Oqsillar biotexnologiyasi


Download 188.5 Kb.
bet6/8
Sana20.10.2023
Hajmi188.5 Kb.
#1713722
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ANTIBIOTIK ISHLAB CHIQARISH

Makrolidlar - bir qancha sonli birikmalarni birlashtiradi, shular ichida eng muhimlari eritromitsin, magnomitsin, pleandomitsin va boshqalar. Biologik ta’siri bo‘yicha makrolidlarni ikki guruhga bo‘lish mumkin: grammusbat bakteriyalarning taraqqiyotini to‘xtatuvchi antibiotiklar va zamburug‘larga qarshi faollikka ega, bakteriyalarga kam ta’sir qiladigan antibiotiklar. Birinchi guruhga Str.erythreus hosil qiladigan eritromitsin, oleandomitsin (Str.antibioticus sintezlaydigan), Str.halstedii kulturasidan ajratilgan magnomitsin va boshqalar;
Ikkinchi guruhga: Str.filipensis sintezlaydigan filipin, Str.notalinsis dan olingan pimoritsin va boshqalar. Antibiotiklar makrolidlar penitsilinga, tetrasiklinga, streptomitsinga chidamli bakteriyalarning o‘sishini to‘xtatadi.
Anzamitsinlar - bunga kiruvchi antibiotiklarni aktinomitsetlar, nokardiyalar, ayrim tur yuksak o‘simliklar sintezlaydi. Bu guruh antibiotiklar o‘zining nomini molekulasining xarakterli tuzilishidan olgan. Guruhdagi birikmalar aromatik yadroga u bilan bog‘langan makrosiklik alifatik bog‘ga ega, uni anza-bog‘ deb aytiladi (anda - lotinchada qalam degani). Shuni aytib o‘tish kerakki, anzamitsinlarning makrolid antibiotiklardan farqi ularni lakton bog‘iga ega emasligidir. Anzomitsinlar, bakteriyalarga nisbatan ayrim viruslarga va bir qancha eukariotlarga biologik ta’sir ko‘rsatadi. Ma’lum tabiiy anzomitsinlar ichida quyidagilarni aytish mumkin: streptovaritsinlar (Str.spectobilis kulturasi hosil qiladi), rafomitsinlar (Nocordia mediterranea, Micromonospora ning ayrim turlari hosil qiladi); galamitsinlar, Micromonospora halaphytica da kuzatilgan, maytanzinoidlar Nocordia va ayrim o‘simliklar sintezlaydi; naftomitsin Str.collinus sintezlaydi; geldanomitsin Str.hudroscopicus hayot faoliyatidagi maxsulot va boshqalar.
Eng katta amaliy qiziqishga ega rafamitsinlardir, bular juda katta guruhni tashkil qiladi (mingga yaqin), tabiiy va yarim sintetik preparatlardir. Bu anzamitsinlar ichida rafamitsin SV (riftotsin); rifomitsin va rifomid keng spektr ta’sirga ega antibiotiklardir, bular tibbiyotda keng qo‘llaniladi.
Rifampitsin klinikada o‘pka siliga qarshi qimmatli preparat sifatida qo‘llaniladi. Bu antibiotik bakteriya DNK siga bog‘liq bo‘lgan RNK-polimerazani sintezini to‘xtatadi.
Aktinomitsetlar sintez qiladigan antibiotiklarga muhim amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan novobiotsinni albatta aytib o‘tish lozim bo‘ladi. Bu antibiotik Str.gpheroides kulturasidan olingan. U grammusbat va ayrim grammanfiy bakteriyalarni o‘sishini to‘xtatadi. Antibiotikni muhim xususiyati penitsillinga, streptomitsinga, eritromitsinga, tetrasiklinga, neomitsinga chidamli bakteriyalarni o‘ldiradi.
Novobiotsin pnevmoniyaning turli xil shakllarini davolashda, enterokokklarga, anginalarga va boshqa yuqumli kasalliklarga qarshi ishlatiladi.

Download 188.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling