O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
A1
kimyo bo‘yicha bilimlarni mustaqil ravishda oshirib borish.
A1+
kundalik faoliyatda kimyoviy hodisa, jarayonlar haqidagi bilimlarni to‘g‘ri qo‘llay olish.
A2
o‘qib-o‘rganganlari asosida, kundalik kuzatuvlar yordamida mustaqil ravishda o‘zini-o‘zi bilimini oshirish.
A2+
bilim va tajribalari asosida hayot davomidagi tajribasidan foydalangan holda kundalik turmushda uchraydigan muammolarni hal eta olish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
A1
atrof-muhitni muhofaza qilishni bilish.
A1+
tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni bilish.
A2
kimyoviy jarayonlar asosida yangi-yangi ishlab chiqarilayotgan kundalik turmush mahsulotlari haqida axborotga ega bo‘lish.
A2+
kundalik turmush mahsulotlaridan foydalanishda fuqarolik burchini bilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |