Oʻquv dasturi (naʼmunaviy va ishchi oʻquv dasturi)


Download 26.55 Kb.
Sana25.03.2023
Hajmi26.55 Kb.
#1294513
Bog'liq
(Professor oʻqituvchi ish hujjatlari.9)




Termizdavlatpedagogikainstitutimagistraturabo`limi 70110102-Pedagogika vapsixologiyamutaxassisligi 2-kurs magistranti Temirova Zilolaning Oliy taʼlim muassasasi professor oʻqituvchisining dars jarayonini tashkil etish boʻyicha meʼyoriy hujjatlari bilan tanishish toʻgʻrisida tayyorlagan


HISOBOTI

Men Temirova Zilola Hkmatovna o’quv yilining 3-semestri uchun mo’ljallangan oliytaʼlim muassasasi professor oʻqituvchisining dars jarayonini tashkil etish boʻyicha meʼyoriy hujjatlari bilan tanishishmaqsadidaPhD Eshmurodov Olmos ustoz yoniga tashrif buyurdim va dars jarayonini tashkil etishda foydalaniladigan meʼyoriy hujjatlari bilan tanishdim.Ustoz quyidagi hujjatlar haqida batafsil maʼlumot berib oʻtdilar va bu hujjatlar qay tarzda yuritilishini ham oʻrgatdilar.Bularga:


-Oʻquv dasturi (naʼmunaviy va ishchi oʻquv dasturi)
- Kalendar reja;
-Fan boʻyicha oʻquv uslubiy majmua kabilar kirar ekan.
Oʻquv dasturi taʼlim tizimidagi har bir oʻquv fanining mazmuni va oʻtilish tartibini, oʻquvchilar tomonidan oʻzlashtirilishi lozim boʻlgan bilim hamda koʻnikmalar hajmini belgilab beradigan rasmiy pedagogik hujjat ekan.Oʻquv dasturi oʻquv fani mazmunining qisqa bayoni, oʻquvchilarning bilim va koʻnikmalariga qoʻyiladigan talablar singari qismlardan iborat boʻlar ekan.O'quv dasturi alohida o'quv predmetlari bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalar mazmuni va hajmini, ularni o'rganish ketma-ketligini belgilaydi.Dastur fanning mohiyatidan kelib chiqqan holda hamda tarmoq standartlariga muvofiq ravishda shu fan talabalarda qanday bilim va ko'nikmalarni shakllantirilishi zarurligidan kelib chiqqan holda tayyorlanilishi kerakligi aytdib oʻtdilar.O'quv dasturi namunaviy va ishchi o'quv dasturidan iborat bo'lib, ishchi o'quv dasturi namunaviy dastur asosida tuzilar ekan.
Kalendar rejada har bir maʼruza yoki seminarning hajmi,soatlar kesimida ajratilgan vaqti va yuklama soatlar hajmi keltirilar ekan.Hozirda kalendar reja Hemis platformasiga yuklangan boʻlib shu platformada ham yuritilmoqda ekan.
Oʻquv uslubiy majmua har bir fan uchun alohida tayyorlanar ekan.Unda maʼruza matni,seminar va amaliy mashgʻulotlar mavzulari va oʻtkazilish sxemasi,mustaqil taʼlim mashgʻulotlarini oʻtkazilishi boʻyicha zaruriy koʻrsatmalar,glassariy vailovalarkeltirilarekan. Eshmurodov Olmos ustoz harbir oʻqituvchi oʻquv uslubiy majmua tayyorlayotgan jarayonda aniq va toʻgʻri boʻlgan bilimlarga tayanishi lozimligini alohida taʼkidlab oʻtdilar.
Yuqorida keltirib oʻtilgan hujjatlar bilan tanishdim va oʻrganilish natijalari toʻgʻrisida hisobot tayyorladim.

Kafedramudiri: Norbosheva M.




Magistrant: Temirova Z.
Download 26.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling