O‘quv amaliyoti dasturi (I kurs uchun) Bilim sohasi


Download 390.5 Kb.
bet5/12
Sana16.06.2023
Hajmi390.5 Kb.
#1511040
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1-kurs o`quv amal ko\'rilgani (2) 55

Jami

90






II. MUTAXASSISLIK FANIDAN TALABALARNING O‘QUV AMALIYOT JARAYONIDAGI FAOLIYAT BOSQICHLARI
VA ISH MAZMUNI
2.1. O‘quv amaliyotini tashkil etish va o‘tkazish bosqichlari


O‘quv amaliyoti uch bosqichni o‘z ichiga oladi:

  1. Tayyorlov bosqichida – o‘quv amaliyotning birinchi kunida amaliyot rahbari, pedagoglar hamda amaliyotga ma’sullar tomonidan amaliyot oldi konferensiyasi o‘tkaziladi. Konferensiya jarayonida talabalar o`quv amaliyoti dasturining maqsad va vazifalariga doir, shuningdek, malaka amaliyoti kundaligini to‘ldirishga doir malaka ko‘rsatmalar oladilar. Amaliyot jarayonida pedagogika bo‘yicha amalga oshirish zarur bo‘lgan ishlar, o‘quv ishlari, tarbiyaviy ish rejasini tuzish va olib borish, dars ishlanmalari hamda tarbiyaviy tadbir ishlanmalarini yaratish, o‘quvchilar jamoasiga pedagogik-psixologik tavsifnoma yozish bo‘yicha metodik maslahatlar oladilar.

  2. Asosiy bosqich. Talabaning o`quv amaliyotidagi faoliyati bevosita ta’lim­tarbiya hamda sinfdan tashqari ishlarda ishtirok etishni taqozo etadi. O‘quv amaliyot davrida olingan shaxsiy tajribadan foydalanilgan holda kurs ishlarini, malakaviy bitiruv ishlarini yozish uchun materiallar to‘playdilar hamda tajriba­sinov ishlarini o‘tkazadi.

  3. Yakuniy bosqich. O‘quv amaliyotining yakuniy bosqichida talabaning malaka amaliyot o‘tash jarayonida bajargan ishlari natijalari tahlil qilinadi. Amaliyot jarayonida to‘plagan materiallari va olgan bilimlari yuzasidan hisobot konferensiyalari tashkil etiladi. Talaba tomonidan tayyorlangan hisobotlar himoya qilinadi.



2.2. O‘quv amaliyoti davrida amaliyotchi talabalar quyidagilarni bilishlari shart:

  1. Amaliyot obyekti (uzluksiz ta’lim tizimining umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalari) xususiyatini, o‘quvchilarning yoshi va individual xususiyatlarini hisobga olishni bilish.

  2. Fan bo‘yicha o‘quv va sinfdan tashqari pedagogik faoliyat rejalarining mazmunini anglash.

  3. O‘quv-tarbiya va ma’naviyat ishlari mazmun – mohiyatini bilishi va tahlil qilishni bilish.

  4. Amaliyot obyektlari jamoasi bilan, ayniqsa fan o‘qituvchilari, sinf rahbarlari bilan hamkorlik qilishni bilish.




Download 390.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling