O’quv – uslubiy majmua mualliflar: dots. Qobilov S. S. Ass. Nurmamatov M. Q. Ass. Abdirofiyev N. A. Samarqand – 2020


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/100
Sana07.05.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1437649
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   100
Bog'liq
4180584f2181795450dd1516cd9d680f O’QUV – USLUBIY MAJMUA

Sinov savollari: 
1. Mashinaga bog’liq tillarga misol keltiring. 
2. Assembler vazifalari nimadan iborat? 
3. Assemblerlash algoritmini tushuntiring. 
4. Tarjimaning ikki bosqichini tahlil qiling. 
5. Yuklovchi nima? 
6. Makroprotsessor ta’rifini bering. 
7. Makroslarga misol bo’ladigan fragmentlarni yozing. 
Adabiyotlar 
[2], [3], [4], [6], [10], [12] 
 
 
Ma’ruza № 7 
Mavzu: Interfeysni tashkil qilish 
Reja: 
1. Interfeys tushunchasi va unga qo’yiladigan talablar 
2. WIMP- interfeyslar 
3. Interfeysni standartlashtirish 
4. Instrumental vositalar


25 
Tayanch iboralar: interfeys, interfeys turlari, muloqotni loyihalash, WIMP-
interfeyslar, piktogramma, IBM-standarti, standartlash. 
Ma’ruza bayoni 
Foydalanuvchi iterfeysi va unga qo’yiladigan talablar. 
Ixtiyoriy programma tizimini ikkita kriteriya asosida baholash mumkin. Bi-
rinchisi, aniqlik, ya’ni berilgan ma’lumotlar asosida aniq natijalar olish. Ikkinchi-
si, qulaylik, ya’ni tizim yoki programma bilian ishlash qulayligi. Bu xususiyat 
asosan tizim bilan foydalanuvchi orasidagi hamkorlik- foydalanuvchi interfeysi bi-
lan xarakterlanadi [4].
Programma ta’minotini yaratishda interfeys elementlarini, ya’ni kiritilishi va 
chiqarilishi kerak bo’lgan ma’lumotlar to’plami va ko’rinishini alohida loyihalash 
maqsadga muvofiq. Muloqot ko’rinishini tabiiy, foydalanuvchiga tushunarli va 
ixcham tashkil qilinadi. 
Agar tizim murakkab iyerarxik strukturaga ega bo’lsa, u holda foydalanuvchi 
ixtiyoriy paytda strukturaning qaysi bosqichida ishlayotganligini bilishi kerak.
Interfeysga qo’yiladigan talablarning yana bittasi bu adaptatsiya konsepsiya-
sidir, ya’ni muloqot strukturasini foydalanuvchi talablariga mutobiqlanishi 
hisoblanadi. 
Foydalanuvchi interfeysini loyihalashda muloqotni tasvirlash katta rol o’ynaydi. 
Bu yerda quyidagi talablar va prinsiplar ishlatiladi. 
a) Ekran maketi. Ekranning (monitorning) pozisiya va formatlar maydoni. 
Maket muloqotning bir fragmentini akslantiradi.
b) O’tish turlari yoki holatlar diagrammasi. Har bir holat graf uchlari bilan xa-
rakterlanadi. Uchlar, ya’ni nuqtalar tizimining foydalanuvchiga yoki foyda-
lanuvchining tizimga beradigan ma’lumotlarni bildiradi. Murakkab tizimlar-
ga muloqot to’rlari qismiy to’rlarga ajratiladi. 
O’tish to’rlarida ularning uchta turini ajratish mumkin: 

Ma’lumotlarning kiritilishini talab qiladigan uchlar; 

Ma’lumotlarning kiritilishini talab qilmaydigan uchlar; 

Ma’lumotlarning kiritilishi talab qilinadi, ammo boshqaruv doimo ham-
soya uchlga uzatiladi.
c) O’tish shartlari asosan kirish tilida yozilgan fragmentlar yordamida tashkil 
qilinadi. Ana shu fragmentlarni leksik, sintaktik va semantik tahlil qilish na-
tijasida muloqot sxemasi boshqariladi.

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling