O‘quv animatsion lavha (rolik) larni tayyorlashning zamonaviy vositalari


Download 1.93 Mb.
bet2/3
Sana19.04.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1362066
1   2   3
Bog'liq
Paxlavon ppt

Infografika lotincha informatio so’zidan olingan bo’lib tushuntirmoq, bayon qilish ma’nolarini anglatadi, grekcha γραφικός γράφω so’zlaridan olingan bo’lib tushuntirmoq, yozma, yozish ma’nolarini anglatadi.



  • Infografika – axborotni grafik uzatish va murakkab axborotlarni aniq va tez etkazish usulidir. Axborotni dizayn ko’rinishlaridan biridir.

  • Infografikani qo’llanish sohasi juda keng bo’lib, geografiya, jurnalistika, ta’lim, statistika, texnik tizimlarda qo’llaniladi. Infografika katta hajmli axborotlarni ko’rsatishni tashkil qilish bilan birga, ularni, predmetlar va faktlar orasidagi munosabatlarni ko’rgazmali ko’rsatadi. Ma’lumotlarn fazoda vaqt bo’ycha o’zgarishlarini ko’rsatish, demonstatsiya qilishi mumkin.

  • Til o‘qitishda infografika vositalaridan foydalanishni tashkil qilish uni yanada tushunarli va ko’rgazmali qilishi imkonini beradi.



  • «Adobe PhotoShop» rasm tahrirlagichi

  • «Adobe PhotoShop» Windows muhitida ishlovchi Macintosh IBM PC kompyuterlari uchun mo’ljallangan elektron ko’rinishdagi foto tasvirlarni tahirlovchi dasturdir. «Adobe PhotoShop» dasturi Adobe System, Inc kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan bo’lib, ishlatishdagi alohida qulayliklari bilan mashhur.

  • «Adobe PhotoShop» tasvir tahrirlagichi yordamida fotosuratlarga qo’shimchalar kiritish, fotoso’ratdagi doglarni o’chirish va eski rasmlarni qayta ishlash va tiklash, rasmlarga matn kiritish, qo’shimcha maxsus samaralar bilan boyitish, bir fotosuratdagi elementlarni ikkinchi fotosuratga olib o’tish, suratdagi ranglarni o’zgartirish, almashtirish mumkin.



  • «Adobe PhotoShop» dasturi darchasida turli asboblar joylashgan. Bu panel turli tugmalardan iborat bo’lib, har bir tugmacha «Adobe PhotoShop» dasturining biror buyrug’ini anglatadi. «Adobe PhotoShop» dasturida jami 46-ta asboblar mavjud bo’lib, ulardan 20tasi bevosita dastur ishga tushirilganda darchada ko’zga tashlanib turadi. Qolganlarini qo’shimcha buyruqlarni bajarish orqali ishga tushirish mumkin. Agar asboblar panelida joylashgan tugmachaning ostki qism o’ng burchagida kichik uchburchak shakli tasvirlangan bo’lsada, bu tasvir Ushbu tugmacha tarkibida o’xshash buyruqni bajaruvchi asboblar yashiringanligidan darak beradi.



  • TASVIR FORMATLARI

  • «Adobe PhotoShop» dasturi 20dan ortiq formatdagi fayllar bilan ishlash imkoniga ega. Eng Ko’p qo’llaniladigan formatlar:

  • BMP (Windows Bitmap – Bitovaya karta Windows ) Windows muhitida ishlovchi kompyuterlarda ekran osti tasvirlarni qo’llovchi dastur Microsoft Paint da keng qo’llaniladi.

  • GIF ( Graphics Interchege Format – grafik almashish formati ) Ushbu formatdagi tasvirlar 256 turdagi rang bilan tasvirlanadi. Bu formatdagi tasvirlar asosan Internet tizimida keng qo’llaniladi



  • JPEG (Joint Phonographic Experts Group) Hozirgi kunda eng Ko’p qo’llaniladigan formatlardan biri bo’lib, uning asosiy afzalliklardan biri maxsus dastur yordamida yetarlicha siqish imkonining mavjudligidir. Ammo faylni siqib hajmini kichraytirish jarayonida tasvir sifatida o’zgarish sodir bo’ladi. Fayl kuchli siqqilganda tasvir sifati yomonlashishi mumkin. Ushbu formatdagi fayllar kompyuter xotirasida ko’p joy egallamaydi va hajm jihatidan jihatdan kichiqligi bois mazkur formatdagi tasvirlar bilan ishlash ancha oson.

  • TIFF (Tagged Image File Format) bu formatdagi fayllar ham keng qo’llaniladi. Lekin TIFF formatidagi fayllar kompyuter xotirasida ko’p joyni egallaydi. «Adobe PhotoShop» dasturida ushbu formatdagi tasvirlar bilan ishlashda dasturning ishlash tezligi sezilarli ravishda kamayishi mumkin.



  • Yaratilayotgan mahsulotni har xil animatsiyalar bilan boyitish, o‘quvchi uchun qulayliklar yaratish va qiziqarli qilish FLASH dasturida ko‘zda tutilgan va ayni vaqtda asosiy maqsadga muvofiqdir. Lekin ta’kidlab o‘tish joyzki, mahsulotni FLASH ni yoki boshqa dastur orqalimi, yaratayotgan shaxs, bu borada yetarli bilimga va fantaziyaga ega bo‘lishi joizdir



  • Macromedia Flash dasturi yordamida ham animatsiya va taqdimot fayllarni yaratishimiz mumkin. Ammo Power Pointga qaraganda Macromedia Flash dasturda yaratilgan animatsiya fayllari to’liq siz tomoningizdan yaratiladi va animatsiyalashtiriladi. Shu bilan birgalikda bu dasturda aktiv elementlar bilan ishlash va dasturlash imkoniyatlari mavjud. Asosan Macromedia Flash dasturida kichik animatsiya fayllari (kliplar), Internet sahifalar, elektron qo’llanmalar va Macromedia Flash dasturda yaratilgan fayllar o’zining original, ishlash soddaligi, yaratilish murakkabligi, tezkorligi, multimediya jihozlanganligi va hajm buyicha kichikligi bilan ko’zga tashlanishadi.



Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling