Oʻquv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy tа’limdagi oʻrni


Download 448.24 Kb.
Pdf ko'rish
Sana13.05.2020
Hajmi448.24 Kb.
#105644

 

 



 



 

 

 



Oʻquv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy tа’limdagi oʻrni  

Davrimiz insonni mustaqil fikrli shaxs sifatida har bir soniyada oʻylashga, fikrlashga, 

mulohaza  yuritib,  oʻzi  uchun  xulosalar  chiqarishga  majbur  etmoqda.  Ya’ni,  bu  cheksiz 

olamda  biz  oʻzimizni  oʻzgalarsiz,  oʻz  manfaatlarimizni  oʻzgalar  manfaatisiz  tasavvur  qila 

olmaganimiz uchun ham sotsial psixologiyani bilishga majburmiz. Shu nuqtai nazardan olib 

qaralganda,  “Sotsial  psixologiya”  fani  shaxs  va  jamiyat  munosabatlari  qonuniyatlarini 

oʻrganishga bagʻishlangandir.  

“Sotsial  psixologiya”  fani  shaxs  taraqqiyoti  uchun  muhim  boʻlgan  omil  va  jihatlar, 

jumladan,  undagi  fikrlash  jarayonlari,  insondagi  fikrning  mustaqilligi,  tashqi  ijtimoiy 

muhitga kirishib ketishi, jamiyat normalari va ijtimoiy rollarni oʻzlashtirishi, guruhda oʻzini 

tutishi,  professional  yuksalishiga  turtki  boʻluvchi  muhim  omillar,  ya’ni,  ma’naviyati, 

mafkurasi,  axborot  xavfsizligi,  turli  ijtimoiy  guruhlardagi  maqomi,  shaxslararo 

munosabatlar va nizolar kabi qator masalalarni oʻrganadi. 

“Sotsial  psixologiya”  fani  umumkasbiy  fan  hisoblanib,  6-semestrda  oʻqitiladi. 

Rejalashtirilgan 

gumanitar 

va 


tabiiy-ilmiy 

(sportda 

axborot 

kommunikasion 

texnologiyalari),  umumkasbiy  rejalashtirilgan  gumanitar  va  tabiiy-ilmiy  (informatika  va 

axborot  texnologiyalari,  biomexanika,  anatomiya  va  fiziologiya,  sport  tibbiyoti  va 

reabilitasiyasi),  umumkasbiy  (umumiy  psixologiya,  mehnat  psixologiyasi,  social 

psixologiya,  jismoniy  tarbiya  nazariyasi  va  uslubiyoti)  va  ixtisoslik  fanlar  (sport 

psixodiagnostikasi  va  psixokorreksiya,  sport  psixologiyasi)  va  tanlov  fanlaridan  olingan 

bilim va koʻnikmalarni toʻldirishga yordam beradi.  

 

I.  Oʻquv fanining maqsad va vazifalari 

 

Fanining  asosiy  maqsadi  –  boʻlgʻusi  psixologlarga,  shaxs  va  jamiyat 

munosabatlariga oid psixologik qonuniyatlarni, jamiyatda roʻy berayotgan oʻzgarishlarning 

shaxs  ijtimoiy  xulqiga  ta’sir  koʻrsatishini  tushuntiruvchi  mexanizmlar  toʻgʻrisida  bilim 

berishdir. 

Fanining  vazifasi  -  “Sotsial  psixologiya”  fanini  oʻzlashtirish  jarayonida  amalga 

oshiriladigan masalalar doirasida talaba: 

  katta  va  kichik  guruhlar  ijtimoiy  psixologiyasi;  shaxsning  jamiyatda 



ijtimoiylashuvi  jarayoni;  etnopsixologik  xususiyatlarning  shakllanishiga  ta’sir  etuvchi 

omillar  hamda  milliy  urf-odat,  an’analar  va  ularning  ijtimoiy-psixologik  funksiyalari 



haqidagi bilimlarga ega boʻlishi; 

  shaxs  va  jamiyat  oʻzaro  munosabatining  turli  qirralarini;  zamonaviy  ijtimoiy 



psixologiya va etnopsixologiyaning tadqiqot metodlarini; milliy tuygʻular, etnik attityud va 

steriotipni, 

ijtimoiy-psixologik 

xizmat 


koʻrsatishning 

yoʻnalishlarini, 

ommaviy 

madaniyatning  millatga  koʻrsatadigan  ta’sirini  bilishi  va  ulardan  foydalana  olishi 



koʻnikmalariga ega boʻlishi; 

 



  nazariy-metodologik  jihatdan  oʻzlashtirgan  bilimlarini  amaliyotga  joriy  etish; 

psixologiyasi  qonuniyatlarini  bilgan  tarzda  ijtimoiy-psixologik  treninglar  oʻtkaza  olish; 

tadqiqotlarda  olingan  natijalarni  ilmiy  asoslab  tahlil  qila  olish;  sportchilarda  liderga  xos 

sifatlarni tarbiyalash malakalariga ega boʻlishi kerak. 



 

II.  Asosiy nazariy qism (mа’ruza mashgʻulotlari) 

1-modul. IJTIMOIY PSIXOLOGIYA 

 

1-mavzu. Ijtimoiy psixologiya fan sifatida 

Ijtimoiy psixologiya – odamlarning jamiyatda hamkorlikdagi ish faoliyatlari jarayoni 

davomida  ularda  hosil  boʻladigan  tasavvurlar,  fikrlar,  e’tiqodlar,  gʻoyalar,  his-tuygʻular, 

kechinmalar,  turli  xulq-atvor  shakllarini  tushuntirib  beruvchi  fan  ekanligi.  Ijtimoiy 

psixologiya  shaxs  va  jamiyat  munosabatlarini  takomillashtirishga  xizmat  qiluvchi  fan 

sohasi  sifatida.  Uning  asosiy  vazifalari  va  oʻrganish  obektlari.  Fan  predmetini  aniqlashga 

bagʻishlangan  turlicha  qarashlar  bayoni.  Psixologiya  va  sosiologiya  –  ijtimoiy  psixologiya 

predmetini aniqlashga imkon bergan asosiy fan tarmoqlari sifatida. 

 

2-mavzu. Ijtimoiy-psixologik qarashlarning rivojlanish tarixi 

Ijtimoiy  psixologiya  fan  sifatida  navqiron,  lekin  ijtimoiy-psixologik  tafakkurning 

mavjudligi  nuqtai  nazaridan  oʻta  qadimiy  fan  ekanligi.  Eramizdan  avvalgi  faylasuflar  – 

Platon,  Aristotel  va  ularning  izdoshlari  talqinida  ijtimoiy-psixologik  muammolarning  hal 

qilinishi. Yangi davr va ijtimoiy-psixologik jarayonlarning sanoat va migrasiya rivojlanishi 

munosabati  bilan  oʻzgarishi,  qator  fanlar  –  tilshunoslik,  antropologiya,  etnografiya, 

sosiologiya,  umumiy  psixologiya,  patopsixologiya  kabilarning  ijtimoiy  psixologiya 

predmeti shakllanishiga ta’siri. 

Ijtimoiy-psixologik  fikrlar  takomillashuvining  uch  nazariy  manbasi  –  xalqlar 

psixologiyasi, omma psixologiyasi, ijtimoiy xulqning instiktlari nazariyasi. 

Ijtimoiy  psixologiya  rivojlanishining  eksperimental  bosqichi:  Amerika  hamda 

Yevropa 


mamlakatlarida 

oʻtkazilgan  dastlabki  ijtimoiy-psixologik  sinovlar  va 

eksperimentlar.  Salomon  Ash  va  boshqalarning  eksperimental  tadqiqotlari.  Jahonni  lol 

qoldirgan 100 eksperiment haqida. 

Ijtimoiy  psixologiyaning  Rossiyada  va  sobiq  ittifoq  davlatlarida  rivojlanishi. 

B.Parigin,  G.Andreyeva,  R.Krichevskiy,  Umanskiy  va  boshqalarning  tadqiqotlari. 

Oʻzbekistonda  oʻtkazilgan  asosiy  ijtimoiy-psixologik  tadqiqotlar  va  ularning  istiqbolni 

belgilashdagi  ahamiyati.  Shaxslararo  munosabatlar  va  etnopsixologik  tadqiqotlarning 

yoʻnalishlari. Oʻzbekistonda gender tadqiqotlarning istiqboli. 

 

3-mavzu. Ijtimoiy psixologiyaning metodlari 

Ijtimoiy 

psixologiyada 

qoʻllaniladigan 

metodlarning 

oʻzga 


psixologiya 

 

yoʻnalishlaridan  farqi.  Shaxsni  guruh  sharoitida  va  guruhlararo  munosabatlar  tizimida 



oʻrganish  ijtimoiy  psixologiyaning  asosiy  maqsadi  ekanligi.  Ijtimoiy  psixologiyada 

kuzatuv:  ichki  va  tashqi  kuzatuv,  faoliyat  bilan  qoʻshilgan  holda  kuzatuv;  ijtimoiy-

psixologik eksperiment, kontent-analiz, proyektiv  metodikalarning oʻziga xosligi. Ijtimoiy-

psixologik trening toʻgʻrisida tushuncha. 

 

4-mavzu. Ijtimoiy psixologiya oʻrganadigan asosiy masalalar 

Muloqot  va  shaxslararo  munosabatlar  psixologiyasi.  Jamiyat  hayotida  muloqotning 

tutgan  oʻrni.  Muloqotning  ijtimoiy  mohiyati.  Muloqot  va  muomala  –  shaxsning  alohida 

ijtimoiy-psixologik  sifatlarini  belgilovchi  fenomen  sifatida.  Muloqotning  funksiyalari, 

bosqichlari va turlari. Muloqotning ijtimoiy-psixologik ahamiyati. 

Muloqotning  tizimi.  Muloqotning  kommunikativ  tomoni.  G.M.Andreyeva  asarlarida 

muloqotning  ijtimoiy-psixologik  tizimiga  oid  qarashlar.  Muloqot  shaxslararo  axborotlar 

almashinuvi,  kommunikasiya  sifatida.  Verbal  va  noverbal  muloqot  toʻgʻrisida  tushuncha, 

ularning psixologik mexanizmlari va muloqotda kommunikativ samaradorlik masalasi. 

Muloqot  –  interaktiv  hamkorlik  sifatida.  Interaktiv  muloqotning  ijtimoiy-psixologik 

va  tarbiyaviy  mohiyati.  Shaxsning  turli  ijtimoiy  rollarni  bajarishi  jaaryonida  oʻziga 

oʻxshash shaxslarga ta’sir koʻrsata olishini ta’minlovchi mexanizmlar. Pedagogik avtoritet, 

obro – shaxslararo oʻzaro ta’sirda samarali mexanizm yekanligi. 

Muloqot  –  shaxslararo  bir-birini  idrok  qilish  yekanligi.  Muloqot  va  persepsiya 

muammosi. Ijtimoiy persepsiyaning psixologik mexanizmlari – identifikasiya, refleksiya va 

stereotipizasiya  fenomenlari.  Muloqotdagi  stereotiplar  va  kauzal  atribusiya  tushunchalari. 

A.A.Bodalev  eksperimentlarining  mohiyati  va  ularni  amaliyotda  qoʻllash  imkoniyatlari. 

Empatiya  –  oʻzgalarning  his-kechinmalarini  tushunish  qobiliyati  ekanligi.  Shaxslararo 

oʻzaro idrok va oʻzaro tushunishning samardorligi muammosi. 

Nizolar  va  ularning  kelib  chiqishi.  Nizolarni  bartaraf  etish  usullari.  Shaxslararo 

oʻzaro  muloqotda  ziddiyatlarning  ham  paydo  boʻlishi  ‘htimoli:  konstruktiv  va  destruktiv 

nizolar  haqida  tushuncha.  Nizolarning  shaxslararo  muloqot  jarayonida  va  ishlab  chiqarish, 

ta’lim-tarbiya  jarayonlarida  kelib  chiqishi  shart-sharoitlari.  Mehnat  yoki  sport  jamoasida 

paydo boʻldaigan nizolarning bosqichlari, ularni oʻz vaqtida bartaraf etish imkoniyatlari va 

usullari. 

 

5-mavzu. Katta guruhlar psixologiyasi 

Ijtimoiy  psixologiya  uchun  guruh  –  asosiy  oʻrganish  obektlaridan  biri  ekanligi. 

Guruhlar  klassifikasiyasi:  katta  va  kichik  guruhlar.  Katta  guruhlarning  ijtimoiy  mohiyati, 

funksiyalari  va  toifalanishi.  Katta  guruhlarning  tasnifiy  belgilari.  Katta  guruhlarda 

tadqiqotlar oʻtkazilishining metodologik tamoyillari. 

 

6-mavzu. Kichik guruhlar psixologiyasi 



 

Kichik  guruhlardagi  ijtimoiy-psixologik  fenomenlar  toʻgʻrisida.  Kichik  guruhlarga 



oid  qonuniyatlar,  ularning  klassifikasiyasi:  rasmiy  va  norasmiy  guruhlar,  birlamchi  va 

ikkilamchi  guruhlar.  Referent  guruh  tushunchasi.  Kichik  guruhlarda  sodir  boʻladigan 

dinamik jarayonlar: guruhning hajmi, uyushqoqligi, konformlilik, liderlik. 

 

7-mavzu. Ijtimoiy psixologiya va shaxs 

Ijtimoiy psixologiyada shaxs muammosi. Shaxsning ijtimoiy-psixologik tipologiyasi. 

Shaxsni  oʻrganishning  ijtimoiy  psixologiya  uchun  oʻziga  xosligi.  Muloqot  jarayonida 

namoyon  boʻladigan  shaxs  fazilatlari.  Shaxsning  ijtimoiy  psixologiyasida  oʻrganiladigan 

fenomenlari:  shaxs  sotsializasiyasi;  shaxsning  ijtimoiy  ustanovkalari  va  muloqatmandlilik 

sifatlari. Ekstrovert va introvert tiplar; ambivert va rigid tiplar; dominant va tobe tiplar. 

Shaxsning 

ijtimoiylashuvi. 

Shaxsning 

ijtimoiy 

ustanovkalari. 

Shaxsning 

ijtimoiylashuvi.  Oilaviy  ijtimoiylashuv  va  uning  muhim  jihatlari.  Ijtimoiylashuv  sohalari, 

bosqichlari  va  manbalari.  Shaxsning  ijtimoiy  ustanovkalari:  set  va  attitude  shaxs 

ustanovkalarining  oʻziga  xos  bosqichi  va  koʻrinishi  yekanligi.  Ijtimoiy  ustanovkaning 

tizimi,  funksiyalari  va  uning  shaxs  dispozisiyalari  (V.Yadov)  bilan  aloqasi.  Ijtimoiy 

ustanovkalarni oʻzgartirish muammosi. 

 

8-mavzu. Ijtimoiy psixologiya va xavfsizlik 

Ijtimoiy  psixologiya  va  xavfsizlik:  mohiyati,  shaxsni  ijtimoiy-psixologik  himoya 

qilish  muammolari.  Ijtimoiy  psixologiyada  xavfsizlik  muammosining  qoʻyilishi:  mohiyati, 

shaxsni  ijtimoiy-psixologik  himoya qilish muammolari. Axborot xavfsizligi  va  uning kelib 

chiqish  shartlari.  Xavfsizlik  turlari.  Informasion-psixologik  xavfsizlik.  Shaxsni  oʻzini  oʻzi 

himoya  qilish  vositalari.  Turli  axborot-psixologik  xavfli  vaziyatlarda  shaxsning  ijtimoiy 

xulqi. 

 

9-mavzu. Ijtimoiy psixologiyaning amaliy-tadbiqiy sohalari. 



Ijtimoiy psixologik xizmat. 

Ijtimoiy  psixologiyaning  amaliy-tadbiqiy  sohalari:  sanoat,  ishlab  chiqarish,  maktab 

va  ta’lim  muassasalari,  OAV,  oila.  Ijtimoiy-psixologik  xizmat  va  amaliyotchining 

vazifalari. Oʻzbekistonda ijtimoiy-psixologik xizmat samaradorligini oshirish muammolari. 



 

2-modul. ETNOPSIXOLOGIYA 

10-mavzu. Etnopsixologiya fanining predmeti va vazifalari 

Etnos  tushunchasining  mohiyati.  Etnos  –  tarixiy  tarkib  topgan,  umumiy  nisbatan 

barqaror ruhiyat va madaniyatga ega kishilar birligi sifatida. Etnopsixologiyaning predmeti 

va  obyekti.  Etnopsixologiyani  oʻrganishning  dolzarbligi  hamda  ilmiy-amaliy  ahamiyati. 

Etnopsixologik xususiyatlarni oʻrganishdagi murakkabliklar. 

Etnopsixologiyaning  vazifalari.  Hozirgi  davrda  etnopsixologiyani  oʻrganishning 



 

amaliy ahamiyati. 



 

11-mavzu. Etnopsixologik tadqiqotlarning Gʻarb va Sharqda oʻrganilishi 

Yunonistonda  turli  halqlarga  xos  boʻlgan  etnopsixologik  xususiyatlarni  oʻrganishga 

boʻlgan  qiziqishlarning  vujudga  kelishi.  Gippokratning  “Suv,  havo  va  quruqlik”  degan 

asarida bayon qilgan fikrlari mohiyati. Psixologik xususiyatlarning vujudga kelishida tabiiy-

geografik  muhitning  roli.  Gerodatning  “Tarix”  kitobida  xalqlarga  xos  psixologik 

xususiyatlarni  vujudga  kelishida  hayot  tarzi  va  muhitning  roli  toʻgʻrisidagi  fikrlari 

mazmuni.  Skiflarning  xarakterilanishi.  Pifagor  nazariyasi.  Aristotel  qarashlar.  Gegelning 

“Mutlaq  ruh”  nazariyasi  va  uning  mohiyati.  Sh.Monteskening  “geografik  determinipm” 

nazariyasi.  

Mutafakkir  Forobiyning  etnopsixologiya  faniga  qoʻshgan  hissasi.  Abu  Rayhon 

Beruniyning fanga qoʻshgan hissasi. 

 

12-mavzu. Etnopsixologiyaning metodlari 

Etnopsixologik  tadqiqotlarning  oʻziga  xosligi  va  ularga  qoʻyiladigan  metodologik 

talablar.  G.U.  Ksoyeva  taklif  etgan  toʻrt  guruh  metodlar:shkalali  oʻlchov,  kuzatish  va 

soʻroq,  proyektiv  metodlar  va  shaxsning  alohida  sifatlarini  aniqlashga  qaratilgan  testlar. 

Etnopsixologik  muhitning  oʻziga  xosligini  inobatga  olib  tuziladigan  ijtimoiy-psixologik 

soʻrovnomalar. 

 

13-mavzu. Etnopsixologik xususiyatlarning shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar 

Etnopsixologiyaning koʻp qirraligi, tabiiy  sharoitlar,  iqtisodiy  xususiyatlar, siyosiy  va 

gʻoyaviy ustqurtmalarning ta’siri. Xalq hayotida boʻlib oʻtgan muhim tarixiy voqyealarning 

psixologiyada  aks  etishi.  Oʻzbek  xalqiga  xos  ayrim  psixologik  xususiyatlar  va  ularning 

shakllanish sabablari. Faoliyat turi va shaklidagi farqlar va oliy ruhiy funksiyalar tizimidagi 

tafovutlar.  

Biofiziologik  moslanish  va  antrapologik  xususiyatlar.  Turar  joy  va  kiyim-kechaklar. 

Tabiiy sharoitlarga asrlar davomida moslashish natijasi. Tabiiy muhit va mehnat faoliyati.  

Bilish  jarayonlarining  ijtimoiy-iqtisodiy  omillarga  bogʻliqligi.  Sinfiy  psixologiyaning 

vujudga  kelishi.  Milliy  va  sinfiy  psixologiyaning  oʻzaro  ularning  etnik  psixologiyadagi 

nisbati. 



 

14-mavzu. Milliy xarakter muammosi 

Milliy  xarakter  murakkab  ijtimoiy  hodisa. Milliy  xarakter  va  xalq tarixi. Tarixiy  davr 

va xarakter tipi. Milliy xarakterning tashkil etuvchi komponentlar. Xarakterining intelektual 

va irodaviy xususiyatlari. Ijtimoiy tuzumning oʻzgarishi va milliy xarakterdagi oʻzgarishlar. 

Milliy xarakterdagi turgʻun xususiyatlar. Milliy va umuminsoniy xarakter xislatlari. Oʻzbek 

xalqining xarakter xususiyatlari va ularning shakllanish tarixi. 



 

 



15-mavzu. Milliy urf-odat, anʻanalar va  

ularning ijtimoiy-psixologik funksiyalari 

Urf-odat  va  an’analarda  xalqning  ijtimoiy  ehtiyojlari,  manfaatlari  va  amaliy 

tajribalarining aks etishi. Shaxs shakllanishida  milliy  urf-odat  va an’analarning roli.  Milliy 

urf-odat va an’analar ijtimoiy tajribalar va axloqiy xulq-atvor normalar vorisligi sifatida.  

Tabu  (qatagʻon)  va  tadqiqotlarning  ijtimoiy  funksiyalari.  Urf-odat  va  an’analarning 

regulyativ  vazifalari.  Urf-odat  va  “an’ana”  tushunchalari.  Ushbu  tushunchalardagi 

umumiylik va farqlar. Oʻzbek urf-odat an’analari. Ilgʻor va eski urf-odatlar.  

Davr va ijtimoiy tizimlardagi oʻzgarishlar va yangi urf-odat va an’analarning vujudga 

kelishi. Qoʻshni xalqlarning milliy urf-odatlarini vujudga kelishidagi roli. 

 

16-mavzu. Milliy tuygʻular va tа’b (did)lar 

Milliy  tuygʻular  insonning  voqyelikdagi  barcha  narsa-hodisalar  va  jarayonlarga,  ona 

tabiat  va  zaminga,  tarix  va  ma’naviy  merosga  boʻlgan  munosabati  sifatida.  Milliy 

tuygʻularga xos xususiyatlar. 

Vatanga va ona tiliga boʻlgan  munosabat – milliy tuygʻular namoyon boʻlishning oliy 

shakli sifatida. Milliy tuygʻularning millat jipslashuvi va mustaqil davlat tuzilishidagi roli. 

Milliy  ta’b  (did)  shakllanishiga  ta’sir  etuvchi  omillar.  Iste’mol  qilinadigan  oziq-

ovqatlarga nisbatan oʻziga xos streotiplarning vujudga kelishi. 

 

17-mavzu. Milliy ong va milliy oʻzlikni anglash.  



Etnik attityud va steriotip 

Milliy ong bu oʻzining  muayyan  millatga (etnik birlikka)  mansubligini anglash shakli 

sifatida.  Milliy  ongning  shakllanishi.  Milliy  ongning  madaniyatni  turli  shakllariga 

koʻrsatadigan ta’siri. 

Milliy  oʻzlikni  anglash.  Milliy  ongning  tuzilmasiga  kiruvchi  unsurlar.  Milliy  oʻzlikni 

anglashning ta’rifi. Ularning subyektivlik xususiyatlari va funksiyalari.  

Etnik  attityud  va  uning  ijtimoiy  mohiyati.  Etnik  streotip  etnik  birlikning  timsoli 

sifatida.  Millatlararo  munosabatlar  xarakterining  steriotiplar  shakllanishiga  ta’siri. 

Streotiplashtirish  –  idrok  etishning  rasional  shakli  sifatida.  Streotiplantirishning  vazifalari. 

Vazifalarni psixologik, ijtimoiy-psixologik va sotsial qismlarga boʻlinishi. 

 

18-mavzu. Etnopsixologik xususiyatlarni madaniyatda namoyon boʻlishi  

va ommaviy madaniyatning millatga koʻrsatadigan tа’siri 

Etnopsixologik 

xususiyatlarni 

tadqiq 


etishdagi 

muammolar. 

Etnopsixologik 

xususiyatlarni  madaniyatda  obyektiv  namoyon  boʻlishi.  Milliy  madaniyat  xususiyatlari  va 

etnik  psixologiya  oʻrtasidagi  bogʻliqlik.  Milliy  xarakter  va  tipik  badiiy  qahramon.  Etnik 


 

xususiyatlarni  oʻrganishda  xalq  ogʻzaki  ijodi-afsonalar,  rivoyatlar,  maqol  va  matallarning 



roli.  

Borliqni  idrok  qilishning  mahalliy  til  xususiyatlariga  bogʻliqligi.  Milliy  xarakter, 

temperament,  manfaatlar  va  kayfiyatlarni  milliy  san’at  turlari  –  raqsda,  musiqada,  rang-

tasvir va me’morchilikda muhrlanishi va namoyon boʻlishi. 

Ommaviy  madaniyatning  millatning shakllanishiga koʻrsatadigan ta’siri. Ta’sirlarning 

ahamiyati va ziyoni. 

 

III.  Seminar mashgʻulotlarni tashkil etish boʻyicha uslubiy koʻrsatmalar 

Seminar  mashgʻulotlarda  talabalar  sotsial  psixologiyani  fan  sifatida  ekanligini, 

ijtimoiy-psixologik  qarashlarning  rivojlanish  tarixini,  sotsial  psixologiyaning  metodlarini, 

sotsial  psixologiya  oʻrganadigan  asosiy  masalalarni,  katta  guruhlar  psixologiyasini,  kichik 

guruhlar  psixologiyasini,  ijtimoiy  psixologiyada  shaxs  muamosini,  ijtimoiy  psixologiyada 

xavfsizlik  masalasini,  ijtimoiy  psixologiyaning  amaliy-tadbiqiy  sohalarini  hamda  ijtimoiy-

psixologik xizmat, milliy tuygʻu, milliy temperamentni oʻrganadilar. 

Seminar mashgʻulot mavzulari: 

1-modul, Ijtimoiy psixologiya qismi boʻyicha: 

1. 


Ijtimoiy psixologiya fan sifatida. 

2. 


Ijtimoiy-psixologik qarashlarning rivojlanish tarixi. 

3. 


Ijtimoiy psixologiyaning metodlari. 

4. 


Ijtimoiy psixologiya oʻrganadigan asosiy masalalar. 

5. 


Katta guruhlar psixologiyasi. 

6. 


Kichik guruhlar psixologiyasi. 

7. 


Ijtimoiy psixologiya va shaxs. 

8. 


Ijtimoiy psixologiya va xavfsizlik. 

9. 


Ijtimoiy psixologiyaning amaliy-tadbiqiy sohalari. Ijtimoiy psixologik xizmat. 

2-modul, Etnopsixologiya qismi boʻyicha: 

10.  Etnopsixologiya fanining predmeti va vazifalari. 

11.  Etnopsixologik tadqiqotlarning Gʻarb va Sharqda oʻrganilishi. 

12.  Etnopsixologiyaning metodlari. 

13.  Etnopsixologik xususiyatlarning shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar. 

14.  Milliy xarakter muammosi. 

15.  Milliy urf-odat, an’analar va ularning ijtimoiy-psixologik funksiyalari. 

16.  Milliy tuygʻular va ta’b (did)lar. 

17.  Milliy ong va milliy oʻzlikni anglash. Etnik attityud va steriotip. 

18.  Etnopsixologik  xususiyatlarni  madaniyatda  namoyon  boʻlishi  va  ommaviy 

madaniyatning millatga koʻrsatadigan ta’siri. 

 

IV.  Mustaqil tа’lim va mustaqil ishlar 


 

10 


Mustaqil ta’limning turli xil shakllari mavjud boʻlib, bunda asosiy e’tibor talabaning 

berilgan  mavzular  (amaliy  masalalar,  topshiriqlar  va  keys-stadilar)ni  mustaqil  ravishda, 

ya’ni auditoriyadan tashqarida bajarishi, oʻqib oʻrganishi va shu yoʻnalish boʻyicha bilim va 

koʻnikmalarini chuqurlashtirishiga qaratiladi. Ushbu shakllarga quyidagilar tegishlidir: 

- darslik,  oʻquv  qoʻllanma  yoki  oʻquv-uslubiy  majmua  boʻyicha  fan  boblari  va 

mavzularini oʻrganish; 

- tarqatma materiallar boʻyicha ma’ruzalar qismini oʻzlashtirish; 

- avtomatlashtirilgan oʻrgatuvchi nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash; 

- maxsus adabiyotlar boʻyicha fanlar boʻlimlari yoki mavzulari ustida ishlash; 

- faol  va  muammoli  o‘qitish  uslubidan  foydalaniladigan  o‘quv  mashg‘ulotlarini 

o‘zlashtirish. 

 

 



Tavsiya etilayotgan mustaqil ta’limning mavzular: 

1.  Amaliy ijtimoiy psixologiyaning tatbiqiy sohalari. 

2.  Dastlabki ijtimoiy-psixologik tasavvurlar va ularning namoyon bo‘lishi. 

3.  Ijtimoiy psixologiya va xavfsizlik muammolari. 

4.  Shaxsni tarbiyalovchi makro va mikro muhit tushunchasi . 

5.  Ijtimoiy psixologiyaning O‘zbekistondagi rivojlanishi. 

6.  Kichik guruhlardagi dinamik jarayonlar. 

7.  Kichik guruhlarning klassifikasiyasi. 

8.  Maktab va ta’lim muassasalariga ijtimoiy-psixologik yordam ko‘rsatish. 

9.  Nizolar psixologiyasi va uning kelib chiqishi. 

10. Shaxsning ijtimoiylashuvi. 

11. Millatga xos xususiyatlar 

12. Psixologik xususiyatlarning vujudga kelishida tabiiy-geografik muhitning roli.  

13. Beruniyning etnopsixologik qarashlari 

14. O‘zbek  xalqiga  xos  ayrim  psixologik  xususiyatlar  va  ularning  shakllanishi 

sabablari. 

15. Milliy xarakterning tashkil etuvchi komponentlar.  

16. Milliy tuyg‘ularga xos xususiyatlar.  

17. Ijtimoiy muhitning psixologik iqlimi haqida. 

 

 



V.  Asosiy va qoshimcha oquv adabiyotlari hamda axborot manbaalari 

Asosiy adabiyotlar 

1. 


David  G.  Myers.  Psychology.  Tenth  Edition  //  Hope  College  Holland,  Michigan.  – 

NY.: Worth Publishers, 2013. – 687 p. 

2. 

David  G.  Myers.  Social  Psychology.  Tenth  Edition  //  Hope  College  Holland, 



Michigan. – NY.: McGraw-Hill, 2010. – 609 p. 

 

11 


3. 

Karimova  V.M.  Ijtimoiy  psixologiya:  Darslik.  Oliy  o

‘quv  yurtlari  bakalavriat  va 

magistratura talabalari uchun. – T.: “Fan va texnologiya”, 2012. – 172 b. 



 

Qoshimcha adabiyotlar 

4. 


O

‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2017  yil  7  fevraldagi  “O‘zbekiston 

Respublikasini  yanada  rivojlantirish  bo

‘yicha  Harakatlar  strategiyasi  to‘g‘isida”  PF-

4947-son Farmoni. O

‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. – 6(766)-son. – 

70-modda. – B.25-151.  

5. 


O

‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2017-yil  20-apreldagi  “Oliy  ta’lim  tizimini 

yanada  rivojlantirish  to

‘g‘risida”  PF-2909-son  Farmoni.  O‘zbekiston  Respublikasi 

qonun hujjatlari to

‘plami. – 18(778)-son. – 313-modda. – B.18-24.  

6. 

O

‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2017-yil  3-iyundagi  “Jismoniy  tarbiya  va 



ommaviy  sportni  yanada  rivojlantirish  chora-tadbirlari  to

‘g‘risida”gi  PQ-3031-sonli 

Qarori.  O

‘zbekiston  Respublikasi  qonun  hujjatlari  to‘plami.  –  23(783)-son.  –  455-

modda.– B.47-69. 

7. 


Mirziyoyev  Sh.  M.  Buyuk  kelajagimizni  mard  va  olijanob  xalqimiz  bilan  birga 

quramiz / - Toshkent: “O

‘zbekiston” NMIU, 2017. – 488 b. 

8. 


Майерс  Д.  Социальная  психология.  Интенсивный  курс  /  Д.  Маерс.  –  4-е 

междунар. изд.. – СПб.: ПРАЙМ-ЕВРОЗНАК, 2007. – 510 с. 

9. 

Немов  Р.  С.,  Алтунина  И.  Р.  Социалная  психология:  Краткий  курс.  –  Спб.: 



Питер, 2009 – 208 с. 

10.  Каменская  Е.Н.  Социальная  психология:  конспект  лекций:  Ростов  н/Д:  Феникс, 

2008.-186 c. 

11.  Маматов М.М. Этнопсихология: Ўқув қўлланма: - Т.: Университет, 2006. – 120 б. 



 

Internet saytlari 

12.  www.gov.uz -  O

zbekiston Respublikasi hukumati portali 



13.  www.lex.uz – O

zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi. 



14.  ziyonet.uz 

15.  http://www.voppsy.ru 



16. 

http://psyberia.ru



 

Download 448.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling