25
Tayanch iboralar: interfeys, interfeys turlari,
muloqotni loyihalash, WIMP-
interfeyslar, piktogramma, IBM-standarti, standartlash.
Ma’ruza bayoni
Foydalanuvchi iterfeysi va unga qo’yiladigan talablar.
Ixtiyoriy programma tizimini ikkita kriteriya asosida baholash mumkin. Bi-
rinchisi,
aniqlik, ya’ni berilgan ma’lumotlar asosida aniq natijalar olish. Ikkinchi-
si,
qulaylik, ya’ni tizim yoki programma bilian ishlash qulayligi. Bu xususiyat
asosan tizim bilan foydalanuvchi orasidagi hamkorlik- foydalanuvchi interfeysi bi-
lan xarakterlanadi [4].
Programma ta’minotini yaratishda
interfeys elementlarini, ya’ni kiritilishi va
chiqarilishi kerak bo’lgan ma’lumotlar to’plami va ko’rinishini alohida loyihalash
maqsadga muvofiq. Muloqot ko’rinishini tabiiy, foydalanuvchiga
tushunarli va
ixcham tashkil qilinadi.
Agar tizim murakkab iyerarxik strukturaga ega bo’lsa, u holda foydalanuvchi
ixtiyoriy paytda strukturaning qaysi bosqichida ishlayotganligini bilishi kerak.
Interfeysga qo’yiladigan
talablarning yana bittasi bu adaptatsiya konsepsiya-
sidir, ya’ni muloqot strukturasini
foydalanuvchi talablariga mutobiqlanishi
hisoblanadi.
Foydalanuvchi interfeysini loyihalashda muloqotni tasvirlash katta rol o’ynaydi.
Bu yerda quyidagi talablar va prinsiplar ishlatiladi.
a) Ekran maketi. Ekranning (monitorning) pozisiya va formatlar maydoni.
Maket muloqotning bir fragmentini akslantiradi.
b) O’tish turlari yoki holatlar diagrammasi. Har bir holat graf uchlari bilan xa-
rakterlanadi. Uchlar, ya’ni nuqtalar tizimining foydalanuvchiga yoki foyda-
lanuvchining tizimga beradigan ma’lumotlarni bildiradi. Murakkab tizimlar-
ga muloqot to’rlari qismiy to’rlarga ajratiladi.
O’tish to’rlarida ularning uchta turini ajratish mumkin:
Ma’lumotlarning kiritilishini talab qiladigan uchlar;
Ma’lumotlarning kiritilishini talab qilmaydigan uchlar;
Ma’lumotlarning kiritilishi talab qilinadi, ammo boshqaruv doimo ham-
soya uchlga uzatiladi.
c) O’tish shartlari asosan kirish tilida yozilgan fragmentlar
yordamida tashkil
qilinadi. Ana shu fragmentlarni leksik, sintaktik va semantik tahlil qilish na-
tijasida muloqot sxemasi boshqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: