1. Joriy aktivlar iqtisodiy kategoriya sifatida va uning tarkibi


Download 211.31 Kb.
bet1/14
Sana20.03.2023
Hajmi211.31 Kb.
#1284868
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
uzoq muddatli aktivlar11





MUNDARIJA

Kirish 3
1.Joriy aktivlar iqtisodiy kategoriya sifatida va uning tarkibi. 5
2.Joriy aktivlar tahlilining maqsadi va vazifalari. 15
3.Korxonaning joriy aktivlari va ularni boshqarish 20
4.Joriy aktivlarning tarkibi va uni takomillashtirish yo'llari 31
5.Joriy aktivlarning buxgalteriya hisobida aks ettirilishi 42
Xulosa va takliflar 49
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 51
I.O’zbekiston Respublikasining Qonunlari, Prezident Farmonlari va Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari 51

Kirish


Mavzuning dolzarbligi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev ta’kidlaganlaridek “Islohotlarning qay darajada samara berayotganini ko’rsatadigan maqsadli dasturlarni amalga oshirish natijadorligi. Bular qatorida sanoat va boshqa tarmoqlarni rivojlantirishning quyidagi iqtisodiy va moliyaviy ko’rsatkichlarini keltirish mumkin: ishlab chiqarish quvvatlarining ahvoli, xarajatlarni va tannarxni pasaytirish, mahalliylashtirish va rentabellik darajasini, mahsulot raqobatdoshligini so’zsiz oshirish. Tarmoqlar bo’yicha tannarx o’rtacha 10 foizga qisqartirilgan bo’lsa-da, kimyo va yengil sanoat, avtomobilsozlik, qurilish materiallari va boshqa bir qator tarmoqlarning ayrim mahsulotlari qimmatligi sababli tashqi bozorlarda raqobatdosh bo’la olmayapti. Ayrim korxonalar zarar bilan ishlamoqda.”1 deb ta’kidlaganlar. Shuningdek, 2017 yil 7 fevralda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning PF-4947 sonli farmoni bilan2 2017-2021 yillarda O’zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasi tasdiqlandi. Ushbu xarakat strategiyaning uchinchi ustivor yo’nalishi “Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo’nalishlari”da: tarkibiy o’zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizasiya va diversifikasiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish bandida respublikamizda kelgusida milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta’minlash, uning tarkibida sanoat, xizmat ko’rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini ko’paytirishning ustuvor vazifalari belgilab berildi. Shu sababli, iqtisodiyotni yanada rivojlantirish sharoitida ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, mahsulot ishlab chiqarishda tejamkorlik tizimini joriy etish, investisiyalarning samaradorligini ta’minlash, korxonalarning raqobat mavqeini mustahkamlash va mahsulotning raqobatdoshligini oshirish, asosiy vositalarni yangilash va ulardan
1 Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. –T. : O’zbekiston. 2017.
2 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida” gi PF-4947-sonli Farmoni. “Halq so’zi gazetasi”. 2017 yil 8 fevral’..
samarali foydalanish, texnologik qayta jihozlash, ishlab chiqarishda samaradorlikni ta’minlash va boshqa vazifalarni amalga oshirishga tobora ko’proq ehtiyoj sezilayotganligi ma’lum bo’lmoqda.

Download 211.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling