O‘quv amaliyoti dasturi (I kurs uchun) Bilim sohasi


Amaliyotchi talaba majburiyatlari


Download 390.5 Kb.
bet8/12
Sana16.06.2023
Hajmi390.5 Kb.
#1511040
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1-kurs o`quv amal ko\'rilgani (2) 55

Amaliyotchi talaba majburiyatlari:

  1. O‘quv amaliyoti ob’ektlariga borishdan avval amaliyot davomida qanday materiallarni bilishi va bu borada nimalar qilishi kerakligi to‘g‘risida ko‘rsatmalar olishi shart.

  2. OTM tomonidan biriktirilgan rahbar bilan uchrashib, tashkiliy masalalarni olishi zarur.

  3. O‘quv amaliyotiga oid "Kundalik daftar", "Dars tahlili daftari" kabi zarur hujjatlarni olishi.

  4. O‘quv amaliyot o‘tashga universitet tomonidan belgilangan (rektor buyrug‘iga asosan) joyga amaliyot o‘tashi shart.

  5. Amaliyot o‘tkaziladigan ob’ektlarda belgilangan mehnat intizomiga va ichki tartib qoidalariga qat’iy rioya etishi lozim.

  6. Amaliyotchi "Kundalik daftar"ni shaxsan har kuni bajarilgan ishlar va o‘tkazilgan tadbirlarning qisqacha mazmunini yozib, rahbarga ko‘rsatib, tasdiqlatishi shart.

  7. Mehnat xavsizligi, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidasini o‘rganish va unga qat’iy rioya qilish.

  8. O‘quv amaliyotini o‘tash dasturida nazarda tutilgan barcha topshiriqlarni belgilangan muddatlarda, to‘liq hajmda va sifatli bajarish.

  9. Dastur va ish rejalarda belgilangan topshiriqlarni bajarilishi yuzasidan mas’ul metodist o‘qituvchi va amaliyot rahbariga taqdim etib boradi.

  10. O‘quv amaliyotning amaliyoti tugashi bilan to‘liq rasmiylashtirilgan "Kundalik daftar"ni universitetdan tayinlangan rahbarga taqdim etishlari zarur.

  11. Yo‘l-transport hodisalaridan ehtiyot bo‘lish, shuningdek, yong‘in va hayot faoliyati xavfsizligi qoidalariga rioya qilish.


O‘QUV AMALIYOT NATIJALARINI BAHOLASH
Amaliy natijalarni baholash uchun quyidagi metodlardan foydalaniladi:
- amaliyot jarayonida talabalarni kuzatish va ular tomonidan bajarilgan ishlarning sifatini tahlil qilish;
- o‘qituvchilar, metodistlar, va talabalar bilan suhbatlashish;
- o‘qituvchilar, guruh rahbarlari tomonidan talabalar faoliyatiga yozilgan va ta’lim muassasasi ma’muriyati tomonidan tasdiqlangan tavsifnomani tahlil qilish;
- talabalarning amaliy ishlariga shaxsiy tayyorgarlik darajasi va bajargan ishlarining sifati bo‘yicha o‘z-o‘zini baholashi;
- amaliyot bo‘yicha talabalarning hujjatlarini tahlil qilish.


Download 390.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling