Dastur nomi
|
Umumiy gigiyena va ekologiya
|
Ajratilgan soat
|
40
|
Mavzular soni
|
12
|
Dasturning maqsadi
|
Gigiyenaning ilmiy asoslari, gigiyenik tekshirish usullari va sog‘lomlashtirish tadbirlarining asosiy prinsiplarini o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi ta’minlash. O‘quvchilarga fan va gigiyenaning asoslari, gigiyenaning har bir bo‘limini asosiy xususiyatlari, eng dolzarb gigiyenik va ekologik muammolar, o‘quvchilar tomonidan gigiyenik tekshirish usullarini o‘zlashtirilishi, o‘quvchilarni odam organizmi va atrof muhit bilan o‘zaro ta’sirlanish asoslari, gigiyenik me’yorlashtirish va reglamentlashtirishning asoslari bilan tanishtirishdan iborat.
|
O‘zlashtirish natijalari
|
toksikologik tekshirishlarning metodologik asoslarini bilib oladilar;
oziq-ovqat mahsulotlarining to‘la sifatliligini tekshirishning uslubiy asoslarini aytib beradilar;
Bolalar va o‘smirlarning jismoniy rivojlanishini umumiy va shaxsiy tarzda tekshirish va baholashning metodologik asoslarini bajarib kuradilar;
organizmga atrof muhit omillarining organizmga ta’sirini baholash uchun ayrim fiziologik tekshirishlarni bajarib ko‘rsatadilar:
organizmga meteoomillarning kompleks ta’sirini tekshirish va baholash usularini aytib beradilar;
Jismoniy mehnatni bajarishda organizmning funksional holatini baholash usullarini bajaradilar;
Aqliy mehnat bajarganda organizmning funksional holatini baholash bo‘yicha ish olib boradilar.
|
Bilimlar
|
gigiyena va uning har bir bo‘limining maqsadi va vazifalarini;
atrof muhit va odam organizmining o‘zaro bog‘liqligining asoslarini;
atrof muhit omillarining organizmga ta’sir etish xususiyatlari, ijtimoiy-gigiyenik omillarni;
gigiyenik va sog‘lomlashtiruvchi tadbirlarni tashkil qilish va o‘tkazishning asosiy prinsiplarini;
oqilona ovqatlanishning gigiyenik asoslarini;
sog‘lom turmush tarzining gigiyenik asoslarini;
atrof muhit omillarini gigiyenik me’yorlashtirish va reglamentlashtirishning umumiy asoslarini;
inson ekologiyasining zamonaviy holati va atrof muhitni muhofaza qilishning gigiyenik asoslarini
|
Ko‘nikmalar
|
atrof muhit omillarini baholash bo‘yicha vizual, instrumental, hisoblash va laboratoriya tekshirishlarini bajarish:
obyektlarni sanitar tekshirish va tavsiflashni;
hona havosining mikroiqlim ko‘satkichlarini o‘lchash va baholashni;
insolyasion tartibni tekshirish va baholash, xonalarning tabiiy va sun’iy yoritilganligini aniqlashni;
yopiq xonalar havosining antropogen ifloslanganligini tekshirish va baholashni;
laboratoriya tekshirishlari uchun turli manbalardan suv namunalarini olish, suvning fizik va kimyoviy xossalarini aniqlashni;
laboratoriya tekshirishlari uchun tuproq namunalarini olish va ularni tekshirishga tayyorlashni;
tuproqning fizik-mexanik, kimyoviy xossalarini va gelmentoovoskopik tekshirishni;
ishchi muhiti havosidagi fizik va kimyoviy omillarni aniqlashni;
- gazlamaning asosiy fizikaviy va gigiyenik xossalarini aniqlash
|
O‘quv rejasiga muvofiq o‘zaro bog‘liq bo‘lgan fan nomi
|
Diyetologiya
Yuqumli kasalliklar
Mikrobiologiya va epidemiologiya asoslari
Hamshiralik ishi
Valeologiya
|
O‘qitishningtashkiliy shakli
|
N- nazariy ta’lim;
A-amaliy ta’lim
|
Dasturga qo‘yilgan talab
|
Majburiy
|
O‘qitish tili
|
Guruhga tayinlangan dars tili asosida
|
Baholash tartibi
|
Joriy baholash tartibiga asoslanib
|
O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash
|
Yozma, og‘zaki, savol-javob, munozara, test, amaliy topshiriq.
|