil bo'ladi.



Download 70.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling