Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari) 1-MODUL. AFRIKA MATERIGI
MAVZU: Kirish. Fanning predmeti, maqsad va vazifalari, o’rganish ob'ekti. Materiklar, qit'alar, orollar, yarim orollar, okeanlar, dengizlar, qo’ltiqlar,
bo’qozlar haqida umumiy tushuncha. Yer yuzi litosfera plitalari.
Fanning geografik fanlari tizimidagi o’rni, uning predmeti, maqsad va vazifalari, Materiklarning joylashgan o’rni, o’ziga xos xususiyatlari. Dunyo qit'alari to’g’risida ma'lumot, yer yuzidagi orollarning qosil bo’lish tiplari, yarim orollarga tavsif. Dunyo okeanlari xususiyatlari, yer shari dengizlari (ichki, tashqi), qo’ltiqlar, bo’qozlarning geografik joylashuvi, yer yuzi litosfyera plitalari va ularning materiklar rel'efining shakllanishidagi o’rni.
MAVZU. Afrika materigi geografik o’rni, okean qismlari, chekka nuqtalari.
Tektonikasi.
Afrika materigining geografik joylashishi, okean va dengizlar oqimlarining ta'siri. Materik atrofidagi orollar va yarim orollar, bo’qozlar va qo’ltiqlar. Materiklarning chekka nuqtalari. Afrika materigining Gondvanadan ajralib chiqqan davri va shu davrdagi rel'ef tuzilishi, Materik platformalarining hosil bo’lishi, tektonik harakatlar natijasida qosil bo’lgan rel'ef shakllari, botiqlar, cho’llar va ularning o’ziga xos xususiyatlari. Materik tabiiy joylanishining asosiy qirralari (kam parchalanganligi, tropik kengliklarda joylashganligi, ekvatorga nisbatan deyarli simmetrik joylashganligi).
MAVZU. Afrika materigi rel'efi.
Rel’efining shakllanish tarixi va foydali qazilmalari. Afrika platformasining tuzilishi va uning rel’efda aks etishi. Shimoliy Afrika cho‘llarida asosiy rel’ef hosil qiluvchi omillar. Buyuk Afrika yoriqlari va ularning rel’ef hosil bo‘lishidagi o‘rni. Paleozoy va Al’p burmalanish bosqichlari va ularning rel’efda aks etishi. Rudali foydali qazilmalarning Baland Afrikada, neft, gaz, fosfarit konlarining past Afrikada joylashganligi. Materik rel'ef shakllari, botiqlar, cho’llar va ularning o’ziga xos xususiyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |