1-Mavzu: Masofadan zondlash va yerni kuzatish. Masofadan zondlash tarixi


Download 47.56 Kb.
bet1/3
Sana29.10.2023
Hajmi47.56 Kb.
#1733084
  1   2   3
Bog'liq
1-Mavzu

1-Mavzu:

Masofadan zondlash va yerni kuzatish. Masofadan zondlash tarixi.

Reja:

Masofadan zondlash faniga kirish

  • Masofadan zondlash – tadqiq qilinayotgan obyekt, maydon yoki hodisa bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqada bo‘lmagan asbob – uskuna yordamida olingan axborotlarni tahlil qilish orqali erishilgan ma’lumotlar haqidagi fandir. Mana shu so‘zlarni o‘qish mobaynida siz masofadan zondlashni ishlatmoqdasiz. Sizning ko‘zlaringiz sahifadan qaytgan yorug‘likni sezuvchi sensor vazifasini bajarmoqda, ko‘zlaringiz qabul qilayotgan “ma’lumotlar” sahifadagi qorong‘u va yorug‘ joylardan qaytayotgan yorug‘lik miqdoriga muvofiq keluvchi impulslardan iborat. Ushbu ma’lumotlarni sizning aqliy kompyuteringiz tahlil qiladi yoki tushunadi va bu esa sizga sahifadagi harflar yig‘indisidan tashkil topgan so‘zlarni tushuntirish imkonini beradi. Shuningdek, so‘zlar gaplarni shakllantiradi va siz gaplarda namoyon etilayotgan ma’lumotlarni anglaysiz.
  • “Masofadan zondlash” inglizcha “Remote Sensing” so‘zlaridan olingan bo‘lib, “Remote” masofadan yoki uzoqdan, “Sensing” ma’lumot olmoq yoki kuzatmoq degan ma’noni anglatadi. Masofadan zondlash masofadan turib obyektlar to‘g‘risida ma’lumotlar olish ma’nosini anglatadi. Besh xil his etish tuyg‘ularidan uchtasini biz masofadan zondlashda ishlatishimiz mumkin:
  • 1. Stadionda turib futbol musobaqasini tomosha qilish (ko‘rish hissi);
  • 2. Duxovkada yangi pishirilgan pirogni hidlash (hid bilish hissi);
  • 3. Telefon qo‘ng‘irog‘ini eshitish (eshitish hissi).

Boshqa qanday his etish tuyg‘ularimiz bor va nima uchun biz ularni “masofa”dan ishlata olmaymiz?

  • Boshqa qanday his etish tuyg‘ularimiz bor va nima uchun biz ularni “masofa”dan ishlata olmaymiz?
  • 1. Monitorning tekisligini his etib ko‘rish (tegish hissi);
  • 2. Mazasini bilish uchun olmani tanovul qilish (maza bilish hissi).
  • Oxirgi ikki holatda obyekt haqida ma’lumot olish uchun biz obyektga organlarimiz bilan tegmoqdamiz va shuning uchun bular masofadan zondlashga kirmaydi.
  • Geofazoviy fan dunyosida masofadan zondlash, yerni kuzatish deb ham nomlanadi, bu esa Yer yuzasiga nisbatan baland masofadan turib yerni sensorlar yordamida kuzatish degan ma’noni anglatadi. Sensorlar oddiy fotoapparatlarga o‘xshash, farqi esa ular nafaqat ko‘rinuvchi nurlarni,balki elektromagnit spektrning boshqa diapazonlarini ya’ni, infraqizil, mikroto‘lqinlar va ultrabinafsha intervallarini ishlatadi. Sensorlar juda taraqqiy etib bormoqda, ular yordamida juda katta hajmdagi maydonlarning suratlarini olish imkoniyati mavjud. Hozirgi kunda masofadan zondlash asosan fazodan turib sun’iy yo‘ldoshlar orqali amalga oshirilmoqda.

Download 47.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling