90
Ikkinchisi. Modullardan tashkil topadigan programmalar hajmi juda katta
bo’lishi mumkin.
Modulli texnalogiya asosida zamonaviy programmalash tizimlarining
standart
modullari kutubxonasi yaratilgan. Masalan, TPas, Borland
Pascal tizimlar muhi-
tida standart modullar Turbo.tpl (Turbo Pascal Library) kutubxonasida saqlanadi.
Standart modullardan: System, Crt, Strings, Graph, Overlay juda ko`p ishlatiladi.
Shunga o’xshash programmalash tizimlarining ya’na bir qulayligi ob’ekt mod-
ullarini va yuklanadigan fayllarni hosil qilish hisoblanadi [5].
Ob’ekt modullar va yuklanadigan fayllar.
Boshlang’ich programma matnini translyatsiya qilib
ob’ekt modullarni hosil
qilamiz. Ob’ekt modul .obj kengaymali faylda saqlanadi, ya’ni
p.pas translyator p.obj
Keyingi qadamda bitta yoki bir nechta ob’ekt modullardan bajariladigan
(yuklanadigan) .exe yoki .com fayllarni hosil qilamiz.
Bu ish maxsus Link pro-
grammasi yordamida bajariladi, ya’ni
P.obj Link P.exe yoki
P.obj Link P.com
Link yordamida bir nechta ob’ekt modullarni birlashtirib yagona programmani
hosil qilish ham mumkin. Masalan,
Link P1+P2+P2, P.exe.
Programmalash tizimlarining
kutubxonalari elementlari, ya’ni programmalar
(modullar) ustida
amallar bajarish uchun maxsus utilitalar (yordamchi program-
malar) ham ishlatiladi. Masalan, BP muhitida tpumover.exe utilitasi qo’llaniladi. U
bilan ishlash sxemasini quyidagicha berish mumkin.
Tpumover
bu yerda .tpu kengaymali faylni yoki .tpl kengaymali faylni bildiradi.
esa aniq amalni anglatadi, ya’ni
+unit_nomi – blokni kutubxonaga qo’shish.
-unit_nomi – blokni kutubxonadan o’chirish.
*unit_nomi – blokni kutubxonadan o’chirmasdan ajratib olish.
Shunday qilib, biz bu bo’limda programma ta’limotini yaratishda
qo’llaniladigan modullar va kutubxonalarni bir nechta klassik usullarini ko’rib
chiqdik. Bu metodlar quyidagi qulayliklarni beradi:
Programmalar tahlil qilish va o’zgartirishga qulay bo’ladi;
Har bir dasturlovchi o’zining moduli (modullari) ustida ishlaydi va masala
bir nechta mustaqil ishlar to’plamiga taqsimlanadi;
Modullarga murojaat qilish, ularni yig’ish va turli to’plamlarini yaratish ma-
salasi osonlashadi;
91
Modullarni alohida komplyatsiya qilinishi ularni turli tillar va tizimlar muhi-
tida yaratishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: