O‘quv dasturi (7-sinf) uqtirish xati


Download 32.06 Kb.
bet10/26
Sana08.01.2022
Hajmi32.06 Kb.
#252427
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26
Bog'liq
kimyo 7

Amaliy mashg‘ulot. Kimyo xonasidagi jihozlar hamda moddalar bilan ishlashda xavfsizlik qoidalari bilan tanishish. (1 soat, A1+:1 soat)

Maktab kimyo fan xonasida laboratoriya va amaliy ishlarni o‘tkazish uchun foydalaniladigan jihozlar, moddalar bilan ishlash qoidalari.



Amaliy mashg‘ulot. Laboratoriya shtativi, quruq yonilg‘i va elektr isitgich jihozlari, spirt lampasi bilan ishlash usullari, alanganing tuzilishini o‘rganish. (1 soat, A1+:1 soat)

Shtativining tuzilishi va undan foydalanish qoidalari, quruq yoqilg‘i-urotropin, spirt lampa, elektr isitgichlar bilan ishlash, ularni yoqish va o‘chirish usullari.



2-mavzu: Modda va uning xossalari. (1 soat, A1+:1 soat)

Tabiatda uchraydigan barcha jismlarni moddalardan tashkil topganligi, ularning bir-biridan farqlash, moddalarning xossalari.

Laboratoriya tajribasi. Fizik xossalari turlicha bo‘lgan moddalar - osh tuzi, suv, spirt, shakar, ichimlik sodasi, aluminiy, rux, temir, mis, oltingugurt, yod bilan tanishish.

3-mavzu: Atom-molekular ta’limot. Atom va molekulalarning mavjudligi. Kimyoviy element, kimyoviy belgi. (1 soat, A1+: 2 soat)

Atrofdagi borliq juda mayda bo‘linmas zarralar-atomlardan tashkil topganligi, molekulalarning harakati, kimyoviy elementlar va ularning belgisi.



4-mavzu: Atomlarning o‘lchami, nisbiy va absolyut massa. (1 soat, A1+: 2 soat)

Atomlarning o‘lchov birligi, absolyut va nisbiy atom massa.

5-mavzu: Kimyoviy modda-atom va molekulalar uyushmasi. Molekular va nomolekular tuzilishdagi moddalar. (1 soat, A1+: 2 soat)

Kimyoviy moddalar, kimyoviy birikmalar, atom va molekulalardan tashkil topgan. Suv, vodorod va kislorodning ayrim xossalari.

Moddalarning molekular va nomolekular tuzilishdagi moddalarga bo‘linishi.


Download 32.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling