Oqsillar almashinuvi


Download 0.62 Mb.
bet1/3
Sana14.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1002563
  1   2   3
Bog'liq
Kimyo


Oqsillar almashinuvi
Oqsillar almashinuvining o’ziga xos xususiyatlari Aminokislotalarning almashinuv yo’llari Aminokislotalarning dezaminlanishi va dekarboksillanishi Aminokislotala almashinuvida hosil bo’lgan biologik moddalar sintezi
Reja :

Oqsillar organizmda muhim urin tutadigan va bir qator jiddiy vazifalarni bajaradigan oziq moddalardandir. Boshqa biror bir oziq modda oqsillarning urnini bosa olmaydi. Ularning vazifasini hech bir oziq moddasi bajara olmaydi.

  • Ichaqdan qonga surilgan aminoqislotalar qopqa vena orqali jigarga erkin kislotalar holida keladi. Jigarga keladigan qopqa vena sistemasidagi qonda aminokislotalar miqdori yeyilgan ovqatga qarab uzgarib tursa ham qon aylanishi-da aminokislotalar miqdori ma’lum chegarada saqlanadi. Buning sababi, birinchi-dan, qopqa venadan kelgan ortiqcha aminokislotalarni jigar ushlab qolishi bulsa, ikkinchidan, boshqa a’zolarning ham qondan aminokislotalarni uz ehtiyojiga qarab yutishidir. Jigar aminokislotalarni ancha tez tuplash qobiliyatiga ega, bu хususiyat a’zoning har tomonlama metabolik faoliyati juda yuksak ekanligiga bogliq. Jigar organizmning “kimyoviy laboratoriyasi” deb bejiz aytilmaydi. Aminokislotalar bu a’zoda qisman parchalanadi, qisman boshqa birikmalar (plazma oqsillari, uglevod-lar) sintezi uchun sarf buladi. Har xil aminokislotalarning qon plazmasidagi miqdorini ularning qonga kiritilish va qondan yutilish balansi idora qilib turadi. Aminokislotalarning plazma va tuqimalardagi miqdorining uzaro nisbati dinamik holatdadir.
  • Peptidlar tana suyuqliklari va tuqimalarida ularning ba’zi maxsus vakillari (masalan, glutation) dan tashqari, deyarli uchramaydi. Ular hujayra tekisligida oziq modda yoki oqsil sintezi uchun erkin oraliq, modda sifatida ahamiyatga ega emas. Qon aylanishiga tushgan aminokislotalarning asosiy ahamiyati tirik hujayralarning struktura va katalitik funkiiyalarini ta’minlab turishdir. Bu ma’noda ularning birinchi funktsiyasi oqsillar, shu jumladan, fermentlar, gormonlar va boshqa mu-him biologik ahamiyatga ega birikmalar sintezi uchun sarf qilinishidir. Agar ovqat oqsillari, odatda bulgani kabi, bu asosiy va eng spetsifik vazifani bajarish uchun zarur miqdordan kuproq aminokislota yetkazgan bulsa, ortiqcha qabul qilingan aminokislotalar parchalanadi, undan energiya manbai sifatida foydalanish mumkin, ammo bu ular uchun zarur funktsiya emas.

Aminokislotalarning tula parchalanib, oxirgi mahsulotlarga aylanadigan qismi asosan, ovqat tarkibiga bogliq. Ammo ovqat bilan oqsil moddalar kiritilmaganda, ochlikda ham siydik bilan ma’lum miqdorda azotli moddalar ajratilib turadi, bunda organizm manfiy azot balansida buladi.
Organizm bunday sharoitda nima uchun uz oqsillarining parchalanishidan kelib chiqadigan aminokislotalarni boshqa tuqimalar uchun zarur bulgan yangi oqsil sintezi uchun iste’mol qilmay, azotni “behuda” tashqariga chiqarib tashlaydi. Buning sababi shuki, har bir oqsil sintezi uchun aminokislotalarning ma’lum tuplami kerak. Barcha oqsillar qat’iy aminokislota tarkibiga egaligidan zarur aminokislotalardan bittasi bulmasa ham oqsill sintezlanishi mumkin emas. Demak qolgan hamma aminokislotalar parchalanadi. Ularning azoti siydik bilan chiqariladi, uglerod skeleti esa energiya ajratish bilan oxirgi mahsulotlari bulmish CO2 va H2O gacha parchalanib ketadi. Bundan tashqari, bir qator aminokislotalar turli biologik aktiv birikmalar sintezi uchun sarf buladi. Masalan, fenilalanindan adrenalin va tiroksin gormonlari, arginin va metionindan muskullarda kreatin hosil qilinadi. Demak, almashinmaydigan aminokislotalarning bir qismi doimo oqsil sintezidan boshqa ehtiyojlarni qoplash uchun ishlatiladi. Natijada almashinmay-digan aminokislotalar yetishmaganidan boshqa aminokislotalar ham oqsil sintezi uchun kerak bulmay qoladi. Shuni ham aytib utish kerakki, soch, tirnoq, teri epidermisi kabi bir qator tuqimalarning oqsillari hayot jarayonida qaytarilmay-digan shaklda yuqolib, yangidan organizmning almashinuv reaktsiyalarida ishtirok eta olmaydi.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling