O’quv amaliyot mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi mavzu (nomi)


Download 236.5 Kb.
bet4/7
Sana04.04.2023
Hajmi236.5 Kb.
#1328113
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7 мавзу

QO’YLARNI GO’SHT UCHUN BOQISH
Qo’ylarni go’sht ishlab chiqarish maqsadi bilan bo’rdoqiga boqishda asosan ikki xil usuldan foydalaniladi:

  1. qo’ylarni yaylovlarda haydab bog’lab semirtirish;

  2. qo’yxonalarda asrab qo’ldan oziqlantirib bo’rdoqi qilib semirtirish.

Yaylovlarda boqib go’shtga yetiltirish uchun asosan bir yoshgacha bo’lgan axta qo’chqorlar (valuxlar) hamda xo’jalik ishlab chiqarishida ahamiyati bo’lmagan, biologik xususiyati so’nib borayotgan hamda asosiy vositalik hisob raqamidan chiqarilishi lozim bo’lgan (brak qilingan) katta yoshdagi urg’ochi qo’ylar ajratib olinadi. Bu guruh qo’ylar­ga asosan 7—8 yillik sovliq sifatida qo’zi olish uchun foydalanilgan qo’ylar kiradi. Ulardan katta-katta suruvlar tashkil etilib, har bir otarda 1000 boshgacha qo’y bo’ladi. Bu qo’ylar sero’t yaylovlarda haydab boqiladi. O’tlatib boqish davomida qo’ylarning qanchalik semirayotganini tekshirib, qo’shimcha vazn qo’shayotganlik samarasi kuzatib boriladi. Buning uchun har 30 kunda bir marta to’dadagi qo’ydan 10% i tarozida tortiladi. Ayni ko’rsatkich asosida hamma qo’yning o’rtacha qo’shimcha vazni chiqariladi. Bunda agar har bir bosh qo’yning o’rtacha og’irligi boqishga qo’yishdan oldingi og’irligiga nisbatan 20— 30% ortsa, yaxshi semirgan hisoblanadi va go’sht uchun topshirishga ruxsat etiladi. Qo’ylar yaxshi yaylovlarda boqilganida og’irligi 50% ga ham ortishi mumkin.
Yaylovda boqilayotgan qo’ylarning semirganligini tashqi ko’rinishidan, dumg’aza suyaklarining ustini paypaslab ko’rish yo’li bilan aniqlash usullari bor. Semiz qo’yning dumg’aza qismidan paypaslansa, uning terisi yengil siljiydi va teri osti yog’ qatlami qo’lga bilinadi. Oriq qo’yning terisi esa qiyin siljiydi va qo’lga dumg’aza suyaklari tegadi.
Keyingi yillarda texnologik jarayonlarning birmuncha takomillashuvi natijasida qo’yni qo’yxonada asrab qo’ldan oziqlantirib boqib semirtirish usullari keng avj oldirildi. Ayni usul bo’yicha qo’ylar 70 kun davomida asrab boqiladi. Tirik vazni 9—10 kg ga ortishi bilan boqishdan olinib go’shtga topshiriladi. Ortiqcha boqish samara­li bo’lmasligi mumkin. Qo’lda boqib go’shtbop vaznga keltirish usuli qo’llanganida qo’ylarga ko’proq silos, ildiz­mevali oziqlar berib boqish maqsadga muvofiq bo’ladi. Agar yaylovda bo’rdoqiga boqilayotgan qo’ylar har bir kg qo’shimcha vazn berish uchun 8,5—12 oziq birligi sarf qilsa, qo’lda silos berib boqishda esa faqat 5,2 oziq birligi sarflaydi.



Download 236.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling