O‘quv dastur


II- semestr Ayollar va bolalarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish tashkilotchisi kvalifikasiyasida


Download 0.89 Mb.
bet135/170
Sana13.03.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1266245
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   170
Bog'liq
40920101 - Tibbiy-ijtimoiy ishlar (2)

II- semestr Ayollar va bolalarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish tashkilotchisi kvalifikasiyasida


Oilaviy poliklinikada ishlash.
Oilaviy poliklinikaning kunduzgi stasionarida ishlash.

Poliklinika bilan tanishish. Har bir bo‘limdagi tibbiy-ijtimoiy xodim faoliyati bilan tanishish. Umumiy amaliyot shifokori va tor mutaxassislar xonasida tibbiy-ijtimoiy xodim faoliyati bilan tanishib, ish olib borish. Bemor bilan muloqotda bo‘lib uning parvarish buyicha extiyojlarini o‘rganib chiqish va yordam berish.
Kunduzgi stasionardagi hamshiraning vazifalari bilan tanishish va hujjatlar bilan ishlani o‘rganish. Qabul qilinayotgan bemorlar bilan muloqot qilish. Bo‘limda bemorga yotoq joy tayyorlash, oqliklarni almashtirish, xonada joriy dezinfeksiya o‘tkazish tartibi bilan tanishish. Kunduzgi stasionar yoki uydagi stasionardagi tibbiy-ijtimoiy xodim faoliyati bilan tanishib ish olib borish. Aholini sog‘ligini saqlash bo‘yicha instruktajlar berish.

6

A



2





Bolaning o‘sishi va rivojlanishi. Bolalik davrlari va ularning xususiyatlari.
Xotin-qizlar maslahatxonasida
ishlash.

Bolalar shifokori xonasida ishlash va hujjatlarni to‘ldirishni o‘rganish. Qabulga kelgan bolaning tana vaznini o‘lchash va qayd etish. Bolaning tana uzunligi (bo‘yi) ni o‘lchash va qayd etish. Bolalar bosh aylanasi va ko‘krak qafasini o‘lchash. O‘sish va rivojlanish kuzatuvining monitoringi va qo‘llanilishi.
O‘quvchilar homilador ayollarni tekshirish jarayonida ishtirok etish. Homiladorlikning dastlabki muddatlarini aniqlash. Patronaj ishlarini o‘tkazish. Homiladorlik varaqasini to‘ldirish, almashinuv kartasini to‘ldirish, ayollarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda qatnashish. Homilador ayollarni to‘g‘ri ovqatlanishi, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishi haqida suhbatlar o‘tkazishda ishtirok etish. Tug‘ruqdan oldingi va chaqaloqlar birinchi patronajini maqsad va mazmuni.

6

A



2







Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar fiziologiyasi va patologiyasi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga hamshiralik parvarishi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga hamshiralik parvarishi.

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni parvarish qilish xususiyatlari. Chaqaloqni emizishga ko‘maklashish. Chaqaloqning vaznini, bo‘yini, bosh aylanasi va ko‘krak aylanasini o‘lchash.
Issiqlik zanjirini to‘g‘ri amalga oshirish, tug‘ilgan chaqaloqni ona qorniga yotqizish, ilk ko‘krak sutini berishning afzalligi, og‘iz suti va uning moxiyati(UNISEF). Ona va bola xonasida chaqaloqlarga hamshiralik parvarishini o‘rganish: tana haroratini o‘lchash, teri va shilliq pardalarni parvarish qilish, chaqaloqlarni erkin yo‘rgaklash, ovqatlantirish, ich kelishi, uyqu, kiyintirish, tug‘ruqxonadan chiqarish qoidalari, onalarga beriladigan eslatmalar bilan tanishish.
Uy sharoitida hamshiralik parvarishini o‘rganish: kindik yarasini parvarishlash, ko‘z, burun va quloqni tozalash, cho‘miltirish. Emizish qoidalari bilan tanishish.
Vaziyatli masalalar yordamida hamshiralik jarayonini amalga oshirish. Patronaj hamshiraning vazifalari bilan tanishish, patronaj xujjatlarini yuritishni o‘rganish.

6

A



2







Chilla davrida tuqqan ayolni parvarishlash.
Chala tug‘ilgan chaqaloqlarni parvarish qilish.

Me’yoriy ovqatlanish miqdorini tuzish. Jinsiy a’zolarni o‘z holiga
kelishi holatini, lohiyalar xarakterini kuzatish. Tug‘ruqdan keyingi gimnastika mashqlarini o‘tkazish. Tug‘ruqdan keyin ayolning tagini yuvish, ona ko‘krak bezlarini chaqaloqni emizishga tayyorlashni mustaqil bajarish. Mastitni oldini olish.
Chala tug‘ilganlik belgilarini aniqlash. Chala tug‘ilgan chaqaloqlarni parvarish qilish, chala tug‘ilgan chaqaloqlarda antropometriya o‘lchovlarini o‘tkazish, chala tug‘ilgan chaqaloqlarni ovqatlantirishda ishtirok etish, kindik yarasi va terini parvarish qilish bolalar kasalliklarida tibbiy-ijtimoiy xodim parvarishini o‘tkazishda ishtirok etish. Kechiktirib bo‘lmaydigan holatlarda bolalarga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish va parvarish qilish.

6

A



4





Bolalarni ovqatlantirish

Go‘daklarni emizish qoidalari, ona sutining afzalliklari. Ko‘krak suti bilan boqishning 10 qoidasi.
Bolani to‘g‘ri emizish qoidalarini o‘rgatish. Ko‘krak suti bilan boqish bo‘yicha maslahat olib borish. Ko‘krak bilan emizishda yuzaga keladigan muammolarni bartaraf qilish. Qoshiqcha va piyoladan foydalanishni o‘rgatish. Sog‘lom va kasal bolani ovqatlanishiga doir tavsiyanomalar. Go‘dak va kichik bog‘cha yoshidagi bolalarni ovqatlanishini to‘g‘ri tashkil etishda patronaj hamshiraning vazifalarini yoritish.

6

A

2





Profilaktik emlashda ishtirok etish va o‘tkazish.

Profilaktik emlash xonasi hamda yuritiladigan hujjatlari bilan tanishish. Profilaktik emlashga kelgan bolalar bilan muloqotga kirishish. Profilaktik emlashda ishtirok etish va o‘tkazish. Emlash xonasida zararsizlantirish ishlarini olib borish.

6

A

2





Nafas olish a’zolari kasalliklarida bola va uning oilasiga hamshiralik parvarishi.

Bola va uning oilasi bilan muloqot qilish, bola dardini yengillashtirish va uni qo‘llash, tibbiy hujjatlarni yuritishni, bemorlani bo‘limga joylashtirishni, nafas olish harakatlari va pulsni sanashni.
Yuqori nafas olish a’zolarining kasalliklari:o‘tkir nazofaringit, angina, o‘tkir laringiti bo‘lgan bolalarda hamshiralik parvarishi.

6

A

2





Ginekologik bemorlarni tekshirish usullari
Ayol jinsiy a’zolarining yallig‘lanish kasalliklari
Jinsiy yo‘l orqali yuqadigan kasalliklarida hamshiralik parvarishi
Jinsiy a’zolarning o‘sma kasalliklari

Ginekologik bemorlarni asosiy tekshirish usullari. Qo‘shimcha tekshirish usullari: kolposkopiya, biopsiya, rentgenologik tekshiruv, bachadonni zondlash, orqa gumbaz orqali qorin bo‘shlig‘ini punksiya qilish, UTT. Endoskopik tekshiruv usullari.
Qinning tozalik darajasini aniqlash uchun surtma olishni, bazal haroratni o‘lchashni, bakteriologik tekshirish uchun surtma olishni, antibiotiklarni eritish va ularni yuborishni.
Bakteriologik tekshirish uchun surtma olishni, Bakterioskopik tekshirish uchun surtma olishni, zaxm va so‘zak kasalligi aniqlangan bemorlar haqida teri-tanomil kasalliklari dispanseriga xabar yuborishni, qin vannalarini o‘tkazishni va qinni chayishni. Qinga dori vositalari va tamponlar qo‘yish
Ko‘krak bezini mustaqil tekshirish usullari. Diagnostika maqsadida bachadon bo‘shligini qirish uchun asbob-anjomlar tayyorlash. Jinsiy a’zolarning o‘sma kasalliklarida hamshiralik parvarishi.

6

A



6





Oilani rejalashtirish, erta nikohni oldini olish

Ayollar maslahatxonasiga kelgan ayollarga tug‘ruqlar orasidagi muddatni saqlash ayolning salomatligini mustahkam tiklanishida, bolaning har tomonlama sog‘lom o‘sishi uchun muhimligi haqida maslahatlar bera olish. Nikohdan oldingi tibbiy ko‘rikdan o‘tishning muhimligi haqida maslahat berish.

6

A

2





Kontraseptiv vositalarining zamonaviy usullarini qo‘llashda hamshiraning vazifalari
Kontraseptiv vositalarining zamonaviy usullarini qo‘llashda hamshiralik parvarishi

Kontraseptiv vositalarining zamonaviy usullaridan foydalangan ayollarga tegishli maslahatlar berish, ichiladigan kontraseptivlar (oral kontrasepsiya) ni qo‘llanilishi, samaradorligi, to‘siq usullarini va spermisidlarni ta’sir mexanizmi, ularni qo‘llash va samaradorligi haqida maslahat berish
BIV qo‘yish uchun ayolni tayyorlash va zarur bo‘lgan asbob-anjomlarni yig‘ish, jarrohlik kontrasepsiyasiga bemorlarni tayyorlash va operasiyadan so‘ng parvarish qilish, abortning zararli oqibatlari haqida aholi orasida targ‘ibot ishlarini olib borish.

6

A



4





Ovqat hazm kilish a’zolari kasalliklarida bola va uning oilasiga hamshiralik parvarishi.
Endokrin, siydik ayiruv kasalliklarida bola va uning oilasiga hamshiralik parvarishi.
Yuqumli kasalliklarda bola va uning oilasiga hamshiralik parvarishi.

Bemor bolani parvarishlashga oid amaliy ko‘nikmalarni egallash.
Oilaviy poliklinikalardagi ORT (oral regidratasion terapiya) burchagi bilan tanishish va ishlash.
Vaziyatli masalalar yordamida hamshiralik jarayonini amalga oshirish.
Gelmintoz kasalligida bola holatini baholash, shikoyatlari, anamnez, umumiy ko‘zdansh, tashxis usullari bolalarda hamshiralik parvarishini o‘tkazish.
Qandli diabeti bo‘lgan bola va uning oilasiga hamshiralik parvarishini o‘tkazish. Gipoglikemik va giperglikemik komada bolaga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish. Kun tartibi va parhyezni o‘rganish. Bola va oila a’zolariga endemik bo‘qoq hamda qandli diabetni oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berish.
Buyrak va siydik chiqarish a’zolari kasalliklarida bola va uning oilasiga hamshiralik parvarishini o‘tkazish. Kun tartibi va parhyezni o‘rganish.
Yuqumli kasalliklarda bemor bola parvarishi, kun tartibi, parhyezini tashkil etish, vaziyatli masalalar yordamida hamshiralik jarayonini amalga oshirish. Profilaktik emlash xonalari, hujjatlari, jihozlari, ish tartibi, amaldagi profilaktik emlash kalendari bilan tanishtirish. Immunoprofilaktika o‘tkazishda ishtirok etish. Vaksinasiya zardoblarini yuborgandan keyin bo‘ladigan asoratlar va bunda kechiktirib bo‘lmaydigan yordam ko‘rsatish.

6

A



4





Kechiktirib bulmaydigan holatlarda bola va uning oilasiga hamshiralik parvarishi
Kechiktirib bulmaydigan holatlarda bola va uning oilasiga hamshiralik parvarishi

Bir yoshgacha va bir yoshdan oshgan bolalarning nafas yo‘llariga yot jismlar tushganda shoshilinch yordam ko‘rsatish. Hushdan ketganda, kollapsda, o‘tkir yurak yetishmovchiligida bola va uning oilasiga kechiktirib bo‘lmaydigan yordam ko‘rsatish qoidalarini o‘rganish.
Bemorni tana haroratini tushirish usullari: terini spirtlab artish, muz xaltacha va dori-darmonlarni qo‘llash. Muskul orasiga, vena ichiga dori yuborishni qo‘llash.
Talvasa sindromida shoshilinch yordam ko‘rsatish. Bolaning oila a’zolariga shoshilnich yordam ko‘rsatishni o‘rgatish. Oftob urishi va elektr jarohatida shikastlovchi omillar ta’sirini to‘xtatish va zudlik bilan yordam ko‘rsatish.
Suvga cho‘kkanda sun’iy nafas berish va yurakni bilvosita massaj qilish. Sovuq olganda issiqlik bilan ta’minlash.
Ilon chaqqanda zaharni organizmdan chiqarish usullarini o‘rganish. Infuzion terapiya o‘tkazishda qatnashish.
Allergik reaksiya turlari haqida ma’lumot berish.
Bemorlarda gemodinamik kuzatuv o‘tkazish va qayd etish. Jadal davolash tadbirlari o‘tkazishda ishtirok etish. Infuzion terapiya o‘tkazishda qatnashish

6

A
A

2








Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling