O’quv-dala amaliyoti hisoboti
Download 1.47 Mb.
|
zoologiyadan hisobot
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI Samarqand davlat universiteti Biologiya Fakulteti 301-Guruh talabasi Usanov Abdujabborning Zoologiya fanidan O’QUV-DALA AMALIYOTI HISOBOTI KIRISH
Umurtqalilar zoologiyasidan ikkinchi kurs talabalarining oʻquv-dala amaliyoti nazariy darslar oʻzlashtirilgandan keyin oʻtkaziladi va zoologiya fanini tabiat sharoitida oʻrganishning davomi boʻlib xizmat qiladi. Amaliyotning asosiy maqsadi hayvonlami bir koʻrishda “tanib” olishga oʻrgatish, ularni tabiatda topa bilish va aniqlay olish -vizual yoki koʻz bilan koʻrish, ularni hayoti va faoliyatlarini izidan borib kuzatish asosida oʻrganishdan iboratdir, chunki izlanish obʼektini yaxshi tanimay turib, boshqa har qanday ish ekologiyasini, ekotopik taqsimlanishi, soni, feʼl-atvorini oʻrganish va muhofaza qilish sohasida tadbirlar oʻtkazishni tasavvur qilib boʻlmaydi. Dala amaliyoti talabalarning dunyoqarashini kengaytiradi, ularning tabiat hodisalariga izlanuvchanlik bilan yondashishini tarbiyalaydi, qiziquvchanligini orttiradi. Ular dala sharoitida mustaqil ishlash mahoratini egallash bilan birga, eng keng tarqalgan oʻsimlik, hayvon turlarini tabiiy sharoitda kuzatishni va aniqlashni ham oʻrganadilar. Talabalar tabiatdagi xilma-xil voqea-hodisalar toʻgʻrisidagi tushunchaga ega boʻladilar, yashash sharoitlarida organizmlaring birligi va oʻzaro aloqadorligi, ilmiy tadqiqot ishlarining asosiy uslublari bilan tanishadilar, bular hammasi quyidagi jarayonlarda mujassamlangan boʻladi: l. Oʻqituvchi bilan birgalikda ekskursiyalarda boʻlish; 2. Material toʻplash; 3.Toʻplangan materiallarni kameral ishlash (yaʼni laboratoriya sharoitida ilmiy ishlash); 4. Kundalik daftarlar tutish, hayvonlar bilan uchrashish kartochkalarini tuzish; 5 .Ayrim mavzular boʻyicha umurtqali hayvonlarni oʻrganish boʻyicha mustaqil kuzatishlar olib borish; 6. Olib borilgan ish yuzasidan hisobot tayyorlash. Hayvonot dunyosi bilan tanishish ekskursiya shaklida boʻlib biostansiyaning eng xarakterli biotoplarida olib boriladi: archali oʻrmonzorlarda, togʻ qoyalari va toʻkilmalarda (togʻ yonbagʻirdagi koʻchib tushgan tosh, xarsang uyumi), ʼjarliklarda va h.k. Ekskursiyadan oldin talabalar ish joyining oʻziga xos xususiyatlari oʻsimliklari. relefi. daraxt navlari tarkibi, uchrashi mumkin boʻlgan hayvonlar, ularning xarakterli. oʻziga xos xususiyatlari va biologiyasi bilan tanishadilar. Ekskursiyalar, odatda, ertalabki soatlarda (seat 5 dan 6 gacha) oʻtkaziladi. TABIATDA KUZATISHLARNI OLIB BORISH, ZOOLOGIK MATERIALLAR TOʻPLASH VA ULARGA DASTLABKI ISHLOV BERISH Dala amaliyotining asosiy vazifalaridan biri umurtqali hayvonlarni tabiiy sharoitda oʻrganishdir. Bu vazifa hayvonlar ustidan bevosita kuzatishlar olib borish va ular hayoti faoliyati bilan bogʻliq, izlarini axtarib topish yoʻllari bilan hal qiladi. Ekskursiya paytida toʻgʻridan-toʻgʻri bevosita kuzatishlar oʻtkaziladi yoki pistirmada maʼlum joyda turib hayvonlar kuzatiladi (uya oldida, in atrofida, hayvonlar suv ichadigan joyda va boshqalar). Talaba hamma uchrashi mumkin boʻlgan hayvonlarga eʼtibor berishi zarur, ularning tashqi qiyofasini, katta-kichikligini, rangini, feʼl-atvorini (harakatlari xususiyatlari, sayrashi, yaqinlashayotgan odamga ovoz reaksiyasi, bir turga mansub vakillarini oʻzaro va boshqa turlar bilan munosabatlarini va boshqalar), shu bilan birgalikda atrof sharoitini belgilab qoʻyish, kunning soati, .uchrashuvlarning tez-tez sodir boʻlishligi ham alohida qayt qilinishi zarur. Umurtqali hayvonlar bilan olib borilayotgan ekskursiyalarni oʻtkazish botanikadan va hatto umurtqasizlar zoologiyasidan anchagina qiyinroq: umurtqali hayvonlarning turlari va ularning soni anchagina kam, ular gʻoyatda takomillashgan markaziy nerv sistemasiga ega boʻlishligi, yaqinlashib kelayotgan odam harakatiga, shovqiniga, kiyimi rangiga, sezgirlik, ziyraklik bilan javob qaytarishadi. Odatda hayvonlar ekskursantlar tomonidan koʻrib qolguncha allaqachon yashirinib olishiga harakat qiladilar, kamdankam holatlarda ularni bir necha daqiqalar mobaynida koʻrish mumkin boʻladi. Baʼzi bir umurtqalilar kam uchraydi, baʼzilari yashirincha yashaydilar, koʻpchiliklari tungi hayot kechirishga moslashgan Hayvonlarni kuzatishda, ʼular qanday sharoitda yashashlarini payqab olish, ayniqsa, ularning ozuqa negizining ahvolini oʻrganish muhimdir. Chunki asosiy ozuqaning moʻl-koʻl boʻlishi yoki aksincha, kam boʻlishi ular soniga, semizligiga, tashqi qiyofasiga, hududlari boʻyicha taqsimlanish tabiatiga, shuningdek, ovlash qurollariga va tuzoqlarga tushishiga ham taʼsir qiladi. Dala kuzatuvlari natijasida talabalarda tumanning umurtqali hayvonlari toʻgʻrisida dastlabki tasavvur shakllanadi, baʼzi turlar soni ularning maʼlum biror yashash joylariga toʻgʻri kelishlari (bu nimaga bogʻliqligini aniqlashga urinib koʻrish), kundalik faolliklari, oziqlanishi, ovqat topish va hayotini boshqa tomonlari toʻgʻrisida ham tushunchaga ega boʻladilar. Oʻquv-dala amaliyoti vaqtida keng va xilma-xil material toʻplanadi. Unga ishlov berish talabadan koʻp vaqt, tartibga aniq rioya qilish, epchillik va mahorat talab qiladi. Talabalar tomonidan topilgan, oʻlik holda yoki begona shaxslar tomonidan olib kelinadigan hamma hayvonlardan imkoni boricha toʻliq foydalanish zarur. Masalan, yigitlar yaqinda bir oʻlgan qushni olib kelishdi: uni darhol diqqat bilan qarab, aniqlash, ogʻirligini oʻlchash, taʼriflash, terisini shilib olish, zoologik tushka (yaʼni ichi tozalangan va paxta yoki poxol bilan toʻldirilgan qushning teri patida), tayyorlash, jigʻildon va oshqozonini yorib, tarkibini qismlarga ajratish, aniqlash va ichidagi bor narsalarning roʻyxatini tuzish, hazm boʻlmagan ovqat qoldiqlarini quritish, maxsus paketlarda yoki konservatsiyalovchi suyuqliklarda saqlanishi zarur. Aksincha, mana bunday biologik materiallarni ommaviy toʻplash ham muhim va keraklidir, ulardan qurib tashlangan ovqat qoldiqlari, ekskrementlari (yaʼni bavllari), ovqat qoldiqlari va boshqalar Hamma toʻplangan (hayvonlar, ularni ichi tozalangan tuxumlar, ovqat qoldiqlari va boshqalar) etiketkalanadi. Etiketka, hayvon terisiga, tushkasiga yoki formalin yoki boshqa suyuqlikka solingan hayvonga biriktiriladi, u vatmandan, pergament yoki boshqa xil mustahkam qogʻozdan tayyorlanadi; oʻlchami uncha katta boʻlmasligi kerak, aytaylik, chugʻurchiq kattaligidagi qush yoki krot tushkasi uchun uning kattaligi taxminan 2x6 sm boʻladi Etiketkada suvda yuvilmaydigan tush yoki oddiy qalam bilan (pergament qogʻozda emas) yuz tomoniga, albatta, aniq yozib qoʻyadilar: tartib raqamini (agar kundalikda toʻplangan materiallar hisobi olib borilgan boʻlsa hayvonning ruscha, oʻzbekcha, lotincha nomi yozilsa, maqsadga muvofiq boʻlar edi va mahalliy nomi ham yoziladi: jinsi, urgʻochisiniki bunday ; belgi bilan, erkagi .agar jinsini aniqlash imkon boʻlmasa, “soʻroq ?” belgisi qoʻyiladi, yoshi, qisqartirilgan lotincha nomi bilan: qari sen. (senex), katta yoshli ad (adultus), yosh juv. (juvenis); nihoyatda aniq va toʻliq (hyech qisqartirilmagan) holda hayvon topilgan joyning nomi viloyat, tuman, aholi punkti, daraxtzor, suv havzasi, va boshqalar topilgan sanasi kun, Oy, yil; toʻplovchining familiyasi. Etiketkaning teskari tomoniga oʻlchamlar maʼlumotlari keltiriladi: hayvon topilgan stasiya (masalan, archali oʻrmon, qoyalar, koʻl). Boshqa maʼlumotlar ham berilsa, maqsadga mufoviq boʻlar edi: oshqozon va jigʻildoni tarkibi, jinsiy bezlar oʻlchamlari, embrionning soni va kattaligi, tullash holati, hayvonning semizligi; qushlar tumshugʻining, muguz pardaning va oyoqlarining ranglari, anamniyalaring terilari, tananing umumiy rangi, baliqlarning suzgich qanotlari va koʻzlarini, sut emizuvchilar tishlarining ranglari, yozib qoʻyish foydadan holi emas, chunki qurish jarayonida va konservatsiyalovchi suyuqlikka solingandan soʻng ularning ranglari oʻzgarishi mumkin. Kichkina hayvonlar shtangensirkul yoki oʻlchov-sirkuli bilan oʻlchanadi, yiriklari esa lentali santimetr yoki ruletka bilan oʻlchanadi. Shuni nazarda tutish kerakki, etiketka -muhim hujjat, u oʻziga xos hayvonlar pasportidir, etiketkasiz toʻplangan materiallar hyech qanday ilmiy ahamiyat kasb etmaydi. Zoologik ishlarda qisman toʻplangan hayvonlar preparatlar va kolleksiyalar tayyorlash uchun foydalaniladi. Baliqlarni, amflbiyalarni, sudralib yuruvchilarni kichkina sut emizuvchilarni va ularning embrionlarini odatda konservatsiyalovchi suyuqliklarda spirt yoki formalinda saqlanadi. Spirtning (gidrolizlisi ham mumkin) konsentratsiyasi 90-96% boʻlib, hayvonlarni konservatsiyalash uchun 70% li spirt eritmasi ishlatiladi. Bunday konsentratsiyali eritma olish uchun, 75 sm³ spirtga 30 sm³ suv qoʻshilgan 9 qism sovuq qoʻshiladi. Avvalo hayvonlarni 2% li formalin eritmasiga soladilar. Taxminan ikki kun oʻtgach, ularni idishdan chiqarib olib, qorin tomoni biroz kesiladi, chunki ichki organlari yaxshi saqlanishi uchun va ularni xuddi shunday eritmali yangi idishga solinadi. Bir necha kundan soʻng (flksatsiya muddati hayvonning katta-kichikligiga bogʻliq) obyektni oqar suvda yaxshilab yuvib, keyin doimiy saqlanishi uchun 70% spirtli idishga solinadi. Bu usul bilan konservatsiyalashda hayvonlar oʻz ranglarini va keraklicha yumshoqligini saqlab qoladi. Quritilgan holdagi preparatlarni saqlash odatda qushlar va sut emizuvchilarni toʻplash paytida qoʻllaniladi. Baʼzan kichik qushlar tanasi mumiyolashtiriladi: buning uchun shpris yordamida qush tana boʻshligʻi va yirik .muskullariga margumushli natriy, formalin va karbol kislotalari yoki faqatgina 10% li formalin yuboriladi. Keyin qushni boshi bilan pastga qaratib voronkaga oʻxshatib oʻralgan qogʻoz ichiga qoʻyiladi. Qanotlari ʼnormal holda joylashgan boʻlishlari kerak,ʼ uzatilgan oyoqlari esa dumda yotishi kerak. Qushni quritish uchun ipga osib qoʻyish tavsiya etiladi, ip burun teshiklari orqali oʻtkaziladi. Oʻrtacha oʻlchamidagi darrandalardan va yirik qushlardan terisi shilib olinadi, pitiryogʻi, pitirgoʻshtini (teri orqasidagi et qatlami) achchiqtosh qoʻshilgan osh tuzi bilan yaxshilab ishqalab chiqiladi. Quyoshlarning bosh skeleti oʻz joyida qoladi, darrandaniki esa ajratiladi va muskullardan yaxshilab tozalanib tili va bosh miyasi olib tashlanadi hamda maxsus tikilgan xaltachaga solib terisiga bogʻlab qoʻyiladi. Bunday terilar quruq joyda saqlanishi zarur: xohlagan vaqtda ulardan zoologik tushka yoki .chuchelo tayyorlash mumkin. Ayrim turlarni oʻrganishning taxminiy umumlashtirilgan sxemasi quyidagicha: tashqi tuzilishi va hayvoning xarakterli belgilari. Yashash joylari va hududlarda taqsimlanishi, soni, Inlari, uyalari, vaqtinchalik boshpanalari, qush uyalari. Odat qiliqlari, harakatlari, izlari. Mavsumiy va kunlik hayot kechirish. Ovqatlanishi. Koʻpayishi. Layoqaytlanish xususiyatlari. Odam uchun ahamiyati. Payariq tumanida Qorasuv suv omori borligi va unda baliqchilik xo’jaliklari borligi va qish faslida ma’lum miqdor suv fermer xo’jaliklari uchun ishlarilishi oqibatida Jog’olboyli qishlog’ining shimol tomonidan o’tgan kanallarda kam miqdorda suv bo’lib, suvdagi mayda baliqlarni sachoklar yordamida tutish imkoni bo’ladi. Kunning ikkinchi yarmida toʻplangan material kameral ishlovdan oʻtadi. adabiyotlardan foydalaniladi. Amaliyot dasturida umurtqali hayvonlarni oʻrganishning asosiy usullarini bilish, kafedra ilmiy ishlari mavzulari boʻyicha mustaqil izlanishlarni bajarish nazarda tutiladi. Uslubiy tayyorgarlik koʻrish quyidagi jarayonlardan iborat boʻladi: - amaliyotning dasturi va kalendar rejasi, zoologik kuzatishlarning umumiy qoidalari bilan talabalarni tanishtirish va kundalik daftar tutish. Asbob-uskuna, anjom-aslaha bilan tanishish va ishlash mahoratini egallash (tosh-tarozi, shtangsnsirkul, materiallarga ishlov berish asboblari va h.k.) ular bilan ishlash usullaridan, aniqlagich jadvallaridan foydalanish; - oʻquv amaliyoti oʻtkazilayotgan joyda hayvonlarning yashash sharoitini va tabiiy biotoplarini oʻrganish; hayvonlarning tashqi tuzilishi, ovozi, feʼl-atvori, hayot faoliyati izlaridan, eksperimentlaridan (bavl) va ovqat qoldiqlaridan ular turlarini aniqlash mahoratini egallash, umurtqalilarni oʻrganishning asosiy usullari va hisob qoidalarini egallash, kuzatishlarni yozish; - alohida turlaning ekologiyasini oʻrganish; organizmlarning " tashqi muhit bilan oʻzaro bogʻliqligining umumiy prinsiplari, hayvonlarning ovqatlanish xususiyatlarini, substrat va uning hayvonlar hayotidagi roli, hayvonlarning klimatik va biologik sikllarini; - tabiatda oʻtkazilgan kuzatuvlarni qayd qilish mahoratlarini egallash, bilim oshishi uchun xizmat qiladigan ilmiy maʼlumotlar toʻplash, umurtqali hayvonlarni tanasiga ishlov berish (preparovka) va kolleksiya qilish, hayvonlarni tutib olish asboblari bilann tanishtirilish. Materiallarga ishlov berishning asosiy usullari, tozalangan hayvon tanasi (tushka), oshqozon tarkibini tahlil ʼ qilish, obʼektlarni konservatsiya qilish. Toʻplangan materiallarni kolleksiya qilish, etiketkalash (yaʼni nomlash), flksatsiya qilish qoidalari bilan tanishtirish, ularning saqlash usullarini oʻrganish. Ishlov berish (preparovka) yoʻllari bilan tanishish; mustaqil kuzatishlar olib borish, namunali hisobot yozish. AMALIYOT OʻTKAZILAYOTGAN JOYNING FIZIK-GEOGRAFIK TAVSIFI Payariq tumani - Samarqand viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan (markazi Chelak qishlogʻi boʻlgan). 1953 yil Payariq tumanining bir qismidan Narimonov tumani tuzilgan. 1959 yilda Narimonov tumani Payariq tumaniga qoʻshilgan (markazi Narimonov qishlogʻi). 1991 yilda Payariq tumanidan Chelak tumani ajralib chiqqan. 2001 yilda yana Payariq tumani bilan Chelak tumanlari birlashtirilib, ular negizida Payariq tumani tashkil qilindi (markazi Payariq shahri.). Payariq tumani oʻrtacha 610 m balandlikda. Shim.-gʻarbdan viloyatning Qoʻshrabot, gʻarbdan Payariq, jan.dan Oqdaryo va Jomboy tumanlari, shim.dan Jizzax viloyatining Forish, shim.-sharqdan Gʻallaorol tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 1,29 ming km². Axrlisi 182,9 ming kishi (2003). Tumanda 2 shahar (Payariq, Chelak), 6 qishloq fuqarolari yigʻini (Guliston, Koʻkdala, Koʻltoʻsin, Sanoat, Choshtepa, Qorasuv) bor. Tuman markazi — Payariq shahri Tabiati. Tuman hududi Nurota togʻ tizmalarining janubida joylashgan. Relyefi shimolda togʻlar, adirlar, togʻ oraligʻi botiqlari, janub. qismi tekislikdan iborat. Tuproqlari, asosan, och boʻz tuproq, togʻ etaklarida toʻq boʻz tuproq, jigarrang va qoʻngʻir togʻ-oʻrmon tuproqlari. Yovvoyi oʻsimliklardan shuvoqshoʻra aralash efemerlar, bugʻdoyiq va togʻchalachoʻl oʻsimliklari oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan boʻri, tulki, chiyaboʻri, quyon, jayron, jayra, gekkon kaltakesagi, toshbaqa, sariq ilon, echkemar, koʻrsichqon, tipratikan, kalamush, qushlardan soʻfitoʻrgʻay, chumchuq, chugʻurchiq, zargʻaldoq va boshqa uchraydi. Iqlimi keskin kontinental. Yillik oʻrtacha temperatura 13,4°, yanvarning oʻrtacha temperaturasi — 1,2°, iyulniki 27°. Eng yuqori temperatura 45°, eng past temperatura —28°. Vegetatsiya davri 196 kun. Yillik oʻrtacha yogʻin 312 mm, asosan, qishda va bahorda yogʻadi. Togʻlardan oqib tushadigan mayda soylar bahor oylarida Sagʻanoqsoyga borib quyiladi. Janubiy. tekislik qismidan Zarafshon daryosining irmoqlari — Qorasuv va boshqa mayda soylar oqib oʻtadi. Ekinlarni sugʻorishda Zarafshon va boshqa daryo hamda soylardan foydalaniladi. Tumanda shirkat, fermer xoʻjaliklari mavjud. Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yerlarga paxta, don, kartoshka, sabzavot va poliz, yem-xashak ekinlari ekiladi. Mevazor, tokzor va tutzorlar bor. Tuman xoʻjaliklarida qoramol, qoʻy va echki boqiladi. Tuman hududidan Samarqand — Payariq — Qoʻshrabot yoʻllari orqali Navoiy, Jizzax viloyatiga, Samarqand — Chelak — Mitan orqali Qoʻshrabot tumani hamda Navoiy viloyati yoʻnalishi boʻyicha avtobuslar qatnaydi. Tumandagi tarixiy va meʼmoriy yodgorliklar ichida eng yirigi Imom al Buxoriy yodgorlik majmuidir. Payariq shahrining shimoliy. qismida Tohir shayx maqbarasi va masjidi bor. Chelaktepa, Shoʻrtepa, Uchtepa, Yigirmatepa, Ernazartepa, Qorovultepa, Moylitepa, Yoʻltepa kabi tepaliklar saqlanib qolingan. Bu tepaliklarning nomlari ba’zi qishloqlarga berilgan. Tumanda Qorasuv va boshqa mayda soylar shuningdek kichik suv omoblarining borligi ularda baliqchilik xojaligiklarining borligi amaliyot uchun qulayliklarni yaratib beradi. Amaliyotimiz boradigan hudud Parayiq shahridan 2km shimoliy-g’arbiy uzoqlikda joylashgan bo’lib Tohir shayh mahallasi tarkibidagi Jog’olboyli qishlogi bo’lib , shimolga tomon yer sathi balandlashib boradi. Qishloqning shimoliy qismidan ikkita kanal o’tgan bo’lib ularning atrofida shoyi akatsiya ko’k terak oq terak tol, chinor, bodom, yong’oq, tut, o’rik, olma, anjir va boshqa daraxtlar uchraydi. Bundan tashqari kanallar atrofida uzumchilik fermer xojaliklari bilan dehqonchilik klassterlari ham faoliyat yuritadi. Lalimi yerlarga nasoslar orli suv chiqarilib o’zlashtirilishiv natijasida dehqonchilik bog’dorchilik sohalari rivojlangan buning natijasida tabiiy holda o’sadigan o’sadigan o’t-o’simliklar qoplami turlar jihatdan ancha boy. Qishloqning janubiy qismida sho’ralishning oldini olish uchun zo’vurlarlar otgan bo’lib, zo’vur va uning atrofida sho’rga chidamli o’simliklari o’sadi.Qishloq janub tomondan Moyli tepa qishlog’i, sharqdan Muhammadiy 1, qishlog’i, g’arbdan Navro’z guzari, shimoldan keng dala bilan chegaradosh hisoblanadi. Qishloqning markazida aholi tomonidan mevali daraxtlardan, olma, olcha, gilos, o’rik, shaftoli, nok,tut, do’lana, yong’oq, psta, behi va boshqa lar parvarish qilinadi. Issiq xonalarda esa limon bilan bir qatorda poliz ekinlari ham yetishtiriladi. Manzarali daraxt va butalardan archa, qarag’ay, sarf, chinor, tol, ligistirum, terak kabi turlar uchraydi. Yuqoridagi o’simliklar bilan oziqlanadigan va ulardan yashash joy sifatida foydalanadigan baliqlar, suda hamda quruqlikda yashovchilar , sudralib yuruvchilar, qushlar va hayvonlarning turlarining marfologiyasi ,fizologiyasi,ekologiyasi, sistematikasi kabi ma’lumotlarini o’rganib chiqamiz. Payariq tumanida uchrashi mumkin bo’lgan umurtqali hayvonlarning turlar tarkibi quydagicha. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling