№
|
Mavzular nomi
|
Mavzuning qiskacha mazmuni
|
Jami
|
O‘qitishning tashkiliy shakli
|
Mustakil
ta’lim
|
1
|
Hamshiralik ishi faniga kirish. Hamshiralik ishining tarixi va rivojlanishi.
|
Hamshiralik ishining ta’rifi. Hamshiralik ishining tarixi va rivojlanishi. F.Naytingeylgacha bo‘lgan davrda hamshiralik ishi. F.Naytingeyl va V.Xendersonning zamonaviy hamshiralik ishida ko‘rsatgan xizmatlari. O‘zbekiston tomonidan F.Naytingeyl medaliga sazovor bo‘lgan hamshiralar. XX asrdan boshlab hamshiralik ishi. “Hamshiralik ishi” fanining o‘rni va Jahon Sog‘liqni Saqlash tashkiloti, Qizil Yarim Oy tashkilotlarining tarixi va asosiy vazifalari.
|
2
|
N
|
1
|
2
|
O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash va hamshiralik ta’limi tizimidagi islohotlar.
|
Hamshiralik ta’limi tizimidagi tendensiyalar. O‘zbekiston Respublikasining sog‘liqni saqlash tizimi va siyosati. O‘zbekiston hamshiralar assosiasiyasining tuzilishi va asosiy ish faoliyati. Xalqaro hamshiralar assosiasiyasi. Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti.Xalqaro hamshiralar assosiasiyasi va tibbiyotga oid boshqa tashkilotlarning tashkil qilinishi.
|
2
|
N
|
-
|
3
|
Hamshiralik faoliyatida patronaj xizmati.
Patronaj hamshira faoliyati.
|
Patronaj xizmatining universal-progressiv modeli haqidama’lumotlar. BTSYo muassasalaridaonalarvabolalarga universal-progressiv modeli bo‘yichaxizmatko‘rsatish. Universal-progressiv modelini amaliyotga tatbiq etish. QVP va OP patronaj hamshirasining vazifalari. QVP va OP patronaj hamshirasining vazifalari. Patronaj hamshirasining tibbiy hujjatlari va ularni yuritilishi. Uyga tashrif vaqtigacha patronaj sumkani to‘liq tayyorlanishini nazorat qilish. Uy sharoitida birlamchi tez tibbiy yordam ko‘rsatishda patronaj hamshirasining o‘rni.
|
4
|
NA
|
2
|
4
|
Hamshiralik ishining ahloqiy asoslari va deontologiyasi. Hamshiralik ishida muloqot.
|
Hamshiralik ishining ahloqiy asoslari. Etika va bioetika xaqida tushuncha.Xamshira faoliyatida bajarilishi shart bo‘lgan harakatlar.Hamshiraning etik kodeksi haqida tushuncha. Hamshiralik ishida uchraydigan hamshira xillariga ta’rif berish va muammolarni misollar yordamida hal qilish va yechish.
Deontologiya haqida tushuncha. Muloqot xaqida tushuncha. Muloqot turlari, darajasi va vositasi.Muloqotga ta’sir etuvchi omillar. Hamshiralik ishida muloqot olib borish ko‘nikmalari: obyektni tushunish omillari, diqqat bilan eshita bilishning asosiy tamoillari.
|
2
|
N
|
1
|
5
|
Oila hamshirasining ish faoliyatini tashkil qilishni rejalashtirish
|
Oila hamshirasining ish faoliyatini tashkil qilishni rejalashtirish.
Oilaviy poliklinikalarda patronaj hamshirasining vazifalari. Davriy tibbiy ko‘riklarga aholini jalb qilish.Mahalla faollari va boshqa tashkilotlar bilan ishlash. Oilada o‘rta tabbiyot xodimlari shahslar aro maloqot ko‘nikmalarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish. Bemorlar guruxlarida uchraydigan o‘ziga xos xususiyatini xisobga olgan xolatda muloqot ko‘nikmalarini xosil qilish. Oilaning sanitariya xolati va oila a’zolarini tibbiy madaniyatini oshirish bo‘yicha olib boriladigan ishlar
|
6
|
NA
|
2
|
6
|
Stigma va diskriminasiyani bartaraf qilish
|
Stereotiplar, soxta tushunchalarva diskriminasiya.Soxta tushunchalar va diskriminasiyaningoqibatlari.Ko‘proq inklyuziyaga erishish uchun soxta tushunchalarni dekonstruksiya qilish.Oilalarga soxta tushunchalardan xoli tarzda yondashuv. Tasiyalar bilan ishlash.
|
2
|
N
|
2
|
7
|
Davolash profilaktika muassasalarining asosiy turlari va tibbiy hujjatlarni yuritish tartibi.
|
Davolash profilaktika muassasalari (DPM)ning asosiy turlari. Davolash profilaktika muassasalarida yuritiladigan asosiy hujjatlar. DPMning turli bo‘limlarida o‘rta tibbiy hodimlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari.
Davolash profilaktika muassasalarida yuritiladigan asosiy hujjatlarni yuritish.
|
2
|
NA
|
1
|
8
|
Tana biomexanikasi va bemorning xavfsizligini ta’minlash.
|
Tana biomexanikasi haqida tushuncha. Hamshiralik ishida tana biomexanikasining muhimligi. Tana biomexanikasini oila a’zolariga o‘rgatish.Jismoniy faollikning ahamiyati va yordam ko‘rsatish usullari.
Tana vaziyati haqida tushuncha. Faol, sust va majburiy holat. Tananing fiziologik to‘g‘ri holati haqida tushuncha. Asosiy (chalqancha, yonboshlab yotgan, o‘tirgan, turgan) va maxsus tana holatlari (Fauler, Sims va Trendelburg holatlari).
Tana xolatini o‘zgartirmaslik oqibatida yuzaga keladigan buzilishlar. Uy sharoitida bemorlarni to‘g‘ri parvarish qilish xususiyatlari. Bemor havfsizligi va qulayligining tamoyillari. Parvarishdagi havfsizlik tushunchasi. Bemor holatiga ko‘ra transportirovka usullari.
Patronaj hamshirasining parvarishga muhtoj bo‘lgan insonlarni uy sharoitida parvarishlash ko‘nikmalari. Uy sharoitida hamshiralik parvarishini to‘g‘ri amalga oshirishda patronaj xamshirasining maslaxatlari. Yurishda yordam ko‘rsatish. Nogironlar aravachasini va zambilli aravachalarni qo‘llashda yordam ko‘rsatish
|
6
|
NA
|
2
|
9
|
Bemorning shaxsiy gigiyenasi
|
Tozalikning fiziologik, psixologik va ijtimoiy ahamiyati. Terining tuzilishi va funksiyalari, tana tozaligining mohiyati. Teri tozaligini saqlash uchun butun tanani artish muolajasini bajarish. Teri tozaligini saqlash uchun tanani ma’lum bir qismlarini artish muolajasini o‘tkazish.
Yotoq yaralarning paydo bo‘lish sabablari va ularni oldini olish chora tadbirlari. Yotoq yaralarni baholash (Norton, Breyden va Vaterlou shkalasi bo‘yicha). O‘rin bosh oqliklarni tayyorlash. Bemorning xolatini inobatga olgan xolda oqliklar va ichki kiyimni almashtirish usullari.
Bemor xolatini inobatga olgan xolda gigiyenik muolajalarni tanlash va amalga oshirish.
Gigiyenik muolajalar o‘tkazishda patronaj hamshirasining roli. Patronaj hamshirasining parvarishga muhtoj insonlarda uy sharoitida gigiyenik muolajalarni olib borilishini oila a’zolariga o‘rgatish.
|
6
|
NA
|
2
|
10
|
Bemorlarni ovqatlantirishda hamshiralik parvarishi
|
Salomatlik va ovqatlanish. Rasional ovqatlanish haqida tushuncha. Oziqlanish va ovqatlanish tartibi. Ovqatni sezish (ko‘rinishi, hidi, ta’mi, harorati, tegib ko‘rish). Ishtaha, ta’m, ta’b.
Davolovchi shifobaxsh oziqa turlari haqida tushuncha.Ovqatlanishda ko‘rsatiladigan yordam. Og‘iz orqali ovqat iste’mol qilishning ahamiyati. Ovqatlanishdagi ehtiyoj. Bemor mustaqil ravishda ovqatlana olmaydigan vaziyatda ko‘rsatiladigan yordam. Bemorning xolatini inobatga olgan xolda me’da zondi, gastrastoma va parenteral ovqatlanishda yordam ko‘rsatish. Bemorga maxsus moslamalar yordamida (qoshiq va choynaksimon idish)ovqatni qabul qilishda yordam ko‘rsatish. Mustaqil ravishda ovqatlana olmaydigan bemorga yordam ko‘rsatish.
Bemorlarni ovqatlantirishda patronaj hamshirasining roli. Patronaj hamshirasining parvarishga muhtoj insonlarda uy sharoitida ovqatlantirish usullarini oila a’zolariga o‘rgatish.
Uy sharoitida rasional ovqatlanish bo‘yicha oilani fiziologik imkoniyatini o‘rganish va oila xamshirasining maslahatlari.
|
6
|
NA
|
2
|
11
|
Bemorlarni fiziologik chiqaruvlarda hamshiralik
parvarishi.
|
Fiziologik chiqaruvlarning fiziologik, psixologik va ijtimoiy ahamiyati. Siydik va axlat ajralish fiziologiyasi va mexanizmi. Fiziologik chiqaruvlarni baholash.
Fiziologik chiqaruvlarni amalga oshirish uchun sharoit yaratish va kerakli jihozlarni tayyorlash. Bemorga mos keladigan tuvak va siydikdonni qo‘llash, kerakli yordamni ko‘rsatish. Tagliklarni almashtirish. Bemor tagini yuvish.
Patronaj hamshirasining parvarishga muhtoj insonlarda uy sharoitida fiziologik chiqaruvlarini bajarish usullarini oila a’zolariga o‘rgatish.
|
6
|
NA
|
2
|
12
|
Bemorlarning funksional holatini baholash.
|
Salomatlik darajasini baholash haqida tushuncha. Salomatlik darajasini baholashga ta’sir etuvchi omillar.
Salomatlik darajasini baholashning tayanch ko‘nikmalari. Bemordan so‘rab – surishtirish (intervyu) orqali ma’lumot yig‘ish. Bemorni ko‘rikdan o‘tkazish orqali baholash.
Organizm ahvolini umumiy kuzatish maqsadi va zarurligi. Skrining(tezkor vaziyatda tekshirish).
Umumiy salomatlik darajasini baholash:tana tuzilishi, yurish; tozalik holati; bosh va bo‘yin sohasi; ko‘krak, qorin va orqa sohasi; qo‘l- oyoqlar; ruxiy holat; kundalik hayotidagi faollikning chegaralanishi.
Hayot uchun zarur bo‘lgan ko‘rsatkichlar xaqida tushuncha, ularni baholash uchun sharoit va kerakli jihozlarni tayyorlash, ularni aniqlash va baholash. Baholash varaqasi yordamida so‘rab-surishtirish. Atropometriya o‘tkazish. Bemorning boshdan-oyoq fizikal tekshiruvi.
Tana harorati o‘lchash joylari va isitma davrlarida bemor parvarishi, tomir urishi, nafas faoliyatini, qon bosimini o‘lchash, suv balansini aniqlash va baholash. Uy sharoitida tibbiy muolajalarni o‘tkazish uchun ko‘rsatmalar berish va parvarishni to‘g‘ri tashkil etish, maqsadi va ahamiyati.
|
2
|
NA
|
2
|
13
|
Hamshiralik jarayoni. Hamshiralik jarayonining o‘tkazish usullari
|
Hamshiralik jarayonining axamiyati va maqsadi. Hamshiralik jarayoni ta’rifi va bosqichlari. Hamshiralik jarayonini yuritishda tayanch prinsiplar. Muammoli masala asosida hamshiralik jarayonini o‘tkazish rejasini tuzish. Muammoli masalani muhokama qilish va yozuvlarni qayd qilish uslullari.
Muammoli masala asosida hamshiralik jarayonini yuritish: taxlil, parvarish bo‘yicha muammoni aniqlash. V.Xendersonning 14ta asosiy ehtiyojlariga asoslangan holda parvarish uchun zarur bo‘lgan kerakli ma’lumotni yig‘ish va ular asosida taxlil qilish. Bog‘liqlik tizimi asosida zarur ma’lumotlarni bir-biri bilan o‘zaro bog‘liqligini aniqlash.
|
4
|
NA
|
2
|
14
|
Infeksiya nazorati va infeksion xavfsizlik
|
Infeksiya haqida tushuncha.Infeksiyaning tarqalish yo‘llari. Kasalxona ichki infeksiyasi haqida tushunchalar. Infeksiyaga qarshi asosiy negizlar, «infeksiyadan saqlanish choralari standarti». Davolash va profilaktika muassasalarida sanitariya va epidemiyaga qarshi chora tadbirlar bo‘yicha amaldagi asosiy buyruqlar. Asosiy infeksion kasalliklar bo‘yicha epidemiyaga qarshi chora tadbirlar tartibi. Dezinfeksiya va sterilizasiya haqida tushuncha. Dezinfeksiyalovchi vositalar bilan ishlaganda texnika xavfsizligi. Shifoxona infeksiyaga qarshi o‘tkaziladigan chora tadbirlar: tibbiy qoldiqlarni nazorat qilish turlari va yo‘q qilish usullari. Sterilizasiyadan oldingi tozalash bosqichlarini o‘tkazish. Bemorlarning parvarish buyumlarini zararsizlantirish, infeksion kasallik bilan kasallangan bemorlarning parvarish buyumlarini zararsizlantirish. Aseptika qoidasiga rioya qilgan xolda steril ashyolar bilan ishlash. Bog‘lov ashyolarini tayyorlash.
Infeksiyaning kontakt yo‘llari orqali yuqishni oldini olish choralari. Infeksiya nuqtai nazaridan hamshiraning profilaktik chora tadbirlar bilan ishlash xususiyatlari. Infeksiya yuqishini oldini olish maqsadida hamshira salomatligini saqlash choralari.
Qo‘lni gigiyenik yuvish. Himoyalovchi kiyimni qo‘llash va xalat kiyish. Infeksion kasalliklarga qarshi sanitar chora tadbirlar o‘tkazish. OIV/OITSga, gepatitga, silga qarshi ko‘riladigan chora-tadbirlar. Texnika xavfsizlik qoidasiga rioya qilgan xolda dezinfeksiyalovchi vositalarni tayyorlash. Uy sharoitida dezinfeksiyalovchi vositalar to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha patronaj xamshirasining maslaxatlari .Uy sharoitida pedikulyozli bemorni sanitar tozalovidan o‘tkazishda o‘z xavfsizligini taminlash. Qaynatish yo‘li bilan dezinfeksiyalash, parvarish buyumlarini dezinfeksiya qilish, bemorlarning parvarish buyumlarini zararsizlantirish, infeksion kasallik bilan kasallangan bemorlarning parvarish buyumlarini zararsizlantirish. Tibbiy qoldiqlarni yo‘q qilish usullari.
|
4
|
NA
|
2
|
15
|
Me’da-ichak yo‘llari muammolarida bemorlarga hamshiralik parvarishi
|
Qusish turlari va sabablari. Qusayotgan bemorlarga yordam berish. Qusayotgan bemorlarga yordam berish uchun kerakli jihozlarn i tayyorlash va bemorga kulay sharoit yaratish. Qusayotgan bemorlarga yordam berish va hamshiralik parvarishi. Me’da-ichak yo‘llari buzilishlarida bemorni parvarishlash usullari.Me’dani yuvish va kerakli jihozlarni tayyorlash. Ishlatilgan jihozlarni zararsizlantirish va yo‘q qilish.
Xukna o‘tkazish maqsadi, turlari, xukna va gaz chiqaruvchi naychani qo‘llash uchun ko‘rsatma va moneliklar Huqna o‘tkazish uchun bemorga qulay sharoit yaratish va kerakli jihozlarni tayyorlash. Huqna va gaz chiqaruvchi naychani qo‘llash ko‘nikmalari va hamshiralik parvarishi.
|
6
|
NA
|
2
|
16
|
Sun’iy ovqatlantirishda bemorlarga hamshiralik parvarishi
|
Me’da-ichak yo‘llari buzilishlarida bemorni sun’iy ovqatlantirish usullari. Sun’iy ovqatlantirish uchun ko‘rsatma va moneliklar. Sun’iy ovqatlantirish muolajasini o‘tkazish uchun qulay sharoit va kerakli jihozlarni tayyorlash. Sun’iy ovqatlantirish muolajasini uy sharoitida o‘tkazish, bemorni kuzatish va parvarish qilish. Zond, gastrostoma, rektal va parenteral yo‘l orqali ovqatlantirish ko‘nikmalarini bajarish, gastrostoma, zond qo‘yilgan bemorlarni uy sharoitida parvarishlash.
|
4
|
A
|
2
|
17
|
Siydik ajralishi muammolarida bemorga xamshiralik parvarishi.
|
Siydik ajralish mexanizmi va siydik ajralishi funksiyasining buzilishi. Siydik ajralishi muammolarida bemorning siydik qopi doimiy kateterlangan, sistostoma qo‘yilgan bemorlarni uy sharoitida parvarishlash. Ayollar va erkaklarga uy sharoitida siydikdon tutish.
Siydik tuta olmaydigan bemorlarni parvarishlash va turli tagliklarni qo‘llash.
|
4
|
A
|
2
|
18
|
Dori moddalarini yuborishda bemorlarga hamshiralik parvarishi.
|
Dori moddalar bilan davolash haqida tushuncha. Dori moddalarini yuborishda hamshiraning va boshqa mutaxassislarning ma’suliyatlari va huquqlari. Dori moddalarini yuborish usullari. Dori moddalarini yuborish maqsadi, organizmga so‘rilish va chiqarilish mexanizmi, ko‘rsatma va monelliklari. Dori moddalarini organizmga so‘rilishi va chiqib ketishi. Dori moddalarini ta’siri natijasida yuzaga keladigan asosiy va nojo‘ya ta’sirlar. Dori moddalarini nazorat qilish usullari.
Bemorni muolajaga tayyorlash, dori moddalarini tarqatish. Peroral qabul qilinadigan dorilarni qo‘llashda ko‘rsatma va monelliklar, dori moddasini og‘iz orqali (peroral) yuborishni amalda qo‘llash.Tashqi usulda qo‘llaniladigan dori moddalarining qo‘llash maqsadi, turlari, ko‘rsatma va monelliklari. Inyeksiya o‘tkazish maqsadi, turlari, ko‘rsatma va monelliklari.Inyeksiya o‘tkazishda hamshiraning javobgarligi va roli. Dori moddalarini teri osti, teri orasi va mushak orasiga yuborish usullari, kelib chiqadigan asoratlar. Dori moddasini tomir ichiga oqim bilan va tomchilab yuborish usuli maqsadi, ko‘rsatma va moneliklari.Tomirdan kon olish maqsadi, usullari va yuzaga keladigan asoratlar.
Dori moddalarini yuborish uchun bemorga sharoit yaratish va kerakli jihozlarni tayyorlash. Yuzaga keladigan asoratlarni oldini olish va birinchi yordam ko‘rsatish.
Ishlatilgan ashyolarni zararsizlantirish va yo‘q qilish.
|
6
|
N A
|
4
|
16
|
Ingalyasiya va ajralmalarni so‘rib olishda bemorlarga hamshiralik parvarishi.
|
Ajralmalarni so‘rib tashlashning maqsadi, usullari, ko‘rsatma va monelliklari. Ajralmalarni so‘rish moslamasi. Ajralmalarni so‘rish usullari. Og‘iz va burun bo‘shlig‘idan ajralmalarni so‘rish. Traxeyadan ajralmalarni so‘rish. Doimiy ajralmalarni so‘rishda nazorat qilish. Balg‘am ko‘chishida yordam berish usullari.
Ingalyasiya o‘tkazish maqsadi, usullari, ko‘rsatma va monelliklari. Ingalyasiya o‘tkazish usullari. Uy sharoitida ingalyasiya qilish.
Ingalyasiya va ajralmalarni so‘rish uchun bemorga uyda qulay sharoit yaratish va kerakli jihozlarni tayyorlash. Og‘iz va burun bo‘shliqlaridan ajralmalarni so‘rib olishni o‘tkazish va muolajadan keyingi kuzatuvlarni o‘tkazish.
|
4
|
A
|
2
|
17
|
Soddalashtirilgan fizioterapiya usullari. Girudoterapiya, oksigenoterapiya.
|
Soddalashtirilgan fizioterapevtik muolajalarning maqsadi, turlari, ko‘rsatma va monelliklari. Soddalashtirilgan fizioterapevtik muolajalarning o‘tkazish usullari. Oksigenoterapiyani o‘tkazishga ko‘rsatmalar va monelliklar o‘tkazish uchun sharoit va kerakli jihozlarni tayyorlash va o‘tkazish. Girudoterapiyani o‘tkazishga ko‘rsatma va monelliklar.
Soddalashtirilgan fizioterapevtik muolajalarni o‘tkazishda bemorga uyda qulay sharoit yaratish va kerakli jihozlarni tayyorlash.
|
4
|
A
|
2
|
18
|
Laborator tekshiruvlarda bemorga hamshiralik parvarishi.
|
Laborator tekshiruvlarga taxlil uchun biologik suyuqliklar yig‘ishda patronaj hamshirasini roli. Uy sharoitida taxlil uchun biologik suyuqliklar yig‘ishni oila a’zolariga o‘rgatish.
Siydik taxlili usullari va yig‘ish maqsadi. Axlat taxlili usullari va yig‘ish maqsadi. Siydikni (umumiy taxlil uchun,Nechiporenko, Zimniskiy, Addis– Kakovskiy, Amburje usullarida) va axlatni (umumiy taxlil uchun, yashirin qon, gijja tuxumlarini aniqlash)uchun yig‘ish ko‘nikmalari va hamshiralik parvarishi.
Me’da va 12-barmoq ichak suyuqligini tekshirish usullari, ko‘rsatma va monelliklari. Surtma olish va balg‘am yig‘ish uchun sharoit va kerakli jihozlarni tayyorlash, maqsadi va ko‘rsatmalari.
Uy sharoitida kerakli taxlillarni to‘g‘ri yig‘ish, o‘z xavfsizligini taminlashda patronaj xamshirasining maslaxatlari.
|
6
|
NA
|
4
|
19
|
Terminal davrdagi bemorlarda hamshiralik parvarishining xususiyatlari
|
Terminal holat haqida tushuncha. Agonal oldi, agonal faza, klinik va biologik o‘lim haqida tushuncha. Terminal davrda bemorlarda hamshiralik parvarishining maqsadi. Terminal parvarishda hamshiraning tutgan o‘rni.Terminal davrning turli xil kasalliklardagi davomiyligi. Palliativ parvarish haqida tushuncha. Xospis parvarish haqida tushuncha.
Terminal davrdagi bemorlarni uy sharoitida parvarishlashda patronaj hamshirasining roli va vazifalari.
Terminal davrda bemorga nisbatan etika masalalari. Insonning asosiy huquqlari va qadr–qimmati. Terminal davrda bemorga haqiqatni ochish.
Bemorning ruxsatisiz davolash yoki umrni uzaytiruvchi muolajalarni davom ettirish. Terminal davrda bemorning og‘riq va azoblanishini yetarli darajada nazorat qilish imkonining yo‘qligi. Avvaldan malum qilinmasdan davolash va muolajalarni o‘tkazish. Terminal davrda bemorga nisbatan malumotlar maxfiyligini himoya qilish.
Total og‘riq konsepsiyasi: jismoniy, ruhiy, ma’naviy, ijtimoiy qayg‘urish. Bemorni boshqa sabablardan azoblanishi: umumiy xolsizlik, anoreksiya, nafas olishning qiyinlashuvi. Terminal davrda bemorlarning jismoniy azoblanishini bartaraf qilish va yengillashtirishda yordam ko‘rsatish. Doimiy og‘riqni bartaraf qilish va yengillashtirishga yo‘naltirilgan yordam ko‘rsatish. Boshqa belgilarni bartaraf qilish va yengillashtirishga yo‘naltirilgan yordam ko‘rsatish.
Yaqinlashayotgan o‘limni qabul qilishning ruhiy jarayoni va bemorni qo‘llab–quvvatlash. Yaqinlashayotgan o‘limni bemor tomonidan qabul qilinishining ruhiy jarayoni. O‘layotgan bemorlarni ruhan qo‘llab– quvvatlash.
Terminal davrda bemorlarni fizikal tekshirish: arterial bosimni o‘lchash, pulsni sanash, NOTni aniqlash.
Klinik va biologik o‘lim belgilari nafas yo‘llari obstruksiyasi sabablari.O‘limning mazmuni va konsepsiyasi. Inson uchun o‘lim. O‘limga aloqador bo‘lgan madaniyat. O‘lim belgilarini aniqlash (qorachiqlar kengayishi, qorachiqlarni yorug‘likka reaksiyasini tekshirish, qorachiqlarni xiralanishi, “mushuk ko‘zi” simptomi). Nafas yo‘llari obstruksiyasini va yurak to‘xtab qolganini aniqlash. Nafas yo‘llari obstruksiyasida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish. O‘pka-yurak reanimasiyasini va o‘pkning sun’iy ventilyasiyasini o‘tkazish. O‘YuRni o‘tkazishda samarali belgilarni aniqlash. Murda bilan ishlash qoidalari.
|
4
|
NA
|
4
|
|
|
Jami:
|
90
|
|
45
|