Antibiotiklarni qo‘llash
Antibiotik moddalar xalq xo‘jaligining turli xil sohalarida hamda ilmiy tadqiqot laboratoriyalarida ishlatiladi. Ular tibbiyotda, qishloq xo‘jaligida, oziq-ovqat va konserva sanoatida ishlatiladi, biologik tadqiqotlarda esa maxsus ingibitor sifatida qo‘llaniladi.
Meditsinada - antibiotiklar ko‘plab yuqumli kasalliklarni davolashda keng qo‘llanilib kelmoqda, bu kasalliklarning ayrimlarini ilgari davolab bo‘lmaydi deb hisoblanar yoki o‘lim bilan tamom bo‘lar edi. Bu kasalliklar qatoriga sil kasalligining (tuberkulyoz) ayrim shakllari, ayniqsa miningit sili antibiotik qo‘llanilmasdan oldin 100% o‘limga olib kelardi. Vabo kasalligi (chuma), Osiyo xolerasi, qorin tifi, buretsellyoz, pnevmoniya va boshqa kasalliklarni keltirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |