Toshkent 2022 y
O‘quv dasturi Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti Sog’liqni saqlash yo’nalishi bo’yicha O‘quv metodik birlashmasining 2022 yil 23-avgustdagi 4-sonli majlis bayoni bilan ma’qullangan.
Tuzuvchilar:
B.K.Umarova
Ya.I.Rajapboyeva
|
Sergeli tibbiyot kolleji yetakchi o‘qituvchisi IChABDO‘ v.v.b.
Sergeli tibbiyot kolleji yetakchi o‘qituvchisi
|
Taqrizchilar:
T.N. Yuldashev
N.R.Mirsavurova
|
Sergeli tumani 12-son OP bosh shifokori
Toshkent davlat stomatologiya instituti o‘qituvchisi
|
1. O‘quv dasturiga qo‘yiladigan talablar
O‘quv dasturining nomi
|
Malakaviy amaliyot
|
Ajratilgan soat
|
72 soat
|
Mavzular soni
|
12
|
Dasturning maqsadi
|
Malakaviy amaliyot shahar, tuman, viloyat Davolash profilaktika muassasalarida o‘tkaziladi. Malakaviy amaliyot bo‘lajak mutaxassisning mutaxassislik mahoratini oshirishga, mehnatga ongli munosabat ko‘rsatishga, mehnat intizomiga rioya qilishga, jamoada o‘zini tuta bilishi, do‘stona hamkorlikda ishlashga o‘rgatadi.
Malakaviy amaliyotni o‘tkazishni aniq tashkil qilish, to‘g‘ri uslubiy rahbarlik va doimiy nazorat o‘quvchilarning amaliy tayyorgarligini yuqori pog‘onaga ko‘taruvchi shartlardan biridir. O‘quvchilarning amaliy o‘qitish sifati ko‘p jihatdan amaliyot o‘tkaziladigan bazalarning to‘g‘ri tanlanishiga bog‘liqdir. Dastur o‘z tuzilishiga ko‘ra amaliy ta’limning barcha turlarini o‘zida mujassamlashtirib, o‘quvchilarda mutaxassislik ko‘nikmalari va mahoratini shakllantirishni bir tizimga birlashtirish imkonini beradi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |