Oqsil, lipid va uglevodlar almashinuvining


Aminokislotalarning uglevodlardan biosintezi


Download 62 Kb.
bet3/3
Sana17.02.2023
Hajmi62 Kb.
#1207701
1   2   3
Bog'liq
5uglevodlar almashinuvi

4. Aminokislotalarning uglevodlardan biosintezi. To’qimalarda glyukoza parchalanishi jarayonida pirouzum kislotadan sirka kislota hosil bo’ladi. Krebs siklida u shavel sirka kislotasi va α-ketokislota aminlanishi natijasida aminokislotaga aylanadi:

CH3

C = O

COOH

Piruvat


CH3

C = NH + NADH2


COOH

Imino-kislota

CH3

CH – NH2 + NAD+


COOH

Alanin

+NH3

- H2O


Bu reaktsiyalar natijasida uglevod va oqsil almashinuvi o’rtasida to’g’ri bog’lanish vujudga keladi.


5. Uglevodlardan yog’larning biosintezi. Triatsilglitserinlar molekulasi glitserin va 3 ta yog’ kislotasi qoldig’idan hosil bo’lgan. Glikoliz metabolitlari: fosfodioksiatseton yoki fosfoglitserinaldegiddan glitserin sintezlanadi. Yog’ kislotalari sintezi uchun asosiy modda bo’lib atsetil-KoA hisoblanadi. U piruvatning oksidlanib, dekarboksillanishidan hosil bo’ladi.
Limon kislota sikli va siydikchil hosil bo’lishi – ornitin sikli o’rtasida murakkab bog’lanish bo’lib, hujayraning energiyaga bo’lgan talabi va metabolizmini oxirgi mahsulotlari komtsentratsiyasiga bog’liq holda ma’lum darajada reaktsiyalar tezligini belgilab beradi. Fumarat kislotasi arginino-qahrabo kislotasini parchalanish davrida hosil bo’ladi, ularni sintezi uchun esa aspartat bo’lishi kerak. Hosil bo’lgan fumarat kislotasi keyinchalik limon kislota siklida undagi 2 ferment fumaratgidrataza va malatdegidrogenaza ta’sirida oksaloatsetatga aylanadi, u esa spetsifik transaminaza ishtirokida aspartatga aylanadi, ya’ni o’ziga xos sitrat siklini siydikchil hosil bo’lish sikli bilan bog’langan aspartat-arginino-qahrabo shunti hosil bo’ladi.
Shunday qilib bu jarayon o’ziga xos birlashgan mexanizm yordamida ikki sikl reaktsiyalar bir-biri bilan bog’lanadi. Bu mexanizm Krebs velosipedi degan nom olgan.
Bu reaktsiya orqaga qaytmas bo’lib hisoblanadi. Shuning uchun yuqori yog’ kislotalardan uglevodlar hosil bo’lmaydi. Shunday qilib uglevodlar yog’lar tarkibiga kiruvchilar faqatgina glitserindan hosil bo’ladi. Vaholanki, odatdagi sharoitlarda reaktsiya orqaga borishi mumkin, ya’ni uglevodlar oksidlanishidan hosil bo’lgan glitserindan yog’lar sintezlanishi mumkin.
Uglevod, yog’ va qator aminokislotalar almashinuvi jarayonida hosil bo’lgan atsetil-KoA yog’ kislotalari sintezi uchun boshlang’ich substrat bo’lib hisoblanadi, shuningdek u uchkarbon kislotalar siklining birinchi substratidir. Bu siklda atsetil-KoAni oksidlanishi uchun oksaloatsetat zarurdir, u Krebs siklini ikkinchi kalit substratidir. Oksaloatsetat pirouzum kislotasi va karbonat angidriddan sintezlanishi yoki transaminlanish jarayonida asparagin kislotasidan hosil bo’lishi mumkin. Ikki molekula atsetil-KoA kondensatsiyalanib, atsetosirka kislota (atsetoatsetat) hosil bo’ladi, u esa boshqa keton tanachalarini, xususan β-oksimoy kislotasi va atsetonning manbai bo’lib hisoblanadi.
Ikki molekula atsetil-KoA kondensatsiya reaktsiyasi xolesterin sintezining birlamchi bosqichini tashkil etadi. Xolesterin, o’z navbatida, steroid gormonlar, D3 vitamini, shuningdek o’t kislotalarning o’tmishdoshi hisoblanadi.
Galaktoza va qisman glyukoza MNS faoliyatida spetsifik funktsiya bajaruvchi serebrozid va glikolipidlar biosinteziga sarflanadi, bu sintezlarda erkin monosaxaridlar emas, balki galaktozamin va glyukozamin qatnashadi, ularni sintezi o’z navbatida glutaminni amid azoti bo’lishini talab etadi. Shunday qilib, natijada uglevod, lipid oqsil almashinuvi integratsiya qilinadi.
Odam organizmida xar xil buladigan 10 lab monosoxaritlar va juda kup turli tuman oligox va polisoxaridlar buladi. Ularning organizmdagi vazifalari kuyidagilar xisoblanadi: 1. Uglevodlar energiya manbai bulib xizmat kiladi. Odamning energiyaga bulgan extiyojini deyarli yarmini uglevodlar oksidlanish xisobiga kondiradi. 2. Uglevodlar xujayralarning struktura funksional tarkibiy kismidir. Bularga nukleotidlar va nuklen kislotalar, pentozalari glikolipidlar va glikoprotaenlar uglevodlari xujayralararo moddaning geteropolisoxaritlari kiradi. 3. Organizmda uglevodlardan boshka sinflarga mansub birikmalar jumladan lipidlar va baʼzi aminokislotalar sintezlanishi mumkin.
Katta yoshdagi odamning bir sutkalik uglevodlarga extiyoji 450-600 gr tashkil kiladi.
Monosoxaritlardan boshka barcha uglevodlar oshkozon ichak yulida gidrolitik parchalanadi. Bunday parchalanish suvda eriydigan polisoxaritlargagina emas balki suvda yaxshi eriydigan saxarozalar, laktozalar uchun xam tegishlidir. Ular fakat glikoza xolida konga surilishi mumkin. Tarkibida aldegid gruppa bulgan monosoxaritlarni aldozalar deyiladi. Keton gruppa bulsa kitozalar buladi.
Ovkat uglevodlari xazm yulida glikozit boglar gidrolizmi katalizlovchi fermentlar glikozidazalar taʼsiri bilan monomerlargacha parchalanadi. Klaxmal ogiz bushligida xazm bula boshlaydi. Sulakda 1,4 glikozid boglarni parchalaydigan amilaza (ptialin, diastoza) bor. kraxmal xazm bulgan asosiy joy ingichka ichakdir. Aminaza fermenti disoxaritlardagi glikozit bogini gidrolizlamaydi, shu sababli ichak aminozasining taʼsini kor kilmaydi. Asosiy maxsulot maltoza degan disoxaritidir.
Maltoza, izomaltoza, laktoza va saxaroza aloxida glikozidaza fermentlari: maltoza, izomaltoza, laktoza va saxaroza taʼsirida gidrolizlanadi. Bu fermentlar ichak xujayralarida sintezlanadi-yu ichak bushligiga ajralib chikmaydi, demak disoxaritlar ichak xujayralari yuzasidan yoki ularning ichida gidrolizlanadi. Ovkat uglevodlari xazm bulish natijasida yuzaga keladigan asosiy monosoxarit glyukozadir, chunki kraxmat glyukoza polimeridir. Ichak yulidan utgan glyukoza kopkavena koni bilan jigarga borib bu yerda bir kismi ushlanib koladi va kolgan kismi umumiy kon okimi bilan birga xujayra va tukimalarga yetib boradi.
Jigar oshkozon ichak yuli orkali organizmga taʼsir etadigan tashki muxitni organizmning ichki muxitidan ajratib turadi. Ovkat tarkibidagi uglevodlar ichakda xazm bulib kopka vena orkali jigarga turli mikdorda kelish mumkin, ammo jigardan chikadigan konda ularning mikdori bir xil buladi.
GLIKOGENEZ – monosoxaritlardan glikogenni sintez kilinishi.
GLIKOGENOLIZ – zaxira xolidagi glikogenni parchalar kon kandini xosil kilish. Bu ikki jarayon jigarning asosiy funksiyalaridir.
Glikogen tuzilish jixatdan kraxmalga uxshash xujayrada glikogen erigan xolatda bulmasdan bitta yoki bir necha molekulani uz ichiga oladigan, diametri 40-200 nm keladigan donalar (granulalar) kurinishida buladi. Glikozaning glikogenga aylanishining zarurligi shundayki, xujayralarda oson eriydigan glikozaning tuplanib kolish osmotik shokka xujayra membranasini yemirib ketishiga olib keladi. Glikogenning sintezlanishi va parchalanishi fosforlaza nomli fermentning taʼsiriga boglik. Glikogenning tulik sintez mexanizimini 1957-yilda Argentina olimi Leluar anikladi. U jigar va sklet muskullaridan polisoxarit zanjirini sintezlaydigan maxsus fermentni ajratib olishga erishdi. Glyukoza doim tukimalar tomonidan kondan olinishi va ichakdan konga vakti-vakti bilan utib turishiga karamay uning odam organizmiga mikdori maʼlum meyorda yaʼni 100 ml konda 80-120 atrofida uzgarib turadi. Konda glikoza mikdorining maʼlum meʼrda saklanib turishida jigarning axamiyati kattadir. Agar odam organizmida glikogenning umumiy mikdori taxminan 350 gr deb xisoblansa, shundan 250 gr muskullarda buladi. Muskul glikogenni xam jigardagi singari rus bioximigi Ya.O.Parnas kashf etgan. Fosforolis yuli bilan parchalanadi va muskullarning kiskarishi uchun kerakli energiyani beradi. Parchalanishning birinchi reaksiyasi fosforolizi fermenti taʼsirida utib, bu ferment muskullarning kiskarishida muxim rol uynaydi. Xujayralarda uglevodlar metobolizmi asosan muskullarda utadi va bu jarayon muskullar xarakatini energiya bilan taʼminlab turadi. Glikozaning va boshka monosoxaritlarning parchalanishini birinchi boskichi kislorod ishtiroksiz – anatrop sharoitida utadi, bu achish muskullarda glikoliz deb ataladi. Bunday sharoitda bir molekula glyukozadan ikki molekula sut kislota xosil buladi va kup energiya ajralmaydi.
S6N12O6 2SN3SNON - SOON
Glyukoza Sut kislota
Manashunday reaksiya achitkilar ishtirokida xam utadi. Bunday ikki molekula etil spirt xosil buladi va ikki molekula uglerod (IV) oksid SO2 ajrab chikadi.

S6N12O6 2SN3SN2ON K SO2


Bu reaksiya spirt achishi deyiladi. Spirt achishi kadimdan maʼlum bulsa xam, uni mikroorganizmlar taʼsirida utishi va jarayonning xazimi fakat utgan asirning 60 yillaridan boshlab aniklana boshlandi. Unga kadar bu jarayon tabiatdan tashkari “Iloxiy” kuch taʼsirida utadi, deb xisoblanib kelingan. Endilikda tabiatda katta mikyosida kechadigan achish xodisasining ayrim boskichlari, xamma reaksiyalari va fermentlari batamom urganilgan. Glyukoza molekulasidan boshlanib spirt yoki sut kislota xosil bulishi bilan tugallanadigan bu murakkab jarayondan 10 ga yakin reaksiya, 10 ga yakin fermentlar ishtirok etadi. Argab sharoitida yaʼni muxitida tukimada kislorod yetarli bulganda xosil bulgan laktad kislota va spirt oksidlanadi: spirt sirkaga aylanadi, laktat kislota esa xujayrada glikolizning ikkinchi davri aerob oksidlanish fazasiga utadi. Bunda birinchi kadamda laktat kislota degidrirlanib (ikkita vodorodni yukotib) glikolizning markaziy maxsuli pirouzum kislota xosil kiladi.


N3SNON SOON SN3SOSOON


Foydalanilgan adabiyotlar:


1. Pleshkov B.P. Bioximiya selskoxozyaystvennx rasteniy. M. “Kolos” 1969 g.
2. Lebedov S.I. Fiziologiya rasteniy. M. 1988 g.
3. Yakushkina N.I. Fiziologiya rasteniy. M. 1980 g.
4.Mustaqimov G.D. O`simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya asoslari. T. 1995 y.
4. Xo`jaev J. X O`simliklar fiziologiyasi Toshkent “Mexnat” 2004
5. Rubin B.A. Kurs fiziologii rasteniy. M. 1976 g.
6. www.ziyonet.uz
Download 62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling