O’quv amaliyot mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi mavzu (nomi)


Download 236.5 Kb.
bet3/7
Sana04.04.2023
Hajmi236.5 Kb.
#1328113
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7 мавзу

QO’YLARNI BOQISH. Yuqorida aytib o’tilganidek, erta bahor qo’ylar uchun ancha og’ir davr hisoblanadi. Chunki ob- havo sharoiti vaqti-vaqti bilan tez-tez o’zgarib tura­di. Ko’kat yaylov o’tlari hali yaxshi o’sib yetilmaganligi tufayli tabiiy yaylovga haydab boqilgan qo’ylarning ehtiyoji to’liq qonmaydi yoki ko’k o’tning mazasini tatigach, ular qo’ldan berilayotgan dag’al xashakni yoki yaylovdagi eski o’tlarni yemay qo’yadi. Natijada suruvdagi qo’ylar oriqlab ketadi. Bunday holat albatta qish davomida oriqlab, nimjon bo’lib chiqqan nosog’lom qo’ylarning nobud bo’lishiga, bug’oz sovliqlarning o’ta nimjonlashib ketishi va bola tashlashiga, shuningdek, xalq xo’jaligiga zarar yetkazilishi mumkin bo’lgan ko’pgina noqulayliklar ro’y berishiga sabab bo’ladi. Jami qo’ychilik xo’jaliklarida shu kabi kutilmagan holatlarning oldini olish va o’z vaqtida bartaraf etish uchun, birinchidan, qo’ylarni qishdan oriqlatmay yaxshi saqlab chiqish, ikkinchidan, yerga ko’klam paytida yuqori sifatli dag’al oziqlar hamda aminokis­lotalar, yog’ kislotalari, azotsiz ekstaktiv moddalar bi­lan yetarlicha to’yintirilgan yemlar bilan ta’minlash lo­zim. Buni amalga oshirish maqsadida qo’ylarning har biriga 3 oy qish davomida va erta ko’klamning dastlabki kunlarida kuniga 1,5—2 kg dan dukkakli o’simliklar pi­chani, 200—300 g dan oqsilga boy to’yintirilgan yemlar berib turilishi kerak. Bahorning issiq kunlarida, yoz va kuz fasllarida sovliq qo’ylarga qo’shimcha oziq berilmasa ham bo’ladi. Yaylov sharoitida boqilayotgan qo’ylar kuniga bir mahal sug’orilishi kerak. Ularga ichiriladigan suv qurg’oq bo’lsa (qo’ychilik rivojlantirilgan hududlarda quduq suvi qurg’oq bo’ladi), osh tuzi berilmasligi ham mumkin. Agar chuchuk suv berib sug’orilsa, u holda qo’ylarga albatta mi­neral elementlarning hammasi berilishi shart. Ularga osh tuzi yalama tuz shaklida yoki maydalab berilishi ham mumkin. Kalsiy va fosfor kabi elementlarga ehtiyojlarini qondirish maqsadida trikalsiyfosfat, bo’r, so’ndirilgan ohak kabi moddalar berish mumkin.
Qo’ylarni o’tlatib boqish uchun baland tog’ yaylovlaridan, tog’ bag’ri va tekisliklardagi tabiiy o’tloqlardan keng foydalaniladi. Shuningdek, qo’ylarning ayrim turlari uchun har xil o’simliklar o’sadigan cho’l yaylovlari, qorako’l qo’ylari uchun esa yarim sahro va sahro yaylovlari juda samarali hisoblanadi.
Yozda qorako’l qo’ylar boqiladigan hududlarda yaylov Yog’emerlari ko’rigan bo’ladi. Ma’lumki, ayni xil o’simliklar hisobiga ularning oziqda bo’lgan ehtiyoji qonmaydi. Yozning issiq havosida ularning ozuqaga ishtahasi ham bo’lmaydi. Bunday holat qo’ylar oriqlab ketishiga olib keladi. Shuning uchun yaylovlardan imkoniyati boricha samarali foydalanish ijobiy natijalar berishi mumkin. Yaylovdan to’g’ri foydalanish maqsadida kunduzgi jazirama issiq boshlanishi bilanoq qo’ylarni baland va shabada esib turadigan yerga to’plab ham berish, erta bahorda kechqurun va kechasi o’tlatish lozim. Kechki salqin havoda boqishni tashkil etish bilan qo’ylarning oziqda bo’lgan ehtiyojlarini to’liq, qondirishga erishish mumkin. Har qanday sharoitda ham qo’ylar holatining o’zgarishiga e’tibor qilib borish kerak. Chunki fiziologik holati rivojlanib borishi bilan birga ularning oziq va hazmlanadigan oziq moddalarga bo’lgan ehtiyoji ham ortib bo­radi. Shuni hisobga olib, qo’yga bo’g’ozlik davrining ik­kinchi yarmida oziq me’yori 30—50% ga oshiriladi. Ratsiondagi protein miqdori 40—60%, mineral moddalar me’yori 2 barobar ko’paytiriladi. To’yimlilikning oshirilishi bug’oz qaysi bachadonidagi embrionning me’yorli o’sishi va rivojlanishini tashqi muhitdan turib boshqarishga imkon beradi. Talabi qondirib oziqlantirilmagan bug’oz qo’ylar tana tarkibidagi quvvat moddalarni homila rivojlanishiga sarflaydi. Natijada qo’ylar oriqlaydi. Juni ham o’smaydi. Juni o’sishi uchun oziq modda­lar yetishmaydi. Juni kalta va sifatsiz bo’lib qoladi. Ma’lumki, bunday sifatdagi qo’y juni to’qimachilik sa­noati talabiga javob bera olmaydi. Aynan shuning uchun ham mayin junli qo’ylar yoki umuman jun mahsuloti uchun boqiladigan qo’ylarni oqsilga boy oziqlar bilan boqish taqozo etiladi.
Ehtiyojni qondirib oziqlantirish uchun qish mavsumi davomida har bir bosh sovliqda 2 s dag’al xashak, 35— 40 kg miqdorida yem, nasldor qo’chqorlarga 2,5 s pichan, 45—50 kg yem yedirilishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Shu bilan birga ma’lum qadar yaylov Yog’emerlaridan ham foy­dalaniladi.
Keyingi yillarda qo’ychilik tarmog’ini jadal rivojlantirish borasida qo’ylarni boqish uchun makkajo’xori silosidan foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Katta yoshdagi qo’ylarga kuniga 4—5 kg, qo’zilarga esa 1—3 kg yaxshi sifatli silos berish tavsiya etiladi. Agar qo’ylar yil davomida qo’ton yoki qo’yxonalarda asralsa, ularga silos asosiy oziq sifatida ham berilishi mumkin. Silosdan tashqari qand, nimqand lavlagilar, xashaki lavlagi kabi hajmli oziqlar bersa bo’ladi. Silos hamda ildizmevali oziqlar berib yedirishda, dag’al xashaklarning o’rni e’tibordan chetda qolmasligi kerak.
Po’stinbop, mayin va yarim mayin jun beruvchi qo’y zotlarini urchitishda qo’zilarni sun’iy usul bilan boqib o’stirish tizimi yaxshi yo’lga qo’yilgan. Po’stinbop zot qo’ychilikda tug’ilgan qo’zilarning 40% i, mayin va yarim mayin jun beradigan zot qo’ychilikda 20% qo’zi g’udda boqib o’stiriladi. Ayni holda qo’zilarga maxsus retsept asosida tayyorlangan sut ichqizib boqiladi. Sun’iy boqishga o’tkaziladigan qo’zilar 2—3 kunlikkacha o’z onasining oldida bo’ladi. Onasining uviz sutidan emadi. So’ngra onadan ajratib sun’iy sut berib o’stiriladi. Qo’zi 15 kunlik bo’lganiga qadar sun’iy tayyorlangan qo’y suti tarkibida 96,2% qaymog’i olinmagan sigir suti, 3% qaymog’i olingan sut, 0,3% kungaboqar moyi, 0,5% baliq moyidan iborat bo’lib, to’yimliligi 0,44 oziq birligi, 42,6 g proteinga teng keladi. Qo’zi 16 dan 75 kunligigacha sun’­iy sut tarkibida 96% qaymog’i olingan sut, 0,3% kungaboqar moyi, 0,5—1,0% baliq moyi bo’ladi. To’yimliligi 0,4 oziq birligi, 32,7 g protein saqlaydi. 75 dan 90 kun­likkacha bo’lgan yoshda 98,7% qaymog’i olingan sut, 0,3% kungaboqar moyi, 1,0% baliq moyidan iborat sun’iy sut beriladi. Sut to’yimliligi 0,23 oziq birligi va 30,6 g protein saqlashi mumkin.



Download 236.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling