Kirish. Lipidlar
Download 51.27 Kb.
|
faol modda 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kirish . Lipidlar
Reja: Kirish: Asosiy qism: 1. Lipidlar va ularning odam organizmidagi vazifalari. 2. Tarkibida lipid tutuvchi o’simliklar va ularning sanoatda qo`llanishi 3. Tarkibida lipid bo`lgan zira o`simligi va uning sanoat va tibbiyotda qo`llanilishi 4. Xulosa 5. Adabiyotlar Kirish . Lipidlar (yunoncha:lipos — yogʻ) — barcha tirik hujayralar tarkibida boʻladigan yogʻsimon m nooddalar. Tirik organizm hayot faoliyatida lipidlar muhim ahamiyatga ega. Lipidlar biologik membrananing asosiy komponentlaridan biri boʻlib, hujayralarning oʻtkazuvchanligiga, koʻpgina fermentlarning faolligiga taʼsir koʻrsatadi, nerv impulsini uzatishda, muskullar qisqarishida, hujjatlararo kontaktlarni yuzaga keltirishda va immunokimeviy jarayenlarda qatnashadi. Lipidlarning yana bir funksiyasi energiya manbasi, hayvon va oʻsimliklarda suv qochiruvchi himoya va termoizolyasiya qoplamasi hosil qilish, shuningdek, turli organlarni mexanik taʼsirlardan saqlashdan iborat. Koʻpchilik lipidlar yuqori yogʻ kislotalari, spirtlar yoki aldegidlarning hosilalaridir. Kimyoviy tarkibiga koʻra, Lipidlar bir necha sinfga boʻlinadi. Oddiy Lipidlar yogʻ kislotalari (yoki aldegidlar) va spirtlar qoldigʻidan tarkib topgan moddalardan iborat. Bularga yegʻlar (triglitseridlar va boshqa tabiiy glitseridlar), mum (yogʻ kislotalari va yogʻ spirtlari efirlari) va diol Lipidlar (yogʻ kislotalari va etilenglikol yoki b. Ikki atomli spirtlar efirlari) kiradi. Murakkab Lipidlar ortofosfat kislota hosilalari (fosfolipidlar) hamda qand qoldiqlari (glikolipidlar)dan tarkib toptan moddalardan iborat. Murakkab Lipidlar molekulalarida koʻp atomli spirtlar — glitserin (glitserin-fosfatidlar) yoki sfingozin (sfingolipidlar) ham boʻladi. Koʻpchilik Lipidlar sirt faol moddalar hisoblanadi. Lipidlar organizmda lipazalar taʼsirida fermentativ gidrolizga uchraydi. Bu jarayonda ajralib chiqayotgan yogʻ kislotalar (adenozintrifosfat kislotalar — ATF) va koferment A bilan taʼsirlashib faollashadi, soʻngra oksidlanadi. Koʻpchilik Lipidlar hujayralarda oqsillar bilan kompleks murakkab moddalar (lipoproteidlar) holida boʻladi. Lipidlar ekstraksiya usuli bilan olinadi. Oziq-ovqat sifatida, tibbiyotda kasallarni davolashda xdmda turli sanoat tarmoqlarida ishlatiladi O’simlik moylari o’simliklarning to’qimalarida keng tarqalgan. Lipidlar o’simlik hujayralarining asosiy moddalaridan bo’lib, ayrimlarida ular juda ko’p to’planadi (lokalizatsiyalanadi). Ular asosan o’simliklar urug’larida to’planib, ayrimlarida 50-70% gacha bo’lishi mumkin. Yog’larni juda ko’p miqdorda to’playdigan o’simliklar guruhi moyli o’simliklar deb nom olgan va ular sanoat ahamiyatiga ega bo’ladi. Download 51.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling