O‘quv dasturining
nomi
|
Hamshiralik ishi asoslari
|
Ajratilgan
soat
|
90
|
Mavzular soni
|
19
|
Dasturning maqsadi
|
- bemorlarni davolash profilaktika muassasalarida va uy sharoitlarida parvarish qilish va ularga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatishni o‘rgatish;
-parvarish qilish hamda kasalliklarni oldini olishda bilim va ko‘nikmalarni o‘rgatish;
-sifatli, jahon andozalariga javob bera oladigan mohir kasb egasi, mutaxassis kadrlarni tayyorlash;
-ularda malaka va ko‘nikmalarini hosil qilish.
-bemorlarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha bilimlarni shakllantirish.
|
O‘zlashtirish
(o‘qitish)
natijalari
|
-bemorlarni parvarishlash haqida ma’lumotga ega bo‘lib, ularga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.
|
Bilim
|
Hamshiralik ishi faniga kirish. Hamshiralik ishining tarixi va rivojlanishi.
Patronaj xizmatining universal-progressiv modeli haqida ma’lumotlar. BTSYo muassasalarida onalar va bolalarga universal-progressiv modeli bo‘yicha xizmat ko‘rsatish. Universal-progressiv modelini amaliyotga tatbiq etish.
O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash va hamshiralik ta’limi tizimidagi islohotlar.
Hamshiralik ishining ahloqiy asoslari va deontologiyasi. Hamshiralik ishida muloqot.
Davolash profilaktika muassasalari (DPM) ning asosiy turlar va tibbiy hujjatlarni yuritish tartibi.
Tana biomexanikasi va bemorning xavfsizligini ta’minlash.
Bemorning shaxsiy gigiyenasi.
Bemorlarni ovqatlantirishda hamshiralik parvarishi
Bemorlarni fiziologik chiqaruvlarda hamshiralik parvarishi.
Bemorlarning funksional holatini baholash.
Hamshiralik jarayoni va uning ahamiyati. Hamshiralik jarayonini o‘tkazish usullari.
Infeksiya nazorati va infeksion xavfsizlik
Me’da-ichak yo‘llari muammolarida bemorlarga hamshiralik parvarishi
Sun’iy ovqatlantirishda bemorlarga hamshiralik parvarishi
Siydik ajralishi muammolarida bemorlarga hamshiralik parvarishi.
Dori moddalarini yuborishda bemorlarga hamshiralik parvarishi.
Ingalyasiya va ajralmalarni so‘rib olishda bemorga xamshiralik parvarishi.
Soddalashtirilgan fizioterapiya usullari. Girudoterapiya, oksigenoterapiya.
Laborator tekshiruvlarda bemorga hamshiralik parvarishi.
Terminal davrdagi bemorlarda hamshiralik parvarishining xususiyatlari
Patronaj hamshirasi ish faoliyatining sifat monitoringi.Ilovalar bilan ishlash.
|
|