Oqsillarni ajratish uslublari oqsillar, o’simliklar, hayvonlar to’qimasidan, mikroorganizmlardan maxsus metodlarda ajratib olinadi. Buning uchun dastlab biologik material maydalangan (gomogen holatga) keltiriladi
Download 15.25 Kb.
|
Mikroorganizmlardan oqsil ajratib olish.
Xromotografiyada gellardan tashqari, yana ion almashinuvchi adsorbentlar ham keng qo’llanilmoqda. Bu maqsad uchun ko’proq selluloza hosilalari (DEAE, SE va KM selluloza) ishlatiladi. Yuqoridagi usullar bilan ajratib olingan oqsillar tarkibida doim qo’shimcha moddalar bo’ladi. ular tarkibida tuzlarning ionlari ko’’ uchraydi. Oqsillarning ulardan tozalash uchun, odatda, dializ, elektrodializ, kristallantirish, qayta kristallantirish, gelfiltratsiya va boshqa usullardan foydalaniladi. Oqsillarni dializ usulida tozalash ancha uzoq vaqt (bir necha soat yoki kun) davom etadi. Buning uchun oqsil yarim o’tkazgich xususiyatli membranadan tayyorlangan xaltachaga solinib, uzoq vaqt oqar suvda yuviladi. Yarim o’tkazgich membrana sifatida sellofan, kollodiy hayvonlarning siydik ‘ufagi va boshqalardan foydalanish mumkin. Bular ichida sellofan ‘lyonkalar eng qulay hisoblanadi. Dializni tezlashtirish uchun yarim o’tkazgich membrana yoniga elektr qutblarini joylashtirish mumkin. Natijada zaryadlangan ionlarning membranadan o’tishi tezlashadi. Shu maqsadda hozirgi vaqtda maxsus elektrolizatorlar ishlab chiqilgan. Shunday qilib, dializ natijasida oqsillar kichik molekulali moddalardan tozalanadi. So’ng oqsillar eritmasi past va o’ta past temperaturada quritiladi. Quritishning bu usuli liofilizatsiya deyiladi. Oqsil eritmalariga tuz qo’shib kristallantirish mumkin (masalan Na2SO4, (NH4)2SO4).
Download 15.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling