I.
O‘quv fanining maqsad va vazifalari
Fanning asosiy maqsadi - psixologiya tarixi metodini tushunish umumiy
psixologiya va sotsiologiya predmetini tushunishga bog„liqligini o„rganish. Psixologiya
tarixi predmetiga nisbatan mavjud nazariyalarni o„rganish.
Fanng vazifasi - psixologiya tarixi fani bo„yicha talabalar;
psixologiya fanlar tizimi tuzilishi, ularning rivojlanish istiqboli; psixologik
tadqiqotlarni tashkil etish, o„tkazish metodlari va uning vositalaridan foydalana olish
haqidagi bilimlarga ega bo‘lishi;
psixologiya nazariyasi va metodologiyasiga aloqador tizimlarni; psixologiya
nazariyasi va metodologiyasiga aloqador kategoriyalarni; psixologiya nazariyasi va
metodologiyasiga aloqador mexanizmlarni; psixologiya nazariyasi va metodologiyasiga
aloqador qonuniyatlar va ulardan foydalana olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
turli xil hayotiy vaziyatlarda shaxsni o„rganishda umumiy psixologiyaning har
xil usullarini qo„llash; psixologik, ijtimoiy-etnik va yosh-pedagogik tadqiqotlar
metodlarini qo„llash malakalariga ega bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |