O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni Dastur O’zbekiston


Download 16.66 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi16.66 Kb.
#266266
Bog'liq
Guruh


Guruh

Ism familya

610-18

Usmonova Ro’zigul

O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni Dastur O’zbekiston

Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 iyuldagi “O’zbeksiton Respublikasida

raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish to’g’risida” gi Qarori asosida ishlab chiqilgan.

“Raqamli iqtisodiyot asoslari” fani bakalavriatning barcha mutaxassisliklari

yo’nalishlarida ta’lim oladigan talabalar uchun raqamli iqtisodga kirish fani

hisoblanadi. Shu sababli, ushbu fanda talabalarga O’zbekiston Respublikasida

raqamli iqtisodni tarkib toptirish asoslari, undagi islohotlar va rivojlanish

yo’nalishlari, shuningdek, jahon mamlakatlaridagi raqamli iqtisod sohasida sodir

bo’layotga jarayonlar xususida dastlabki nazariy va uslubiy bilimlarni berish

muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur fan mutahassislik fanlarining nazariy va

uslubiy asosini tashkil qilib, o’z rivojida aniq yo’nalishdagi iqtisodiy fanlar uchun

zamin bo’lib hizmat qiladi. Hozirgi davrda davlat tomonidan raqamli iqtisoiyotning

rivojlanishi bo’yicha bir qancha muhim chora-tadbirlar amalga oshirilayapti, shu

jumladan:  Prezident qarorlari, Farmonlari, Vazirlar mahkamasining qarorlari va

mamlakatda raqamli iqtisodiyot rivojlanishiga bag’ishlangan bir qancha normativ-

huquqiy hujjatlar (bu hujjatlar ishchi dastur oxiridagi adabiyotlar ruyhatida batafsil

keltirilgan);  Raqamli iqtisodiyot asosidagi zamonaviy biznesning yangi modellari

va ilmiy hamda ijtimoiy saytlar tashkil qilishning asosi sifatida hizmat ko’rsatuvchi

raqamli iqtisodiyot infratuzilmasini rivojlantirish;  Raqamli iqtisodiyot tarmoqlari

orasidagi ma’lumot almashinishni mukammallashtirib, mavjud to’siqlarni bartaraf

etish;  Raqamli iqtisodiyot nazariyasi va amaliyotini puhta egallash bo’yicha axoli,

professor-o’qituvchilar va talabalarning malaka va ko’nikmalarni oshirish; 

Raqamli iqtisod sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash hamda

malakalarini oshirish;  Jamiyat va halq ommasida raqamli iqtisodiyotga ishonch

darajasini oshirish va uning havfsizligini ta’minlash; 4  Iqtisodiyotning raqamli

sektorini kriptovalyutalr, blokcheynlar va boshqa instrumentlardan foydalangan

holda rivojlantirish;  Blokcheyn texnologiyalarni iqtisodiyotning turli sohalarga

tadbiq qilish va oligan natijalarni boshqa sohalarga ko’chirich. O’zbekiston

iqtisodiyotida raqamli iqtisodiyot sektorini rivojlantirishning muhim ekanligini

uning boshqa bir qancha rivojlangan mamlakatlardagi holati ham yaqqol isbot

qilib turibdi. Raqamli iqtisodiyotning turli sohlarda tadbiq qilinishi tufayli katta

iqtisodiy samara olinayapti, qo’shimcha ishchi o’rinlar yaratilayapti hamda

iqtisodiyot sohalariga horijiy investitsiyalar jalb qilinayapti. Raqamli

texnologiyalarning rivojlanishi davlat sektorida juda katta ahamiyatga ega. Bunda

raqamli davlat hizmatlari ko’pincha sarf-harajatlarni kamaytirish, hizmat

ko’rsatishning samaradorligini oshirish, aholiga va biznes sub’ektlariga tezkor

hizmat ko’rsatishuchun muhim ahamiyatga ega bo’ladi. II. O’quv fanining maqsadi

va vazifasi Fanni o’qitishdan maqsad: “Raqamli iqtisodiyot asoslari” fani – bozor

iqtisodiyoti sharoitida murakkab iqtisodiy tizimlarni modellashtirish va turli-tuman

iqtisod-moliya-kredit sohalarida ushbu fan usullarini qo’llashni o’rgatadi. Fanning

vazifasi: “Raqamli iqtisodiyot asoslari” fanining asosiy masalalari murakkab

iqtisodiy tizimlarni raqamli usulda boshqarishni o’rganish, raqamli iqtisodiyotning

usul va vositalarini real iqtisodiyotda qo’llash, raqamli iqtisodiyotni qo’lash

natijasida yangi ish o’rinlari yaratish va aholi turmush darajasini oshirishga

erishish, kriptovalyutalarni, blokcheynlarni hamda sun’iy intellect tushunchalarini

iqtisodiyotni rivojlantirishga jalb qilish asosida zamonaviy raqamli information

texnologiyalarni murakkab iqtisodiy jarayonlarni samarali boshqarish uchun

qo’llash. Raqamli iqtisodiyot sohasida yuqori intellectual salohiyotga (kompetent,

kreativ va kritik hamda tanqidiy fikrlay oladigan) ega bo’lgan yuqori malakali

kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash hamda jahon rivojlangan mamlakatlaridagi

ilg’or tajribalarni ijobiy ravisda o’zlashtirish iqtisodiyotning turli sohalariga, shu

jumladan, moliya, bank, sug’urta, buxgalteriya, transport, energetika, ta’lim,

sog’liqni saqlash va boshqalar sohalarga 5 katta hal qiluvchi ta’sir ko’rsatishi

mumkin. Dasturda zamonaviy raqamli iqtisodiyot haqida fundamental

tushunchalar beriladi va buning asosida moliyabank tizimlarini raqamli iqtisod

yo’nalishida reformatsiya qilish kontseptsiyasi yoritiladi, kriptografiya,

kriptoanaliz, kriptovalyutalar va blokcheynlar hamda raqamli iqtisodiyotning

boshqa bir qancha turli tushunchalari haqida qiziqarli va foydali ma’lumotlar

beriladi. Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga quyidagi

talablar qo’yiladi. Talaba:  Raqamli iqtisodiyot tushunchasi va asoslari, uning

information manba’lari, tamolillari va omillari, g’oyalari va ijtimoiy

kontseptsiyalari haqida tasavvurga ega bo’lishi;  Raqamli iqtisodiyotning asosida

yotgan asosiy g’oyalar va uning siyosatini tushunishi;  Raqamli iqtisodiyotning

O’zbekiston Respublikasidagi asosiy yo’nalishlarini bilishi va ularni qo’llay olishi; 

Talaba raqamli iqtisodiyotni amaliyotda qo’llash bo’yicha ko’nikmalarga ega



bo’lishi kerak.
Download 16.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling