O’quv-dala amaliyoti hisoboti


FAUNASINING TURLAR TARKIBI


Download 1.47 Mb.
bet2/2
Sana14.11.2021
Hajmi1.47 Mb.
#174018
1   2
Bog'liq
zoologiyadan hisobot

FAUNASINING TURLAR TARKIBI

Xordalilar(CHordata) tipi

Anamniyalar (Anamnia) guruhi

Umurtqalilar (Vertebrata) kenja tipi

Jag’og’izlilar (Gnatostomata) bo’limi

Baliqlar (Pisces) katta sinfi

Suyakli baliqlar (Osteichthyes) sinfi

Shu’laqanotlilar (Actinopterygii) kenja sinfi

Zog’arabaliqsimon baliqlar (Cypriniformes) turkumi

Zog’orabaliqlar (Cypririnidae) oilasi

Zog’orabaliqlar (Cypririnus) urug’i

Zog’orabaliq (Cypririnus carpio) turi

Laqqasiimonlar (Siluriformes) turkumi

Laqqalar (Siluridae) oilasi

Laqqalar (Silurus) urug’i

Oddiy Laqqa (Silurur glanis) turi

To’rt oyoqlilar (Tetrapoda) katta sinfi

Suvda hamda quriqlikda yashovchiliar (Amphibia) sinfi

Yoyumurtqalilar (Apsidospondli) kenja sinfi

Dumsizlar (Ecaudata yoki Anura) turkumi

Baqalar (Ranidae) oilasi

Ko’l baqasi (Ranas ridibunda Pallas) turi

Qurbaqalar (Bufinidae) oilasi

Qurbaqalar (Bufo Laur) urug’i

Yashil Qurbaqa (Bufo viridis Laur) turi

Amniotalar (Amniota) guruhi

Sudralib yuruvchilar (Reptilia) sinfi

ANAPSIDALAR (Anaosida) kenja sinfi

Toshbaqalar (Testudines yoki chelonia) turkumi

Yashirin bo’yinli toshbaqalar (Cryptodira)kenja turkumi

Quruqlikda yashaydigan toshbaqalar (Testudinidae) oilasi

Cho’l toshbaqasi (Testudo horsfieldi) turi

Tangachalilar (Squamata) turkumi

Kaltakesaksimonlar (Lacertilia) kernja turkumi

Asil kaltakesaklar i (Lacertidae) oilas

Kaltakesakchalar urug’i (Erimais Wiegmann) urug’i

O’rtacha kaltakesakcha (Eremias nigrocellata Nikolski) turi

Tumshuqboshlilar (Rhynchocephalia) turkumi

Ilonlar (Ophidia) kenja turkumi

Suv ilonlar (iColubridae) oilasi

Suvilonlar (Natrix) urug’i

Suvilon (Natrix tesselata) turi

Aspidlar (Elapidae) oilasi

Ko’zoynakli ilonlar (Naja) urug’i

O’ta Osiyo kapcha loni (Naja naja) turi

Qushlar (Aves) sinfi

Haqiqiy qushlar (Neornithes) kenja sinfi

Ko’krak tojlilar (Carinatae) katta turkumi

Laylaksimonlar (Ciconiformes) turkumi

Oq Laylak (Ciconia ciconia) turi

G’ozsimonlar (Anseriformes) turkumi

G’ozsimonlar (Anseres) kenja turkumi

O’rdaklar(Anatidae) oilasi

G’ozlar (Anserinae) kichik oilasi

G’ozlar (Anser Brisson) urug’i

Ko’k g’oz (Anser anser) turi

Daryo o’rdaklar (Anatinae ) kichik oilasi

Yovvoyi o’rdak (Anas platyrhynchos) turi

Olaqanotli suqsur (Anas penelopeE) turi

Lochinsimonlar (Falconiformes) turkumi

Lochinlar (Falconidae)oilasi

Miqqiy (Falco tinunculus) turi

Tovuqsimonlar (G allaiformes) turkumi

Qirg’ovullar (Phasifnidae) oilasi

Bedana (Conturnix) urug’i

Bedana (Conturnix conturnix) turi

Kaklik (Alectoris kakelik Falk) urug’i

Kakliklar (Alectoris Kaup) turi

Qirg’ovul (Phasianus) urug’i

Oddiy qirg’ovul (Phasianus colchinus) turi

Balchiqchisimonlar (Charadriformes) turkumi

Balchiqchisimon (Charadrii) kenja turkumi

Balchiqchilar (Charadidae) oilasi

Balchiqchilar (Tringa) urug’i

Qiziloyoq balchiqchisi (Trigina tetanus) turi

Loyxoraklar (Gallinago Koch) urug’i

Oddiy Loyxoraklar (Gallinago gallinago) turi

Kaptarsimonlar (Columbiformes) turkumi

Kaptarsimonlar (Columbae) kenja turkumi

Kaptarlar (Columbidae) oilasi

Kaptarlar (Columba) urug’i

Ko’k Kaptar (Columba livia) turi

G’urraklar (Streptopelia Brandt) urug’i

Kichik Musicha (Streptopelia senegalensis) turi

Ko’kqarg’asimonlar (Caraciiformes) turkumi

Sassiqpopishaklar (Upupidae) oilasi

Sassiqpopishaklar (Upupa) urug’i

Sassiqpopishaklar (Upupa epope) turi

Chumchuqsimonlar (Passeriformes) turkumi

Qaldirg’ochlar (Hiriudinidae)oilasi

Kasatkalar (Hirundo) urug’i

Qishloq qaldirg’ochi (Hirundo rurtica) turi

Qarg’alar (Corvidae) oilasi

Qarg’alar (Corvus) urug’i

Qora qarg’a (Covur corone) turi

Ola qarg’a (covur cornix) turi

Chug’irchiqlar (Sturidae) oilasi

Maynalar ( Acridotheres Vieillot) urug’i

Mayna (Acridotheres tristis) turi

Dehqon chumchuqlar (Emberizidae) oilasi

Dehqon chumchuqlar i (Emberiza) urug’i

Oddiy Dehqon chumchuq (Emberiza citrinella) turi

Hakka (Pica pica) turi

Sut emizuvchilar (Mamalia) sinfi

TTirik tug’uvchi darrandalar (Theria) kenja sinfi

Yo’ldoshlilar (Placentalia)inerasinfi

Hashoratxorlar (Insectivora) turkumi

Tipratkanlar (Erinaceidae) oilasi

Qalqandor tipratkanlar (Hemiechinus Fitzinger) urug’i

Quloqdor tipratkan (Hemiechinus auritus) turi

Qo’lqanotlilar (Chiroptera) turkumi

Ko’rshapalaklar (Microchiroptera) kenja turkumi

Silliq burunli ko’rshapalaklar (Vespertilionidae) oilasi

Shalpangquloqlar (Placotus) urug’i

Shalpangquloq (Placotus auritus ) turi

Tovushqonsimonlar (Lagomorpha) turkumi

Tovushqonlar (Leporidae) oilasi

Qum tovushqoni (Lepus tolai Pallas) turi

Kemuruvchilar (Rodentia) turkumi

Sichqonlar (Muridae) oilasi

Uy sichqonlari (Mus L) urug’i

Uy sichqoni (Musculus) turi

Yirtqichlar (Carnivora) turkumi

Sirtlonlar (Hyaenidae) oilasi

Sirtlonlar (Hyaena) urug’i

Yo’-yo’l sirtlon (Hyaena hyaena) turi

7- dekabr 2020-yil soat ertabli 08:40 da diomiy yashash joyimdan 120, 140 m uzoqlikdagi kanalga baliq tutish uchun yo’lga chiqdim. Havo harorati 2 ̊ C ga teng, osmon bulutli bo’lib, shimoliy sharqdan shamol esmoqda. Baqil tutish uchun to’rxaltacha, pishiq ip va tutning shoxidan tayyorlangan sachok hamda baliqlarni saqlash uchun paqirni oldim. Tajriba uchun 6 ta madya Zog’ora baliq(Cyprinus) ni tutdim



Baliqlarni tarozida tordim, tana olchamlarini olib, raqamladim va taqqqosladim.



Baliq tartib raqami

Og’irligi

Umumiy uzunligi

Tanasining uzunligi

Tanasining balandligi

1

16 g

11sm

9 sm

3 sm

2

16 g

11,5 sm

9 sm

2,5 sm

3

16 g

11,5 sm

9 sm

3 sm

4

19 g

13 sm

10 sm

4 sm

5

19 g

13,5 sm

10,5 sm

4,5 sm

6

21 g

14,5 sm

12 sm

5,5 sm

11-dekabr 2020-yil 13:00 da Sut emizuvchilar sinfi vakili hisoblangan uy sichqonini tutish uchun qopqonlar qo’ydim xo’rak sifatida non bo’laklaridan foydalandim. Tutilgan sichqonlarning o’lchamlarini olib ozaro taqqosladim.

Mayda sut emizuvchilarning tana qismlarini o’lchash usullari.

No

Tanasining uzunligi

Tovoning uzunligi

Qulog’ining uzunligi

1

6 sm

1,5 sm

6 sm

2

5,5 sm

1,5 sm

5,5 sm

3

6 sm

2 sm

5,5 sm

Kuzatish va tajribalardan foydalanib umurtqali hayvonlarning kun tartibi, ozuqasi, fel-atvori, hayot tarzi, ekologiyasi, sistematikasi to’grisida to’liqroq ma’lumotga ega bo’dim.

Kichik musichaning biologiyasiga doir materiallar.





Sistematik holati

Turkum: Kaptarsimonlar - Columbiformes

Oila: Kaptarlar - Columbidae

Urug`: G’urraklar - Streptopelia

Tur: Musicha - Streptopelia senegalensis L.

Kenja tur: Kichik musicha - Streptopelia senegalensis ermanni.

Tashqi ko`rinishida jinsiy dimorfizm kuzatilmaydi. Boshi va bo`yni ko`kish pushti rangda, tanasining orqa yelka qismi, dum usti, qanotining ustki qoplovchi patlari jigarrang tusdagi qo`ng`ir rangda bo`ladi. Dum usti patlarida va orqasining ustki qismida kulrang tus aralashmasi bo`ladi. Tumshug`ining osti va tomog`i oq rangda, bo`ynining pastki qismi va jig`ildoni pushti-uzum rangda, qorin va dum osti patlari oqish rangda bo`ladi. Bo`ynining yon tomonlari zang-uzum rangda bo`lib, patlarining asos qismi qora rangda bo`ladi. Tanasining yon qismlari kulrang ko`kish tusda qanotining ustki qoplovchi patlari, birinchi darajali qoquv patlarini qoplovchi patlaridan tashqari xavo rang ko`kish rangda bo`ladi. Qolgan patlari kulrang, uchi oq va oq rangining ostidan qora chiziq bo`ladi. Qoquv patlari qoramtir qo`ng`ir rangda. Ko`zi qo`ng`ir, tumshug`i qora oyoqlari qizil rangda bo`ladi

Tarqalishi O`zbekistonda O`rta Osiyoning boshqa kichik respublikalari singari musichaning Streptopeliya senegalenses ermanni kenja turi uchraydi. O`rta Osiyodan tashqari kichik musicha shimoliy Avg`onistonda, Eron va boshqa mintaqalarda keng tarqalgan. Kichik musichaning tur areali butun Afrika, Old Osiyo, Eron, Pokiston va Xindistonni qamrab oladi. T.Z.Zohidov va R.N. Meklenburyevlarning ma’lumotlariga ko`ra kichik musicha asosan Afrikada uchraydi. Arabiston, Hindiston va butun old Osiyoda uya quradi. O`rta Osiyoda kichik musicha faqat janubiy mintaqalarda tarqalgan. Qizil O`rdadan janubroqda Bishkek va Almatida uyalaydi. Turkmanistonning faqat eng janubiy qismlarida tarqalgan.

Kichik musicha O`zbekistonda keng tarqalgan turlardan biri hisoblanadi. Respublikaning janubida Surxanaryo vodiysida tog`lardagi axoli yashaydigan joylargacha tarqalgan. Qashqadaryo vohasida kichik musicha barcha axoli yashaydigan joylarda tarqalgan bo`lib, tog`larda dengiz satxidan 2300metr balandlikkacha ko`tariladi. I.A.Molchanov kichik musichani Nukus atroflari va Qo`ng`irtogning odatdagi qushi deb hisoblaydi. U Zarafshon vodiysida Arabxona, Xuja Davlat qishloqlarida, Buxoro shahrida keng tarqalgan Farg`ona vodiysida musicha eng odatdagi tur bo`lib, faqat axoli yashaydigan joylarda uchraydi.

U inson bilan juda chambarchas bog`liq bo`lib, axoli yashaydigan joylardan uzoqda umuman uchramaydi. Shaharlardagi yorug`lik va shovqinlardan cho`chimasdan serharakat ko`chalarda uya quradi. Internet tizimidagi ma’lumotlarga ko`ra kichik musichalar odamlar bilan yonma-yon yashab, Aholi yashaydigan joylardan tashqarida deyarli uchramaydi. Asosan kichik galalar hosil qilib, o`troq xolda hayot kechiradi

Yashash sharoiti Kichik musichaning yashash joylari bo`lib turli tuman axoli yashaydigan joylar hisoblanadi. Ilgari ular paxsa devorli binolarda yashashni afzal ko`rgan deb aytish mumkin. Xususan , o`tgan asrning 20 yillarida Toshkent shahrining yangi qurilgan qismida kichik musichalar kam bo`lgan. Hozirgi kunda kichik musichalar istalgan yangi kvartallarni axoli ko`chib bormasdan oldinroq egallab olmoqdalar. Aftidan binolarning hususiyatlari bu qushlarni juda kam qiziqtiradi. O’tgan asrning dastlabki o’n yilliklarida kichik musichalarni bozorlar, tegirmonlar va boshqa ko’p miqdorda ozuqa manbaalari bo’lgan joylar o’ziga jalb qilgan. Hozirgi kunda ular ko’p miqdorda donni sotish va sarflash joylarida to’planmoqdalar. O.P.Bogdanov va R.N.Meklenburtevlarning malumotlariga ko’ra kichik musichalar odamlar yashaydigan joylardan uzoqda umuman uchramaydi. Bundan bir necha yillar ilgari paxsa devorli va yassi tomli imoratladan iborat bo’lgan qishloq va shaxarlarda yashaganlar. Xozirgi kunda ularni zamonaviy turdagi baland bo’yli imoratlarda xam ko`p miqdorda uchratish mumkin. Umuman olganda bunday binolar so’ngi vaqtlarda loydan ko’chirilgan uylarni siqib qo’ymoqda bu esa kichik musichalarni yangi sharoitlarda moslashishga majbur qilmoqda. Aftidan, imoratlarning zich bo’lishi kichik musichalar uchun katta ahamiyatga ega. Chunki binolar zich joylashgan joylarda ularning soni ham ko’p bo’ladi. Unchalik katta bo’lmagan qishloqlarda kichik musichalar qishloqning markaziy qismida ko’p uchraydi. Uning chekka qisimlarida deyarli uchramaydi.

Yana bir ma’lumot musicha bilan birv qatorda kaptar, hakka, qarg’a, mayna, chumchuq kabi qushlarni qishda kunduzi olma, o’rik, yong’oq, terak, tol, gilos daraxtlarida va yer ustida uchratsak kechasi ayvon shiftlari, eski imoratlarning pana joylaridan topamiz. Biroq ularni simyog’ochlardan o’tgan elektr simlarida qo’nib turganini ko’rmaymiz.



Uya qurishi Barcha o’troq qushlar singari musichalar ham ancha erta uyalashga kirishadi. Z.L.Satayeva ularning sayrashini fevral oyidayoq qayd etgan. Qish iliq kelgan yillari ularning sayrashi umuman to’xtamaydi. Haqiqiy baxor havosi kelgani bilan mart –aprel oylarida kichik musichalarning sayrashlari har tomondan tez-tez eshtilib turadi. Juflashish juda erta boshlanadi. Ayrim juftlar butun yil davomida ham ajralmaydi. Uya qurish joyini erkak qush tanlaydi ya qulay uya joyini tanlay olgach biror joyga qo’nib olib, sayrab urg’ochisini chaqiradi. Bizning kuzatishlarimizga ko`ra kichik musichalarning uyalari devorlarining yoriqlarida, daraxt shoxlarining ayrim qismida joylashgan bo’ladi. Uya materiallarini erkagi terib keltiradi, urg’ochisi esa erkagi keltirgan uya materiyallarini uyaga joylashtiradi.

A.I. Ivanovning malumotiga ko`ra kichik musichalar uya joylarini tanlashda ancha befarq hisoblanadi. Ular odamlardan unchalik cho`chimaydi. Shu sababli istalgan qulay joylarga uya qurushlari mumkin. A. I. Ivanov oziq-ovqat do`koni derazasi qarshisida yerdan unchalik baland bo`lmagan joyda kichik musichaning uyasini topgan. Bundan tashqari kichik musichalar uyalarini suv quvurlarining devoriga mustahkamlashgan joylaridagi qoziqqa, omborxona va molxonalardagi to’sinlar orasiga, uylarning karnizlariga quradilar. O.P.Bogdanov va R.N.Meklenbursevlarning malumotlariga ko’ra kichik musichalarning uyalariga odatda imoratlardagi devor yoriqlarida, karnizlarda, tomlarning ostida va boshqa joylarda joylashadi. Mualiflarning takidlashlaricha ular juda kamdan - kam xollarda daraxtlarda va uzum voyishlariga uya quradi. Bizning kuzatishimizga ko’ra kichik musichalar Samarqand viloyati Payariq tumani sharoyitida uyalarini ayvonlarning to’siqlari orasiga, uzum voishlariga, gaz quvurlarining ustiga quradi. Nazorat ostiga olingan uyalarning to’rttasi olma daraxtida, ikkitasi ayvon to’sinida bittasi gilos daraxtida, bittasi omborxona to’sinida, bittasi molxona shiftida joylashgan edi. Uya qurish joylari yil fasllariga vahavo haroratiga uzvib bog’liqdir. Uya joyi tanlanishidan oldin erkak qush g`uvillagan ovoz chiqarib uya qurishi uchun u bir joydan ikkinchi joyga uchib uylarning karnizlari, to`sinlar orasini sinchiklab tekshiradi. Qulay uya joyi tanlab olingach erkak qush uya atrofida turib, g`uvillab urgochisini chaqiradi. Gohi-gohida tik holda balandga uchib qanotlarini keng yoyib parvoz qilib yana o`z joyiga kelib qo`nadi. Shundan so`ng urgochi qush uya qurish joyiga uchib ketadi va qushlar uya qurishga kirishadilar. Uya qurishda ikkala qush ham ishtrok etadi. Erkagi uya yaqinidagi xududdan materiallarni terib keltiradi. Urgochisi esa bu uya materiallarini uyaga joylashtiradi. Kichik musichalarning uyalari juda sodda tuzilgan bo`lib, uya materiallari uyaga juda pala-partish joylashtiriladi. Shuning uchun uyaga joylashtirilgan uya materiallarining ko`pchilik qismi, ba’zi xollarda uyaning o`zi to`liq tushib ketadi va qushlar uyani yana yangidan qurishga majbur bo`ladi. Uya qurilayotgan joyning ostida juda ko`plab xas-xashak, kiichk shoxchalar va o`simlik navdalarini uchratish mumkin.Kuzatishlarimizga ko`ra kichik musichalarning uyalari yassi likopcha ko`rinishida, uya materiallari juda siyrak joylashgan bo`lib, uyaning o`rtacha diametri 16,3 sm, uya latogining chuqurligi 1,98 sm, uyaning yerdan balandligi 3,8 metrni tashkil etadi. Ularning uyalarini qayerda topganimizni bilib qish faslida harorat qanday bo’lishini bilishimiz mumkin. Masalan bu yil yashab kelayotgan musicha inalarini ikkitasi ayvon to’sinida, bittasi uncha issiq bo’lmagan omborxona to’sinida joylashganini ko’dim, bu esa harorat nisbatan iliq kelishini bildiradi. Yozga yain ular uylarining joylarini suv bo’yidagi olma, o’rik, gilos, tut kabi daraxtlarga ko’chiradi. Bu esa ularning polaponlarini yozning issiq kularidan himoya qiladi. Agar yoz fasli yog’ingarchilikga boy bo’lsa Musicha inalarini asosan ayvon to’sinida va eski imoratning o’rtacha baland joylarida uchratamiz.

Kichik musichaning uyining yonida olib borilgan kuzatishlarda to’plangan ma’lumotlar bo’yicha qish faslida qishloqlarda aholi saqlab qo’ygan bug’doy donlari va boshqa o’simlik urug’lari bilan oziqlanadi.



Kuzatishlar olib borilganda ular boshqa qushlarga qaraganda odamlardan uncha qo’rqmaydi, kerak bo’lsa odamlarga yoqish uchun g’ayri tabiiy harakatlar qiladi. Ularga bug’doy donlarini sepganda yaqindan kuzatishimizga imkoniga egamiz ,boshqa qushlar esa bu vaziyatda ularning yonidan uchib ketdi.





Kun

Vaqt


Harorat


Ozuqa turi va miqdori

Musichalar

soni


Boshqa qushlar soni

07.11.2020y

06:30-07:00

-1 C

Bug’doy doni 500 g

2 ta

1 ta chumchuq

08.11.2020y

06:30-07:00

0 C

Bug’doy doni 500 g

6 ta

3 ta chumchuq 2ta kaptar

09.11.2020y

06:30-07:00

0 C

Bug’doy doni 500 g

11 ta

8 ta chumchuq 5 ta kaptar

10.11.2020y

06:30-07:00

0 C

Bug’doy doni 500 g

13 ta

15 ta chumchuq 11 ta kaptar 5 ta mayna

11.11.2020y

06:30-07:00

0 C

Bug’doy doni 500 g

12 ta

18 ta chumchuq 11 ta kaptar 13 ta mayna

07.11.2020y

12:20-12:30

0 C

Bug’doy doni 500 g

3 ta

9 ta chumchuq 5 ta kaptar 8 ta mayna

08.11.2020y

12:20-12:30

3 C

Bug’doy doni 500 g

13 ta

15 ta chumchuq 11 ta kaptar 13 ta mayna

09.11.2020y

12:20-12:30

2 C

Bug’doy doni 500 g

18 ta

27 ta chumchuq 12 ta kaptar 17 ta mayna 2 ta hakka

10.11.2020y

12:20-12:30

2 C

Bug’doy doni 500 g

22 ta

30 ta chumchuq `17 ta kaptar 19 ta mayna 6 ta hakka

11.11.2020y

12:20-12:30

3 C

Bug’doy doni 500 g

25 ta

34ta chumchuq 20 ta kaptar 24 ta mayna 10 ta hakka

Xulosa o’rnida shuni aytishimiz kerakki, Kichikmusuchalarning oziqlanish jarayonida yer ostidagi urug’larga ta’siri yo’qligini va tur vakillarining soni kamligini inobatga olsak zarari katta emas .Biroq ular estetik ahamiyatiga ega, shubxasiz ular qishloq va shaharlarimiz bog`larining bezagi hisoblanadi.Ularning soni aholi zichligiga bog’liq bo’lib, qishloq markazlarida ularni ko’proq uchratsak, ochiq maydonlarda ancha kamligini ko’rishimiz mumkin. Ularning ko’payishiga qarshi omillarga qarshi kurashishimiz bilan biz o’z tinchligimizni ham taminlagan bo’lamiz, sababi ularning polaponlariga asosan ilonlar va yovvoyi mushuklar xavf soladi.Ular esa insonlar uylariga yaqin joyda inalarini quradi.

Foydalanadigan adabiyotlar


  1. Umurtqalilar zoologiyasidan o’quv-dala amaliyoti bo’yicha uslubiy qo’llanma – Samarqnd : SamDU nashri, 2015 -70b.

  2. O’zbekistonning umurtqali hayvonlari aniqlagichi. Luxonov J. L Toshkent O’qituvchi, 1988, 224 bet

  3. S. Dadaev, O. Movlonov. ―Zoologiya Toshkent-2008 y.

  4. J.A. Azimov, YO.D. Davlatov ―Qiziqarli biologiya Toshkent-2003 y.

  5. O. Mavlonov, SH. Xurramov, X Eshova. ―Umurtqasizlar zoologiyasi Toshkent-2006 y.

  6. O. Mavlonov, SH. Xurramov, Z. Norboev―Umurtqasizlar zoologiyasi Toshkent-2002 y.

  7. O. Movlonov. Zoologiya Toshkent-2006 y

  8. O’zbekiston Respublikasi ―Qizil kitobi Toshkent-2003 y

  9. Кимсанбоев Х.Х ва бошк.-Умумий ва кишлок хужалик энтамологияси. Тошкент -2002




Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling