Oʻquv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy tа’limdagi oʻrni
Download 448.24 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oʻquv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy tа’limdagi oʻrni
- I. Oʻquv fanining maqsad va vazifalari
- 2-mavzu. Ijtimoiy-psixologik qarashlarning rivojlanish tarixi
- 4-mavzu. Ijtimoiy psixologiya oʻrganadigan asosiy masalalar
- 6-mavzu. Kichik guruhlar psixologiyasi
- 7-mavzu. Ijtimoiy psixologiya va shaxs
- 8-mavzu. Ijtimoiy psixologiya va xavfsizlik
- 9-mavzu. Ijtimoiy psixologiyaning amaliy-tadbiqiy sohalari. Ijtimoiy psixologik xizmat .
- 11-mavzu. Etnopsixologik tadqiqotlarning Gʻarb va Sharqda oʻrganilishi
- 12-mavzu. Etnopsixologiyaning metodlari
- 13-mavzu. Etnopsixologik xususiyatlarning shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar
- 15-mavzu. Milliy urf-odat, anʻanalar va ularning ijtimoiy-psixologik funksiyalari
- 16-mavzu. Milliy tuygʻular va tа’b (did)lar
- 17-mavzu. Milliy ong va milliy oʻzlikni anglash. Etnik attityud va steriotip
- 18-mavzu. Etnopsixologik xususiyatlarni madaniyatda namoyon boʻlishi va ommaviy madaniyatning millatga koʻrsatadigan tа’siri
- III. Seminar mashgʻulotlarni tashkil etish boʻyicha uslubiy koʻrsatmalar
- IV. Mustaqil tа’lim va mustaqil ishlar
2
3
Davrimiz insonni mustaqil fikrli shaxs sifatida har bir soniyada oʻylashga, fikrlashga, mulohaza yuritib, oʻzi uchun xulosalar chiqarishga majbur etmoqda. Ya’ni, bu cheksiz olamda biz oʻzimizni oʻzgalarsiz, oʻz manfaatlarimizni oʻzgalar manfaatisiz tasavvur qila olmaganimiz uchun ham sotsial psixologiyani bilishga majburmiz. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, “Sotsial psixologiya” fani shaxs va jamiyat munosabatlari qonuniyatlarini oʻrganishga bagʻishlangandir. “Sotsial psixologiya” fani shaxs taraqqiyoti uchun muhim boʻlgan omil va jihatlar, jumladan, undagi fikrlash jarayonlari, insondagi fikrning mustaqilligi, tashqi ijtimoiy muhitga kirishib ketishi, jamiyat normalari va ijtimoiy rollarni oʻzlashtirishi, guruhda oʻzini tutishi, professional yuksalishiga turtki boʻluvchi muhim omillar, ya’ni, ma’naviyati, mafkurasi, axborot xavfsizligi, turli ijtimoiy guruhlardagi maqomi, shaxslararo munosabatlar va nizolar kabi qator masalalarni oʻrganadi. “Sotsial psixologiya” fani umumkasbiy fan hisoblanib, 6-semestrda oʻqitiladi. Rejalashtirilgan gumanitar va
tabiiy-ilmiy (sportda axborot kommunikasion texnologiyalari), umumkasbiy rejalashtirilgan gumanitar va tabiiy-ilmiy (informatika va axborot texnologiyalari, biomexanika, anatomiya va fiziologiya, sport tibbiyoti va reabilitasiyasi), umumkasbiy (umumiy psixologiya, mehnat psixologiyasi, social psixologiya, jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti) va ixtisoslik fanlar (sport psixodiagnostikasi va psixokorreksiya, sport psixologiyasi) va tanlov fanlaridan olingan bilim va koʻnikmalarni toʻldirishga yordam beradi.
munosabatlariga oid psixologik qonuniyatlarni, jamiyatda roʻy berayotgan oʻzgarishlarning shaxs ijtimoiy xulqiga ta’sir koʻrsatishini tushuntiruvchi mexanizmlar toʻgʻrisida bilim berishdir.
oshiriladigan masalalar doirasida talaba: katta va kichik guruhlar ijtimoiy psixologiyasi; shaxsning jamiyatda ijtimoiylashuvi jarayoni; etnopsixologik xususiyatlarning shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar hamda milliy urf-odat, an’analar va ularning ijtimoiy-psixologik funksiyalari haqidagi bilimlarga ega boʻlishi; shaxs va jamiyat oʻzaro munosabatining turli qirralarini; zamonaviy ijtimoiy psixologiya va etnopsixologiyaning tadqiqot metodlarini; milliy tuygʻular, etnik attityud va steriotipni, ijtimoiy-psixologik xizmat
koʻrsatishning yoʻnalishlarini, ommaviy madaniyatning millatga koʻrsatadigan ta’sirini bilishi va ulardan foydalana olishi koʻnikmalariga ega boʻlishi; 4 nazariy-metodologik jihatdan oʻzlashtirgan bilimlarini amaliyotga joriy etish; psixologiyasi qonuniyatlarini bilgan tarzda ijtimoiy-psixologik treninglar oʻtkaza olish; tadqiqotlarda olingan natijalarni ilmiy asoslab tahlil qila olish; sportchilarda liderga xos sifatlarni tarbiyalash malakalariga ega boʻlishi kerak. II. Asosiy nazariy qism (mа’ruza mashgʻulotlari) 1-modul. IJTIMOIY PSIXOLOGIYA 1-mavzu. Ijtimoiy psixologiya fan sifatida Ijtimoiy psixologiya – odamlarning jamiyatda hamkorlikdagi ish faoliyatlari jarayoni davomida ularda hosil boʻladigan tasavvurlar, fikrlar, e’tiqodlar, gʻoyalar, his-tuygʻular, kechinmalar, turli xulq-atvor shakllarini tushuntirib beruvchi fan ekanligi. Ijtimoiy psixologiya shaxs va jamiyat munosabatlarini takomillashtirishga xizmat qiluvchi fan sohasi sifatida. Uning asosiy vazifalari va oʻrganish obektlari. Fan predmetini aniqlashga bagʻishlangan turlicha qarashlar bayoni. Psixologiya va sosiologiya – ijtimoiy psixologiya predmetini aniqlashga imkon bergan asosiy fan tarmoqlari sifatida.
Ijtimoiy psixologiya fan sifatida navqiron, lekin ijtimoiy-psixologik tafakkurning mavjudligi nuqtai nazaridan oʻta qadimiy fan ekanligi. Eramizdan avvalgi faylasuflar – Platon, Aristotel va ularning izdoshlari talqinida ijtimoiy-psixologik muammolarning hal qilinishi. Yangi davr va ijtimoiy-psixologik jarayonlarning sanoat va migrasiya rivojlanishi munosabati bilan oʻzgarishi, qator fanlar – tilshunoslik, antropologiya, etnografiya, sosiologiya, umumiy psixologiya, patopsixologiya kabilarning ijtimoiy psixologiya predmeti shakllanishiga ta’siri. Ijtimoiy-psixologik fikrlar takomillashuvining uch nazariy manbasi – xalqlar psixologiyasi, omma psixologiyasi, ijtimoiy xulqning instiktlari nazariyasi. Ijtimoiy psixologiya rivojlanishining eksperimental bosqichi: Amerika hamda Yevropa
mamlakatlarida oʻtkazilgan dastlabki ijtimoiy-psixologik sinovlar va eksperimentlar. Salomon Ash va boshqalarning eksperimental tadqiqotlari. Jahonni lol qoldirgan 100 eksperiment haqida. Ijtimoiy psixologiyaning Rossiyada va sobiq ittifoq davlatlarida rivojlanishi. B.Parigin, G.Andreyeva, R.Krichevskiy, Umanskiy va boshqalarning tadqiqotlari. Oʻzbekistonda oʻtkazilgan asosiy ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar va ularning istiqbolni belgilashdagi ahamiyati. Shaxslararo munosabatlar va etnopsixologik tadqiqotlarning yoʻnalishlari. Oʻzbekistonda gender tadqiqotlarning istiqboli.
Ijtimoiy psixologiyada qoʻllaniladigan metodlarning oʻzga
psixologiya 5 yoʻnalishlaridan farqi. Shaxsni guruh sharoitida va guruhlararo munosabatlar tizimida oʻrganish ijtimoiy psixologiyaning asosiy maqsadi ekanligi. Ijtimoiy psixologiyada kuzatuv: ichki va tashqi kuzatuv, faoliyat bilan qoʻshilgan holda kuzatuv; ijtimoiy- psixologik eksperiment, kontent-analiz, proyektiv metodikalarning oʻziga xosligi. Ijtimoiy- psixologik trening toʻgʻrisida tushuncha.
Muloqot va shaxslararo munosabatlar psixologiyasi. Jamiyat hayotida muloqotning tutgan oʻrni. Muloqotning ijtimoiy mohiyati. Muloqot va muomala – shaxsning alohida ijtimoiy-psixologik sifatlarini belgilovchi fenomen sifatida. Muloqotning funksiyalari, bosqichlari va turlari. Muloqotning ijtimoiy-psixologik ahamiyati. Muloqotning tizimi. Muloqotning kommunikativ tomoni. G.M.Andreyeva asarlarida muloqotning ijtimoiy-psixologik tizimiga oid qarashlar. Muloqot shaxslararo axborotlar almashinuvi, kommunikasiya sifatida. Verbal va noverbal muloqot toʻgʻrisida tushuncha, ularning psixologik mexanizmlari va muloqotda kommunikativ samaradorlik masalasi. Muloqot – interaktiv hamkorlik sifatida. Interaktiv muloqotning ijtimoiy-psixologik va tarbiyaviy mohiyati. Shaxsning turli ijtimoiy rollarni bajarishi jaaryonida oʻziga oʻxshash shaxslarga ta’sir koʻrsata olishini ta’minlovchi mexanizmlar. Pedagogik avtoritet, obro – shaxslararo oʻzaro ta’sirda samarali mexanizm yekanligi. Muloqot – shaxslararo bir-birini idrok qilish yekanligi. Muloqot va persepsiya muammosi. Ijtimoiy persepsiyaning psixologik mexanizmlari – identifikasiya, refleksiya va stereotipizasiya fenomenlari. Muloqotdagi stereotiplar va kauzal atribusiya tushunchalari. A.A.Bodalev eksperimentlarining mohiyati va ularni amaliyotda qoʻllash imkoniyatlari. Empatiya – oʻzgalarning his-kechinmalarini tushunish qobiliyati ekanligi. Shaxslararo oʻzaro idrok va oʻzaro tushunishning samardorligi muammosi. Nizolar va ularning kelib chiqishi. Nizolarni bartaraf etish usullari. Shaxslararo oʻzaro muloqotda ziddiyatlarning ham paydo boʻlishi ‘htimoli: konstruktiv va destruktiv nizolar haqida tushuncha. Nizolarning shaxslararo muloqot jarayonida va ishlab chiqarish, ta’lim-tarbiya jarayonlarida kelib chiqishi shart-sharoitlari. Mehnat yoki sport jamoasida paydo boʻldaigan nizolarning bosqichlari, ularni oʻz vaqtida bartaraf etish imkoniyatlari va usullari.
Ijtimoiy psixologiya uchun guruh – asosiy oʻrganish obektlaridan biri ekanligi. Guruhlar klassifikasiyasi: katta va kichik guruhlar. Katta guruhlarning ijtimoiy mohiyati, funksiyalari va toifalanishi. Katta guruhlarning tasnifiy belgilari. Katta guruhlarda tadqiqotlar oʻtkazilishining metodologik tamoyillari.
6 Kichik guruhlardagi ijtimoiy-psixologik fenomenlar toʻgʻrisida. Kichik guruhlarga oid qonuniyatlar, ularning klassifikasiyasi: rasmiy va norasmiy guruhlar, birlamchi va ikkilamchi guruhlar. Referent guruh tushunchasi. Kichik guruhlarda sodir boʻladigan dinamik jarayonlar: guruhning hajmi, uyushqoqligi, konformlilik, liderlik.
Ijtimoiy psixologiyada shaxs muammosi. Shaxsning ijtimoiy-psixologik tipologiyasi. Shaxsni oʻrganishning ijtimoiy psixologiya uchun oʻziga xosligi. Muloqot jarayonida namoyon boʻladigan shaxs fazilatlari. Shaxsning ijtimoiy psixologiyasida oʻrganiladigan fenomenlari: shaxs sotsializasiyasi; shaxsning ijtimoiy ustanovkalari va muloqatmandlilik sifatlari. Ekstrovert va introvert tiplar; ambivert va rigid tiplar; dominant va tobe tiplar. Shaxsning ijtimoiylashuvi. Shaxsning ijtimoiy ustanovkalari. Shaxsning ijtimoiylashuvi. Oilaviy ijtimoiylashuv va uning muhim jihatlari. Ijtimoiylashuv sohalari, bosqichlari va manbalari. Shaxsning ijtimoiy ustanovkalari: set va attitude shaxs ustanovkalarining oʻziga xos bosqichi va koʻrinishi yekanligi. Ijtimoiy ustanovkaning tizimi, funksiyalari va uning shaxs dispozisiyalari (V.Yadov) bilan aloqasi. Ijtimoiy ustanovkalarni oʻzgartirish muammosi.
Ijtimoiy psixologiya va xavfsizlik: mohiyati, shaxsni ijtimoiy-psixologik himoya qilish muammolari. Ijtimoiy psixologiyada xavfsizlik muammosining qoʻyilishi: mohiyati, shaxsni ijtimoiy-psixologik himoya qilish muammolari. Axborot xavfsizligi va uning kelib chiqish shartlari. Xavfsizlik turlari. Informasion-psixologik xavfsizlik. Shaxsni oʻzini oʻzi himoya qilish vositalari. Turli axborot-psixologik xavfli vaziyatlarda shaxsning ijtimoiy xulqi.
Ijtimoiy psixologik xizmat. Ijtimoiy psixologiyaning amaliy-tadbiqiy sohalari: sanoat, ishlab chiqarish, maktab va ta’lim muassasalari, OAV, oila. Ijtimoiy-psixologik xizmat va amaliyotchining vazifalari. Oʻzbekistonda ijtimoiy-psixologik xizmat samaradorligini oshirish muammolari. 2-modul. ETNOPSIXOLOGIYA 10-mavzu. Etnopsixologiya fanining predmeti va vazifalari Etnos tushunchasining mohiyati. Etnos – tarixiy tarkib topgan, umumiy nisbatan barqaror ruhiyat va madaniyatga ega kishilar birligi sifatida. Etnopsixologiyaning predmeti va obyekti. Etnopsixologiyani oʻrganishning dolzarbligi hamda ilmiy-amaliy ahamiyati. Etnopsixologik xususiyatlarni oʻrganishdagi murakkabliklar. Etnopsixologiyaning vazifalari. Hozirgi davrda etnopsixologiyani oʻrganishning 7 amaliy ahamiyati. 11-mavzu. Etnopsixologik tadqiqotlarning Gʻarb va Sharqda oʻrganilishi Yunonistonda turli halqlarga xos boʻlgan etnopsixologik xususiyatlarni oʻrganishga boʻlgan qiziqishlarning vujudga kelishi. Gippokratning “Suv, havo va quruqlik” degan asarida bayon qilgan fikrlari mohiyati. Psixologik xususiyatlarning vujudga kelishida tabiiy- geografik muhitning roli. Gerodatning “Tarix” kitobida xalqlarga xos psixologik xususiyatlarni vujudga kelishida hayot tarzi va muhitning roli toʻgʻrisidagi fikrlari mazmuni. Skiflarning xarakterilanishi. Pifagor nazariyasi. Aristotel qarashlar. Gegelning “Mutlaq ruh” nazariyasi va uning mohiyati. Sh.Monteskening “geografik determinipm” nazariyasi. Mutafakkir Forobiyning etnopsixologiya faniga qoʻshgan hissasi. Abu Rayhon Beruniyning fanga qoʻshgan hissasi.
Etnopsixologik tadqiqotlarning oʻziga xosligi va ularga qoʻyiladigan metodologik talablar. G.U. Ksoyeva taklif etgan toʻrt guruh metodlar:shkalali oʻlchov, kuzatish va soʻroq, proyektiv metodlar va shaxsning alohida sifatlarini aniqlashga qaratilgan testlar. Etnopsixologik muhitning oʻziga xosligini inobatga olib tuziladigan ijtimoiy-psixologik soʻrovnomalar.
Etnopsixologiyaning koʻp qirraligi, tabiiy sharoitlar, iqtisodiy xususiyatlar, siyosiy va gʻoyaviy ustqurtmalarning ta’siri. Xalq hayotida boʻlib oʻtgan muhim tarixiy voqyealarning psixologiyada aks etishi. Oʻzbek xalqiga xos ayrim psixologik xususiyatlar va ularning shakllanish sabablari. Faoliyat turi va shaklidagi farqlar va oliy ruhiy funksiyalar tizimidagi tafovutlar. Biofiziologik moslanish va antrapologik xususiyatlar. Turar joy va kiyim-kechaklar. Tabiiy sharoitlarga asrlar davomida moslashish natijasi. Tabiiy muhit va mehnat faoliyati. Bilish jarayonlarining ijtimoiy-iqtisodiy omillarga bogʻliqligi. Sinfiy psixologiyaning vujudga kelishi. Milliy va sinfiy psixologiyaning oʻzaro ularning etnik psixologiyadagi nisbati. 14-mavzu. Milliy xarakter muammosi Milliy xarakter murakkab ijtimoiy hodisa. Milliy xarakter va xalq tarixi. Tarixiy davr va xarakter tipi. Milliy xarakterning tashkil etuvchi komponentlar. Xarakterining intelektual va irodaviy xususiyatlari. Ijtimoiy tuzumning oʻzgarishi va milliy xarakterdagi oʻzgarishlar. Milliy xarakterdagi turgʻun xususiyatlar. Milliy va umuminsoniy xarakter xislatlari. Oʻzbek xalqining xarakter xususiyatlari va ularning shakllanish tarixi. 8
15-mavzu. Milliy urf-odat, anʻanalar va ularning ijtimoiy-psixologik funksiyalari Urf-odat va an’analarda xalqning ijtimoiy ehtiyojlari, manfaatlari va amaliy tajribalarining aks etishi. Shaxs shakllanishida milliy urf-odat va an’analarning roli. Milliy urf-odat va an’analar ijtimoiy tajribalar va axloqiy xulq-atvor normalar vorisligi sifatida. Tabu (qatagʻon) va tadqiqotlarning ijtimoiy funksiyalari. Urf-odat va an’analarning regulyativ vazifalari. Urf-odat va “an’ana” tushunchalari. Ushbu tushunchalardagi umumiylik va farqlar. Oʻzbek urf-odat an’analari. Ilgʻor va eski urf-odatlar. Davr va ijtimoiy tizimlardagi oʻzgarishlar va yangi urf-odat va an’analarning vujudga kelishi. Qoʻshni xalqlarning milliy urf-odatlarini vujudga kelishidagi roli.
Milliy tuygʻular insonning voqyelikdagi barcha narsa-hodisalar va jarayonlarga, ona tabiat va zaminga, tarix va ma’naviy merosga boʻlgan munosabati sifatida. Milliy tuygʻularga xos xususiyatlar. Vatanga va ona tiliga boʻlgan munosabat – milliy tuygʻular namoyon boʻlishning oliy shakli sifatida. Milliy tuygʻularning millat jipslashuvi va mustaqil davlat tuzilishidagi roli. Milliy ta’b (did) shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar. Iste’mol qilinadigan oziq- ovqatlarga nisbatan oʻziga xos streotiplarning vujudga kelishi.
Etnik attityud va steriotip Milliy ong bu oʻzining muayyan millatga (etnik birlikka) mansubligini anglash shakli sifatida. Milliy ongning shakllanishi. Milliy ongning madaniyatni turli shakllariga koʻrsatadigan ta’siri. Milliy oʻzlikni anglash. Milliy ongning tuzilmasiga kiruvchi unsurlar. Milliy oʻzlikni anglashning ta’rifi. Ularning subyektivlik xususiyatlari va funksiyalari. Etnik attityud va uning ijtimoiy mohiyati. Etnik streotip etnik birlikning timsoli sifatida. Millatlararo munosabatlar xarakterining steriotiplar shakllanishiga ta’siri. Streotiplashtirish – idrok etishning rasional shakli sifatida. Streotiplantirishning vazifalari. Vazifalarni psixologik, ijtimoiy-psixologik va sotsial qismlarga boʻlinishi.
Etnopsixologik xususiyatlarni tadqiq
etishdagi muammolar. Etnopsixologik xususiyatlarni madaniyatda obyektiv namoyon boʻlishi. Milliy madaniyat xususiyatlari va etnik psixologiya oʻrtasidagi bogʻliqlik. Milliy xarakter va tipik badiiy qahramon. Etnik
9 xususiyatlarni oʻrganishda xalq ogʻzaki ijodi-afsonalar, rivoyatlar, maqol va matallarning roli. Borliqni idrok qilishning mahalliy til xususiyatlariga bogʻliqligi. Milliy xarakter, temperament, manfaatlar va kayfiyatlarni milliy san’at turlari – raqsda, musiqada, rang- tasvir va me’morchilikda muhrlanishi va namoyon boʻlishi. Ommaviy madaniyatning millatning shakllanishiga koʻrsatadigan ta’siri. Ta’sirlarning ahamiyati va ziyoni.
Seminar mashgʻulotlarda talabalar sotsial psixologiyani fan sifatida ekanligini, ijtimoiy-psixologik qarashlarning rivojlanish tarixini, sotsial psixologiyaning metodlarini, sotsial psixologiya oʻrganadigan asosiy masalalarni, katta guruhlar psixologiyasini, kichik guruhlar psixologiyasini, ijtimoiy psixologiyada shaxs muamosini, ijtimoiy psixologiyada xavfsizlik masalasini, ijtimoiy psixologiyaning amaliy-tadbiqiy sohalarini hamda ijtimoiy- psixologik xizmat, milliy tuygʻu, milliy temperamentni oʻrganadilar. Seminar mashgʻulot mavzulari: 1-modul, Ijtimoiy psixologiya qismi boʻyicha: 1.
Ijtimoiy psixologiya fan sifatida. 2.
Ijtimoiy-psixologik qarashlarning rivojlanish tarixi. 3.
Ijtimoiy psixologiyaning metodlari. 4.
Ijtimoiy psixologiya oʻrganadigan asosiy masalalar. 5.
Katta guruhlar psixologiyasi. 6.
Kichik guruhlar psixologiyasi. 7.
Ijtimoiy psixologiya va shaxs. 8.
Ijtimoiy psixologiya va xavfsizlik. 9.
Ijtimoiy psixologiyaning amaliy-tadbiqiy sohalari. Ijtimoiy psixologik xizmat. 2-modul, Etnopsixologiya qismi boʻyicha: 10. Etnopsixologiya fanining predmeti va vazifalari. 11. Etnopsixologik tadqiqotlarning Gʻarb va Sharqda oʻrganilishi. 12. Etnopsixologiyaning metodlari. 13. Etnopsixologik xususiyatlarning shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar. 14. Milliy xarakter muammosi. 15. Milliy urf-odat, an’analar va ularning ijtimoiy-psixologik funksiyalari. 16. Milliy tuygʻular va ta’b (did)lar. 17. Milliy ong va milliy oʻzlikni anglash. Etnik attityud va steriotip. 18. Etnopsixologik xususiyatlarni madaniyatda namoyon boʻlishi va ommaviy madaniyatning millatga koʻrsatadigan ta’siri.
10
Mustaqil ta’limning turli xil shakllari mavjud boʻlib, bunda asosiy e’tibor talabaning berilgan mavzular (amaliy masalalar, topshiriqlar va keys-stadilar)ni mustaqil ravishda, ya’ni auditoriyadan tashqarida bajarishi, oʻqib oʻrganishi va shu yoʻnalish boʻyicha bilim va koʻnikmalarini chuqurlashtirishiga qaratiladi. Ushbu shakllarga quyidagilar tegishlidir: - darslik, oʻquv qoʻllanma yoki oʻquv-uslubiy majmua boʻyicha fan boblari va mavzularini oʻrganish; - tarqatma materiallar boʻyicha ma’ruzalar qismini oʻzlashtirish; - avtomatlashtirilgan oʻrgatuvchi nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash; - maxsus adabiyotlar boʻyicha fanlar boʻlimlari yoki mavzulari ustida ishlash; - faol va muammoli o‘qitish uslubidan foydalaniladigan o‘quv mashg‘ulotlarini o‘zlashtirish.
Tavsiya etilayotgan mustaqil ta’limning mavzular: 1. Amaliy ijtimoiy psixologiyaning tatbiqiy sohalari. 2. Dastlabki ijtimoiy-psixologik tasavvurlar va ularning namoyon bo‘lishi. 3. Ijtimoiy psixologiya va xavfsizlik muammolari. 4. Shaxsni tarbiyalovchi makro va mikro muhit tushunchasi . 5. Ijtimoiy psixologiyaning O‘zbekistondagi rivojlanishi. 6. Kichik guruhlardagi dinamik jarayonlar. 7. Kichik guruhlarning klassifikasiyasi. 8. Maktab va ta’lim muassasalariga ijtimoiy-psixologik yordam ko‘rsatish. 9. Nizolar psixologiyasi va uning kelib chiqishi. 10. Shaxsning ijtimoiylashuvi. 11. Millatga xos xususiyatlar 12. Psixologik xususiyatlarning vujudga kelishida tabiiy-geografik muhitning roli. 13. Beruniyning etnopsixologik qarashlari 14. O‘zbek xalqiga xos ayrim psixologik xususiyatlar va ularning shakllanishi sabablari. 15. Milliy xarakterning tashkil etuvchi komponentlar. 16. Milliy tuyg‘ularga xos xususiyatlar. 17. Ijtimoiy muhitning psixologik iqlimi haqida.
V. Asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlari hamda axborot manbaalari Asosiy adabiyotlar 1.
David G. Myers. Psychology. Tenth Edition // Hope College Holland, Michigan. – NY.: Worth Publishers, 2013. – 687 p. 2. David G. Myers. Social Psychology. Tenth Edition // Hope College Holland, Michigan. – NY.: McGraw-Hill, 2010. – 609 p. 11
3. Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya: Darslik. Oliy o ‘quv yurtlari bakalavriat va magistratura talabalari uchun. – T.: “Fan va texnologiya”, 2012. – 172 b. Qo‘shimcha adabiyotlar 4.
O ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo ‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘isida” PF- 4947-son Farmoni. O ‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. – 6(766)-son. – 70-modda. – B.25-151. 5.
O ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish to ‘g‘risida” PF-2909-son Farmoni. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to ‘plami. – 18(778)-son. – 313-modda. – B.18-24. 6. O
ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to ‘g‘risida”gi PQ-3031-sonli Qarori. O ‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. – 23(783)-son. – 455- modda.– B.47-69. 7.
Mirziyoyev Sh. M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz / - Toshkent: “O ‘zbekiston” NMIU, 2017. – 488 b. 8.
Майерс Д. Социальная психология. Интенсивный курс / Д. Маерс. – 4-е междунар. изд.. – СПб.: ПРАЙМ-ЕВРОЗНАК, 2007. – 510 с. 9. Немов Р. С., Алтунина И. Р. Социалная психология: Краткий курс. – Спб.: Питер, 2009 – 208 с. 10. Каменская Е.Н. Социальная психология: конспект лекций: Ростов н/Д: Феникс, 2008.-186 c. 11. Маматов М.М. Этнопсихология: Ўқув қўлланма: - Т.: Университет, 2006. – 120 б. Internet saytlari 12. www.gov.uz - O ‘ zbekiston Respublikasi hukumati portali 13. www.lex.uz – O ‘ zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi. 14. ziyonet.uz 15. http://www.voppsy.ru 16. http://psyberia.ru Download 448.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling